1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. Reja


Iqtisodiy tarixning asosiy metodlari



Yüklə 495,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix19.12.2023
ölçüsü495,22 Kb.
#150511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. (1)

Iqtisodiy tarixning asosiy metodlari: 
1)
tarixiylik; 
2)
mantiqiylik; 
3)
tasniflash; 
4)
xronologik; 
5)
tarixiy taqqoslash; 
6)
tarixiy moddellashtirish; 
7)
matematik statistika
8)
ijtimoiy psixologik. 
Iqtisodiy tarix juda ko'p ijtimoiy fanlar (birinchi navbatda jahon tarixi) bilan bog'liq. 
Iqtisodiy tarixni bilmasdan turib o'tgan davr- larda bo'lib o'tgan siyosiy voqealarning asl mohiyati 
va kelajak- ning siyosiy tendensiyalarini oxirigacha anglash mumkin emas. 
Iqtisodiy tarixning jahon tarixi bilan bog'liqligi shundaki, ular- ning ikkalasi ham 
hodisalarni evolutsion jarayonida o'rganadi, le- kin jahon tarixining predmeti ancha kengdir. 


Jahon tarixi sivilizatsiyaning umuman o'zgarishini, iqtisodiy tarix esa iqtisodiy 
jarayonlardagi o'zgarishlarning xo'jalik faoliya- tini o'rganadi. 
Iqtisodiy tarixning iqtisodiy nazariya bilan bog'liqligini alohida ta'kidlab o'tish kerak. 
Agarda birinchisi tadqiqotning tarixiy me- todiga asoslansa, ikkinchisi esa mantiqiy-iqtisodiy 
metodga asos- lanadi, ammo ularning ikkalasi ham o'zaro bog'langan. Iqtisodiy tarixning iqtisodiy 
nazariyadan farqi shundaki, iqtisodiy tarix turli iqtisodiy hodisalarni turli iqtisodiy davrlarda ko'rib 
chiqadi, u asosiy e'tiborni uning qonuniyatlariga beradi, iqtisodiy nazariya esa jamiyatni nazariy 
tahlil etish bilan shug'ullanadi va asosan tadqiqotning mantiqiy-abstrakt va matematik 
metodlaridan foy- dalanadi. 
Nazariy abstraksiyasiz iqtisodiy tarix nazariy asosdan ayrilib qoladi. O'z navbatida 
iqtisodiy nazariya iqtisodiy-tarixiy umum- lashtiruvsiz, dalil-isbotsiz fanga aylana olmaydi. 
Demak, ularning teng miqdorda rivojlanganligi talab etiladi. 
Shuningdek, iqtisodiy tarix iqtisodiy ta'limotlar tarixi bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki 
"Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fani- dagi olimlarning fikrlarini tahlil etish va sharhlash ma'lum bir 
yuz berayotgan iqtisodiy hodisalar bilan bog'langandir. 

Yüklə 495,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə