1-амалий машғулот. Futbol musobaqalarni tashkil etish va o'tkazish. Ишдан мақсад


O’yin paytida hakamning ruxsatisiz to’pni almashtirish mumkin emas



Yüklə 304,02 Kb.
səhifə7/29
tarix05.06.2023
ölçüsü304,02 Kb.
#115549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
1 амалий маш улот Futbol musobaqalarni tashkil etish va o\'tkazi

O’yin paytida hakamning ruxsatisiz to’pni almashtirish mumkin emas.

  1. Qoida

O’yinchilar soni
O’yinchilar:
O’yinda ikki jamoa har birida 11 tadan oshiq bo’lmagan o’yinchi qatnashadi. 11 o’yinchidan bittasi darvozabon bo’lishi kerak. Agar jamoalarda 7 tadan kam o’yinchi bo’lsa, unda uchrashuvni boshlash mumkin emas.
Rasmiy uchrashuvlar:
FIFA, qit’a konfederastiyalari yoki milliy assostiastiyalar tomonidan o’tkaziladigan uchrashuvlarda uchtagacha o’yinchi almashtirishga ruxsat etiladi. Agar musobaqa reglamentida ko’prok o’yinchi almashtirish mumkin bo’lsa, unda ettitagacha o’yinchi almashtirish mumkin.
Boshqa uchrashuvlar:
Boshqa uchrashuvlarda quyidagi shartlarga asosan 5 tagacha o’yinchi almashtirish mumkin:

  • Ikki uchrashadigan jamoa maksimal darajada o’yinchi almashtirishga kelishganda,

  • Bosh hakam ushbu kelishuv haqida uchrashuv boshlanguniga qadar ogoh etilsagina.

Agar uchrashuv hakami kelishuv haqida o’yin boshlanguniga qadar ogohlantirilmasa yoki ikki jamoa maksimal darajada o’yinchi almashtirishga kelisha olmasa, uchrashuvda 3 tagacha o’yinchi almashtirish mumkin.
Barcha uchrashuvlar uchun:
Barcha uchrashuvlarda o’yin boshlanguniga qadar zaxira o’yinchilari ism - shariflari uchrashuv bayonnomasidagi ro’yxatga kiritilgan bo’lishi lozim. Uchrashuv bayonnomasidaga ro’yxatga kiritlmagan futbolchi o’yinda qatnasha olmaydi.
O'yinchi almashtirish holati
O’yinchi almashtirish uchun quyidagilarni bajarish zarur:
• Bosh hakamni o’yinchi almashtirilishi to’g’risida ogohlantirish zarur,

  • Zaxiradagi o’yinchi maydonga bosh hakam ruxsati va almashayotgan o’yinchi maydonni tark etgandagina tushishi mumkin,

  • Zaxiradagi o’yinchi maydonga tushgandan so’ng almashtirish haqiqiy deb hisoblanadi,

  • Shu vaqtdan boshlab zaxira o’yinchisi asosiy tarkib o’yinchisi hisoblanadi, almashtirilgan o’yinchi esa asosiy tarkib o’yinchisi xisoblanmaydi,

  • Almashtirilgan o’yinchi ushbu o’yinda boshqa katnasha olmaydi,

  • Hakam zaxiradagi barcha o’yinchilarga(maydonga tushgan tushmaganligining ahamiyati yo’q) bir vaqtning o’zida ogohlantirish ko’rsatishi huquqiga ega.


Yüklə 304,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə