1-амалий машғулот. Futbol musobaqalarni tashkil etish va o'tkazish. Ишдан мақсад



Yüklə 304,02 Kb.
səhifə1/29
tarix05.06.2023
ölçüsü304,02 Kb.
#115549
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
1 амалий маш улот Futbol musobaqalarni tashkil etish va o\'tkazi




1-АМАЛИЙ МАШҒУЛОТ.
FUTBOL MUSOBAQALARNI TASHKIL ETISH VA
O'TKAZISH
.

Ишдан мақсад: Talabalarga futbol bo’yicha musobaqalarni tashkil etish va


o'tkazishni rejalashtirish.


Иш учун керакли жиҳозлар: Ўқув қўлланмалар, тарқатма материаллар. Futbol to’pi.

Amaliy mashg’ulot topshiriqlari:



  1. Futbol o’yini asoslari bilan tanishtirish.

  2. Futbol o’yini qoidalari bilan tanishtirish.

  3. Musobaqa tashkil etish va o’tkazish




    1. Musobaqalarning ahamiyati

Futbol musobaqalari o’quv-mashg’ulot ishlarining asosiy qismini tashkil etadi. Ular mashg’ulotlarda qiziqishni oshiradi, mamlakatda futbolning ommaviy rivojlanishiga yordam beradi. Futbolchi o’yinlarda muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydi. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va umuman jamoaning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy tayyorgarligi darajasini aniqlaydi, o’quv-mashg’ulot jarayonining ahvoli va yo’nalishini aniqlash imkonini beradi. Musobaqa natijalari o’quv-mashg’ulot ishlarini yakunlash vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Musobaqalar qat’iylikni, g’alabaga erishish yo’lidagi iroda kuchini, korxona jamoasi, shahar, respublika, mamlakat oldidagi mas’uliyat hissini tarbiyalaydi. O’yin-larning emostional keskinligi futbolchilarning psixolo-gik xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.
Ochiq havoda o’tkaziladigan musobaqalar qatnashchi-larni sog’lomlashtirish jihatidan katta ahamiyatga ega bo’lib, jismoniy kamolotning hammabop va qimmatli vositalaridan biridir. Musobaqalar ko’p sonli tomoshabinlarni jalb qilish bilan futbolni targ’ib qilish va ommalashtirishning qudratli vositasi bo’lib xizmat qiladi. Ular musobaqa qatnashchilari va tomoshabinlarga uyushtiruvchi ta’sir ko’rsatib, tomoshabinlarni jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug’ullanishga jalb etadi.
Futbol hakamining tarbiyachi - pedagog va o’yin rahbari sifatidagi ahamiyati juda katta. Aniq hakamlik qilish, maydonda ro’y beradigan qo’polliklarga va ayrim futbol-chilarning intizomsizligiga qarshi qat’iy kurashish, musobaqalashayotgan jamoa o’yinchilariga o’z vaqtida tanbeh va ko’rsatmalar berish musobaqani taktik va texnik jihatdan yuqori darajada o’tkazishga yordam beradi.

    1. Musobaqa turlari

Oldiga qo’yilgan vazifalarga qarab musobaqalarni asosiy va yordamchi musobaqalarga bo’lish mumkin.
Yagona sport tasnifi talablariga muvofiq tashkil etiladigan va natijalariga ko’ra sport tasnifi belgi-lanadigan hamda g’olib yoki chempion degan nom beriladigan musobaqalar asosiy musobaqalarga kiradi.
Musobaqalarning asosiy turi - taqvim musobaqalar bo’lib, ular sport tadbirlarining yagona taqvim rejasida nazarda tuziladi va tasdiqlangan nizomga muvofiq ravishda o’tkaziladi.
Qo’yidagilar musobaqalarning asosiy turlariga kiradi:

Birinchilik yoki chempionatlar - eng mas’uliyatli musobaqalar bo’lib, ularning natijalari bo’yicha g’olib jamoaga chempionlik nomi beriladi. Musobaqalarni tashkil etishning bu turi jamoalar kuchini oqilona baholashga, olib borilayotgan o’quv-tenirovka ishining sifatini taqqoslashga imkon beradi.
Kubok musobaqalari juda ko’p jamoalarni jalb etish va g’olibni nisbatan qisqa muddatlarda aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Kubok musobaqalari eng yaxshilarni izchillik bilan olish prinstipi bo’yicha o’tkaziladi.
Saralash musobaqalari musobaqalarning keyingi bosqichida qatnashish uchun eng kuchli jamoalarni aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Musobaqalarning yordamchi turlariga qo’yidagilar kiradi:

Nazorat uchrashuvlari jamoalarni bo’lajak musobaqalarga tayyorlash va ularning tayyorgarligini tekshirish maqsadida o’tkaziladi.
O'rtoqlik uchrashuvlari o’quv-mashg’ulot maqsadlarida yoki an’anaviy musobaqalar planida o’tkaziladi.
Namunali uchrashuvlar futbolni ommalashtirishga va sport mahoratini ko’rsatishga xizmat qiladi.
Qisqartirilgan musobaqalar bir necha soat mobaynida o’tkaziladi. Ular, odatda, bayram kunlariga va sport mavsumining ochilish yoki yopilish kunlariga rejalashtiriladi.
Bunday musobaqalarni o’tkazishda o’yin vaqti qisqartiriladi. Qisqartirilgan musobaqalarning dasturi faqat o’yin o’tkazishni emas, balki o’yinchilarning texnik yoki jismoniy tayorgarligiga doir musobaqalarni ham o’z ichiga olishi mumkin.

    1. Musobaqalarni rejalashtirish

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya harakatining tashkiliy tuzilish xususiyatlarini hisobga olgan xolda respublikalar, viloyatlar, shaharlar va jismoniy tarbiya jamoalarida o’tkaziladigan futbol musobaqalarining muayan tizimi qaror topgan. Bu tizim turli ko’lamdagi musobaqalarning mintaqaviy va muassasa pristipini hisobga olgan holda muttasil, izchil bo’lishini va almashinib turishini talab etadi.
Bu musobaqalarning bir yo’la ikki joyda bo’lishi, jamoalarning haddan tashqari band bo’lib qolishi, uzoq vaqt yo’lda bo’lishning oldini olishga hamda jamoalarda to’la qimmatli o’quv-mashg’ulot ishlari uchun sharoit yaratishga imkon beradi. Musobaqaning umumiy yig’ma taqvim rejasi faqat tadbirlar ro’yxati emas, balki sport tashkilotlarining futbolini yanada rivojlantirish yuzasidan birgalikda olib boradigan ishlarning chuqur o’ylangan rejasidir.
U territorial va idoralar bo’yicha uyushtiriladigan musobaqalarni o’tkazish bilan aloqador barcha masalalarni o’z ichiga oladi. Respublika, viloyat o’lka va shahar musobaqalarining yig’ma taqvim rejasini yuqori tashkilotlar tomonidan rejalashtiriladigan musobaqalarni hisobga olgan holda, 4 yillik qilib tuzish maqsadga muvofiqdir. Zarur o’zgartirishlar kiritilgandan keyin futbol bo’yicha umumiy yig’ma reja tegishli jismoniy tarbiya va sport qo’mitalarining ommaviy sport tadbirlari rejasiga kiritiladi hamda barcha sport tashkilotchilari uchun majburiy hisoblanadi.

    1. O’yin tizimlari

Amalda o’yinning uchta asosiy tizimi qaror topgan: davrali tizim, bir yoki ikki marta yutqazgandan keyin o’yindan chiqib ketiladigan tizim, avvalgi ikki tizimning kombinastiyasidan iborat bo’lgan aralash tizim.

    1. Davrali tizim

Musobaqaning davrali tizimida har bir jamoa, agar musobaqa bir davrali o’tkazilsa, bir-biri bilan bir marta, agar musobaqa ikki davrali o’tkazilsa, ikki marta uchrashishi kerak. Uning bunday tizim yoki adolatli musobaqalashuvchilar kuchlari nisbatini ancha oqilona belgilashga va kuchli jamoani aniqlashga imkon beradi, bunda musobaqaning umumiy yakunidagi tasodifiylik elementi ma’lum darajada bartaraf qilinadi. Bu tizim bo’yicha musobaqalarni ikki davrali qilib o’tkazish eng to’g’ri hisoblanadi
Davrali tizimda musobaqa ishtirokchilarining barcha o’rinlari to’plangan ochkolar soniga qarab aniqlanadi. O’tkazilgan barcha o’yinlar natijasida eng ko’p ochko olgan jamoa (yoki jismoniy tarbiya kollektivi) g’olib hisob-lanadi. Bir yoki bir necha jamoalarda ochkolar teng bo’lib qolganda, g’olibni aniqlash uchun musobaqa tartibida qandaydir qo’shimcha ko’rsatkichlar yoki tadbirlar (masalan, shu jamoalar o’rtasida qo’shimcha o’yin yoki shu jamoalar o’rtasidagi avval o’ynalgan o’yin natijalari, yoki kiritilgan to’plar nisbati) nazarda tutilgan bo’lishi kerak.
Davrali tizim bo’yicha o’ynash tartibida qur’a tashlash bilan musobaqada qatnashuvchi jamoalarning nomerlari aniqlanadi. Jamoalarning aniqlangan raqamlari asosida o’yinlar jadvali (kalendari) tuziladi. Musobaqalar bir davrali qilib o’tkazilganda, o’yin bir-biri bilan bella-shuvchi ikki jamoadan dastlabkisining maydonida o’tkaziladi Agar musobaqada ikki davra nazarda tutilgan bo’lsa, ikkinchi o’yin keyingi jamoa maydonida o’tkazilishi kerak.
Davrali tizim bo’yicha o’tkaziladigan o’yinlar kalendarini uch usul bilan tuzish mumkin.

Yüklə 304,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə