1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. Reja


Fransuz tarixchisi Mark Blok (1886-1944 yy.)



Yüklə 495,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix19.12.2023
ölçüsü495,22 Kb.
#150511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. (1)

Fransuz tarixchisi Mark Blok (1886-1944 yy.) 
Mark Blok "Annal" maktabining asoschilaridan biri bo'lib, Yevropa zamonaviy 
tarixografiyasiga katta ta'sir ko'rsatdi. Uning asosiy asarlari G'arbiy Yevropa feodalizmiga 
bag'ishlangan. Uning eng qimmatli ishlaridan biri "Fransuz agrar tarixining o'ziga xos 
xususiyatlari"dir. Unda Fransiyada yerdan foydalanishning ijtimoiy jihatlari ochib berilgan. Blok 
o'rta asr dehqonchiligining xilma-xilligi g'oyasini olg'a suradi. U ko'pgina G'arbiy Yevropa 
davlatlarining agrar va ijtimoiy tarixini qiyoslab o'rganishga harakat qilgan. 
1
Хашимов П.З., Тураев Х.Н. Экономическая история. - Т.: «Университет», 2003.- С.7. 
10


Labrus Ernest Kamil (1895-1972 yy.) 
Uzoq yillar davomida Sorbonda ijtimoiy va iqtisodiy institutga boshchilik qilgan. Uning 
asosiy asarlari Fransiyaning XVIII va qis- man XIX asrlardagi iqtisodiy tarixiga bag'ishlangan. 
Ularda narxlar harakati, daromadlar, iqtisodiyotda vaqti-vaqti bilan bo'lib turadi- gan o'sish va 
inqirozlar tarixi yoritilgan. U birinchi darajali ahami- yatga pul muomalasi muammolarini, 
taqsimlash, texnika rivojlanishi masalalarini qo'ygan. 
Fernan Brodel (1902-1985 yy.) 
Fernan Brodel jahon miqyosidagi haqiqiy yulduz hisoblanadi. U XX asr iqtisodiy 
tarixining eng ko'zga ko'ringan namoyodalari- dan biridir. Brodel XVI asrda O'rta yer dengizi 
tarixi bo'yicha tezis- larni ishlab chiqqan. Bu tezislar uchun unga 1947 yilda Sorbonada doktorlik 
darajasi berilgan, 1949 yilda bu tezislar "Fillipp II davri- da O'rta yer dengizi va o'rta asr dunyosi" 
nomli kitobda nashr etilgan. 
Bu kitob O'rta yer dengizining o'sha davrdagi geografiya- si, qishloq xo'jaligi, texnologik, 
diniy va intellektual muhiti to'g'risidagi qomusiy asar edi. 1956 yildan 1968 yilgacha F. Brodel 
"Solnoma: iqtisodiyot, jamiyat, sivilizatsiya" nomli jurnalning mu- harriri bo'lib ishlagan. 
F.Brodelning ikkinchi muhim asari uch tomli "Moddiy sivilizatsiya, iqtisodiyot, XV-XVIII 
asr kapitalizmi"dir. Bu kitobda dunyon- ing ijtimoiy va iqtisodiy tarixi o'rta asrdan sanoat 
to'ntarilishigacha bo'lgan davrgacha bayon qilingan. F.Brodel insoniyatning ulkan faoliyati va 
voqealarni tavsiflab, nima uchun G'arbiy Yevropada birinchi bo'lib sanoat to'ntarilishi bo'lganini 
tushuntirib berishga harakat qilgan. U kapitalizmning paydo bo'lish vaqti yoki "kapi- talizm 
arafasi"ni XIII asr deb bilgan, zamonaviy jamiyat esa uning fikricha, XVIII asr oxirida 
shakllangan, ammo bu jarayonning dast- labki shart-sharoitlari 6-8 yuz yilliklarda yuzaga kelgan. 
Karl Byuxer (1847-1930 yy.) 
Nemis tarixchilari orasida Karl Byuxerni qayd etib o'tish zarur. U o'zining asosiy asari 
"Xalq xo'jaligining paydo bo'lishi"da (1893 y.) iqtisodiy jarayonlarni uch bosqichga bo'lib, xo'jalik 
rivojlanishi- ning xususiy rejasini olg'a surgan: birinchi bosqich - "uy xo'jaligi" (hamma ne'matlar 
qayerda ishlab chiqarilgan bo'lsa, o'sha yerda iste'mol qilinadi); ikkinchi bosqich - "shahar 
xo'jaligi" (bevosita al- mashinuv bo'lib, shaxsiy ishlab chiqarish, qo'shimcha iste'molchi 
-
buyurtmachi uchun ishlab chiqariladi); uchinchi bosqich - "xalq xo'jaligi" (milliy 
davlatlarning paydo bo'lishi natijasidir). 
K.Byuxerning fikricha har bir bosqich boshqa bosqichga us- tunlik qilgan sharoitda ham 
mavjud bo'lishi mumkin. Uning ko'p ishlari shaharlarning rivojlanishi haqida yozilgan. Olimning 
ta'kidlashicha, o'rta asrlarda mayda, shahar dehqonchiligi bilan bog'liq xo'jaliklar ustunlik qilgan. 

Yüklə 495,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə