1-амалий машғулот. Futbol musobaqalarni tashkil etish va o'tkazish. Ишдан мақсад



Yüklə 304,02 Kb.
səhifə5/29
tarix05.06.2023
ölçüsü304,02 Kb.
#115549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
1 амалий маш улот Futbol musobaqalarni tashkil etish va o\'tkazi

Iguruh: 1, 2, 3, 4-nomerlar IIIguruh: 9,10,11,12-nomerlar
IIguruh: 5,6, 7,8-nomerlar IV guruh: 13, 14, 15, 16- nomerlar
Jamoalar raqamlari qur’a tashlash bilan aniqla-nadi. Ayrim hollarda, jahon birinchiligida bo’lgani kabi, har bir guruhga avvalgi jahon birinchiligida katta natijalar ko’rsatgan jamoalardan ajratiladi.
Kichik guruhlarda jamoalar davrali tizim bo’yicha o’ynaydilar. Kichik guruhlarda o’tkazilgan o’yin natijalariga qarab, har birida 4 tadan jamoa bo’lgan ikkita guruh tuziladi (mazkur musobaqada 1- bosqichdan keyin 8 ta jamoa o’yindan chiqib ketar va ularning o’rni aniqlanmas edi, garchi buni xuddi shunga o’xshash tizim bo’yicha aniqlash mumkin bo’lsa ham):



«A» guruh
Iguruh 1- o'rin
IIguruh 2 - o'rin
III guruh 1 -o'rin
IVguruh 2- o'rin
«B» guruh
Iguruhdagi 2- o'rin
IIguruhdagi 1- o'rin
IIIguruhdagi 2- o'rin
IVguruhdagi 1- o'rin

«A» va «B» guruhlarda jamoalar davrali tizim bo’yicha bir davra o’yin o’tkazadilar. Finalda birinchi o’rin va chempionlik unvonini olish uchun «A» va «B» guruhlarning g’olib jamoalari o’ynaydilar, 3- 4 o’rinlar uchun esa guruhlarda ikkinchi o’rinni egallagan jamoalar kuch sinashadilar. Shunday sxema bo’yicha 16 jamoa bo’lganda, dastlabki to’rt o’rinni aniqlash uchun 38 ta o’yin o’tkazilgan bo’lishi kerak.


Guruhlarda tegishli o’rinlarni egallagan jamoalar o’rtasida o’tkaziladigan shunday o’yinlar yordamida barcha sakkiz o’rinni aniqlash mumkin.

    1. Musobaqa nizomi

Sovrinli o’rinlar, shuningdek, musobaqada qatna-shuvchi jamoalar yoki jismoniy tarbiya jamoalari (natijalar klublar bo’yicha hisobga olinganda) egallaydigan barcha keyingi o’rinlar aniqlanadigan biron-bir rasmiy musobaqa o’tkazishdan avval musobaqa haqidagi nizom tuzilgan bo’lishi kerak. Bu nizom futbol Federastiyasi yoki musobaqani o’tkazuvchi boshqa biror tashkilot tomonidan tasdiqlanadi.
Musobaqa nizomi katta yuridik kuchga ega bo’lgan hujjatdir. Unda asosiy tashkiliy va texnik shart-sharoitlar aniq bayon qilingan bo’ladi. Nizom o’quv-mashg’ulot ishlarining mazmunini belgilab beradi, chunki jamoalarning tashkiliy-uslubiy tayyorgarligi bo’lajak musobaqalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda o’tkaziladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalarning tayyorgarlik ko’rish uchun etarli vaqtga ega bo’lishlari nazarda tutilib, nizom oldindan tasdiqlanishi va tarqatilishi kerak.
Musobaqani o’tkazish davrida tasdiqlangan nizomdan chetga chiqishga yo’l qo’yilmaydi, aks holda mazkur musobaqani o’tkazayotgan tashkilotning obro’yiga putur etadi va keraksiz nizolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi, xolos.
Musobaqa nizomida quyidagi masalalar aks ettirilgan bo’lishi kerak:

  1. O’tkazilayotgan musobaqaning maqsadi va vazifalari.

  2. Musobaqani kim o’tkazishi (federastiya, tashkiliy komitet va hokazolar).

  3. Musobaqa o’tkazish muddatlari va shartlari.

  4. Musobaqaga qo’yiladigan jamoalar soni va nomi, talabnomaga kiritiladigan qatnashchilarning maksimal miqdori.

  5. Musobaqa o’tkaziladigan o’yin tizimi (davralari - bir yoki ikki davrali, mag’lubiyatdan keyin o’yindan chiqib ketiladigan, aralash tizim).

  6. Hisobga olish tizimi va jamoalarning hamda jismoniy tarbiya jamoalarining (natijalar klublar bo’yicha hisoblanganda) egallagan o’rinlarini aniqlash tartibi.

  7. Musobaqalarning alohida shartlari (qanday hol-larda o’yinda qo’shimcha vaqt belgilanishi va uning davomiyligi, o’yin durang bilan tugallanganda yoki o’tkazilgan musobaqa natijasida ochkolar soni teng bo’lganda. g’olibni aniqlash usullari, o’yin qoidalarida ko’rsatilgandan tashqari nechta o’yinchi almashtirish mumkinligi va hokazolar).

  8. Jamoalarni va musobaqa qatnashchilarini rasmiylashtirish tartibi, shakli, o’yinchilarga talabnomalar berish va qayta talabnoma berish muddati.

  9. Musobaqalarni olib boradigan hakamlar jamoa-sining nomi.

  10. O’tkazilgan o’yinga norozilik bildirish va uni ko’rib chiqish, shuningdek, o’yinchilarni maydondan chiqarib yuborish yoki ularni ogohlantirish bilan bog’liq bo’lgan intizom masalalarini qarab chiqish tartibi.

  11. O’yinchilar intizomni buzganligi uchun jamoalarning javobgarligi hamda stadion va klublar ma’muriyatining o’yin o’tkazish vaqtida tartib saqlanishi uchun javobgar bo’lishi.

  12. Musobaqa o’tkaziladigan joylar va ularga qo’yiladigan talablar.

  13. G’oliblarni mukofotlash hamda oxirgi o’rinlarni egallagan jamoaning yoki jamoalarning keyingi xuddi shunday musobaqada qatnashish shartlari.

    1. FUTBOL QOIDALARIGA ESLATMALAR

O’smirlar jamoasi (16 yoshgacha bo’lgan o’yinchilar), ayollar jamoasi va faxriylar jamoalari (35 yoshdan kata bo’lgan o’yinchilar) ishtirokidagi o’yinlarda futbol qoidalariga quyida keltirilgan o’zgartirishlar kiritilishi mumkin:

  • futbol maydoni hajmiga;

  • to’p og’irligi va materialiga;

  • darvoza balandligi va kengligiga;

  • o’yin vaqtiga;

  • o’yinchi almashtirish soniga.

Qolgan o’zgartirishlar faqatgina Halqaro Kengash roziligi bilan amalga oshiriladi.
Erkaklar va ayollar
Futbol qoidalari matnida keltirilgan tushuntirishlar va aniqlashtirishlar hakamlar borasidagi shuningdek o’yinchilar va jamoa rahbarlar borasida masalalar erkaklarga tegishli bo’laganidek shu o’rinda ayollarga ham tegishlidir.

  1. Qoida

Uchrashuv o’tkaziladigan maydon
O’yin o’tkaziladigan maydon to’rtburchak holatda bo’lishi zarur. Maydonning yon tomoni (ya’ni bo’yi) darvoza ortidan (ya’ni enidan) katta bo’lishi kerak.
Bo’yiga: minimum 90 m, maksimum 120 m
Eniga: minimum 45 m, maksimum 90 m
Halqaro o’yinlar uchun:
Bo’yiga: minimum 100 m, maksimum 110 m
Eniga: minimum 64 m, maksimum 75 m

Maydondagi chiziqlar


O’yin o’tkaziladigan maydon chiziqlar bilan belgilanadi va ushbu chiziqlar xam maydon tarkibiga kiradi. Ikkita uzun maydonni ajratuvchi chiziqlar - yon chiziqlar, ikkita kichkina chiziqlar esa - darvoza chizig’i
deb ataladi.
Maydon markazidagi chiziq o’yin o’tkaziladigan maydonni teng ikkiga ajratib turadi. Ushbu markazdagi chiziqning o’rtasida markaziy belgi mavjud. Ushbu markaziy belgidan radiusi 9,15 m bo’lgan aylana chiziladi.
Darvoza maydoni
Maydonning xar ikki tomonida darvoza maydoni mavjud bo’lib, u quyidagicha joylashgan:
Darvoza chizig’idan 5,5 metr masofada darvozani har bir ustunining ichki tomonidan parallel chiziq tortiladi. Bu chiziqning uzunligi ham 5,5 metr bo’ladi. Bu uzunlikdagi chiziqning oxiri perpendekulyar tarzda darvoza chizig’i bilan tutashadi. Shu shakldagi to’rtburchak darvoza maydoni deb ataladi.
Jarima maydoni
Maydonning xar ikki tomonida jarima maydoni mavjud bulib, u kuyidagicha joylashgan:
Darvoza chizig’idan 16,5 metr masofada darvozani har bir ustunining ichki tomonidan parallel chiziq tortiladi. Bu kesmaning uzunligi ham 16,5 metr bo’ladi. Bu uzunlikdagi chiziqning oxiri perpendekulyar tarzda darvoza chizig’i bilan tutashadi. Shu shakldagi to’rtburchak jarima maydoni deb ataladi.
Har ikkala maydonlar o’rtasida darvoza chizig’idan 11 metr masofada hamda darvoza ustunlaridan teng masofada 11-metrlik belgi qo’yiladi. Har bir jarima maydoni chizig’i tashqarisidan radiusi 9,15 metr bo’lgan yarim aylana chiziladi va uning markazi 11- metrlik nuqta vazifasini o’taydi.

Yüklə 304,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə