ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
74
MULTIMDEDIYA QURULMALARI YORDAMIDA FILIMLAR TASVIRGA OLISH
TEXNOLOGIYASI
O‘rinboyev Alisher Shavkatjon o‘g‘li
(Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali talabasi)
https://www.doi.org/10.5281/zenodo.8304220
Annotatsiya:
Ma’lumki rivojlanib borayitgan davrni multimediyalar siz tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Ushbu maqolada esa multimediya vositalari yoratish texnikasi haqida ma’lumotlar
taqdim etilgan.
Tayanch iboralar:
Multimediya, Green Screen effekti, Finepix real, Motion capture.
Hozirgi vaqtda ko’plab kompaniya
va firmalarda seminarlar, uchrashuvlar, treninglar va
boshqa tadbirlarni o’tkazish uchun turli kompyuter texnologiyalaridan foydalanilmoqda.
Ma’lumot
mazmunga boy, esda qoladigan va ko’rgazmali bo’lishi uchun ko’proq
multimedia texnologiyalari ishlatiladi. Bular matn, grafika va ovoz kabi ma’lumotning
turli shakllarini qayta ishlashga imkon beruvchi multimedia apparat vositalari bo’lish
bilan birga amaliy dasturlar paketlari ham. Multimedia bir necha ta’rifga ega:
Multimedia (inlizcha multimedia atamasi lotincha multum – ko’p, medium – vosita, muhit
so’zlaridan olingan) – texnik va dasturiy vositalar majmuasi bo’lib, foydalanuvchilarga
turli xil ma’lumotlar (matn, grafika, ovoz, video) ning bitta
yagona axborot muhitida
birlashtirgan holda muloqot rejimida ishlash imkoniyatini beradi.
Multimedia
– bu harakatsiz tasvir, harakatli video,
kompyuter grafikasi va matn
animatsiyalari, nutq va yuqori sifatli ovoz kabilar bilan ishlash imkonini beruvchi interfaol
(muloqotli) tizim, boshqacha aytganda, matn, grafika,
animatsiya, ovoz, video, nutq kabi
ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va namoyish etish
imkoniyatini beruvchi texnologiyalar yig’indisi. Aynan shu multimedia vositalari yordamida
bugungi kundagi eng sifatli kinolar va o‘quv qo‘llanmalar yaratilib kelinmoqda. Multimedani
ikki guruhga ajratish mumkin: chiziqli va chiziqli bo’lmagan.
Multimedianing chiziqli
namoyishiga kinoni misol qilib ko’rsatish mumkin. Bunda foydalanuvchi namoyishning
natijaviy qismiga hech qanaqa ta’sir ko’rsatmaydi. Chiziqli bo’lmagan namoyish uslubida esa,
axborot natijasi foydalanuvchiga bog’liq bo’lib, foydalanuvchi qaysidir voditalar yordamida
namoyish yo’nalishini, natijasini o’zgartirishi mumkin bo’ladi.
Foydalanuvchining bu
jarayonga ishtirokini “interfaollik” deb atash mumkin. Chiziqli bo’lmagan multimedia
namoyishiga kompyuter o’yinlarini misol qilish mumkin. Multimedia ma’lumotlarining
chiziqli bo’lmagan namoyish uslubi ko’pincha “gipermedia” deb ham ataladi.
Green Screen effekti orqali tasvirga olish. Muhum jarayonlardan biri bu kompozitsiya ichida
ya’ni bir yoki bir nechta kadrdan bitta kadr hosil qilish orqali maxsus effektlarni yaratish.
Kompozitsiya uchun kalit nuqtalar yashil yoki ko‘k ekranda olindi. Ko‘k va yashil ekran
qurilmalari ko‘k va yashil sohada o‘rnatiladi. Ko‘k va yashil
fonlar asosan orqa fonda
ishlatiladi va so‘ng montaj vaqtida olib tashlanib boshqa bir kadr yoki tasvir joylashtiriladi.
Ko‘k, yashil fonda olganingizda kadirning yorug’ligiga e’tibor bering.