1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. Reja


Yozef Aloiz Shumpeter (1883-1950 yy.)



Yüklə 495,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix19.12.2023
ölçüsü495,22 Kb.
#150511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. (1)

Yozef Aloiz Shumpeter (1883-1950 yy.) 
Yozef Aloiz Shumpeter kelib chiqishi avstriyalik bo'lgan yirik amerikalik iqtisodchi va 
sotsiolog. 1925-1932 yillarda Bonn uni- versitetining professori, 1932 yildan umrini oxirigacha 
Garvard universitetining professori. Shumpeter Garvard biznes maktabi- ning asoschilaridan biri 
bo'lib, u yerda 30-yillarda tadbirkorlik tarixini o'rganish dasturi qabul qilingan edi. Uning asosiy 
asar- lari; "Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi" (1911), "Iqtisodiy sikllar: kapitalistik jarayonlarni 
nazariy, tarixiy va statistik tahlil qilish" (1939), "Kapitalizm, sotsializm, demokratiya" (1942), 
"Iqtisodiy tahlil tarixi" (1954). 
Shumpeter nazariyotchi olim bo'lib, u o'zining iqtisodiy sikllar ta'limoti tufayli shuhrat 
qozondi, uning konsepsiyasiga mu- vofiq sikllar iqtisodiy o'sish obyektiv qonuniyati sifatida 
ko'rilgan. Uning deyarli barcha asarlari faqatgina nazariy emas, balki tarixiy va statistik 
uslublardan foydalanib yozilgan. Misol uchun, "Kapitalizm, sotsializm, demokratiya" kitobida u 
kapitalizm va sotsializm dinamikasini katta tarixiy istiqboli fonida ko'rib chiqmoqchi bo'lgan. 
Xususiy tadbirkorlik kapitalizmini asta-sekin davlat tomonidan tartibga solinadigan iqtisodiy 
tizimga trasformatsiyasi to'g'risidagi xulosa ham unga tegishlidir. Urushdan keyingi davr G'arb 
tarixografiyasida iqtisodiy tarix ulushining oshib borishi va katta hajmdagi faktik material- lar 
to'planishi bilan ajralib turardi. Texnika, texnik ixtirolar, tex- nologiyalar, alohida iqtisodiy 
hodisalar tarixi o'rganildi. Sanoat, shu jumladan, alohida korxonalar, tarmoqlar tarixi, ichki va 
tashqi savdo, transport, fan va boshqalar tarixi tadqiq etildi. Demografik o'zgarishlar, ish kuchi 
bozorlarining shakllanishi, mehnat unum- dorligi o'sishi, xalqaro valyuta va tovar almashinuvi, 
aholining moddiy sharoitlariga bag'ishlangan ishlar ko'plab chop etildi. 
Rus tarixografiyasida xorijiy mamlakatlar, birinchi navbat- da Angliya va Fransiyaning 
agrar muammolariga katta e'tibor qaratilar edi (D.G.Vinogradov, M.M.Kovalevskiy, 
P.V.Luchitskiy, N.I.Kareev, D.M.Petrushevskiy, A.N.Savin va b.). I.M.Kulishevning ishlari 
qadimgi Gretsiya va G'arbiy Yevropaning iqtisodiy tarixiga bag'ishlangan edi. 
Sovet ittifoqi tarixchilari asarlarida antik davr (V.I.Kuzishin, 
I.
M.Shtraerman), o'rta asrlar (A.D.Udalsov, S.D.Skazkin, E.A.Kosminskiy, 
M.A.Brag), Angliyaning yangi tarixi (V.F.Semenov, S.I.Arxangelskiy), Italiya (V. I. Rutenburg), 
Fransiya (A.D.Ayublinskaya), Germaniya (M.M.Smirin), Niderlandiya (A.N.Chistozvanov) tarixi 
tahlil etilgan. Shuningdek, qator o'quv manbalarini qayd etib o'tish lozim, misol uchun 
V.T.Chuntulova, V.G.Saricheva tahriri ostida yozilgan "Kapitalistik mamlakatlar iqtisodiy tarixi" 
va F.Ya.Polyanskiy, V.AJamina tahriri ostida yozilgan "Kapitalistik mamlakatlar iqtisodiy tarixi". 
Shu bilan birga 80-yillar oxiri va 90-yillar boshlarida iqtisodiy tarixiy fanlar jahon ilm-fanining 
rivojlanishdan ajralganlik, tadqiqotlar xulosalari maf- kuraviy yo'naltirilganligi, mxolifatning 
yo'qligi, manbalardan uzi- lish, tadqiqot usullari borasida jiddiy orqada qolishi xarakterli edi. 
Shu bilan birga AQShda iqtisodiy tarix fanining rivojlanishi biroz boshqacha edi. 
"Yangi iqtisodiy tarix" uchun EHM yordamida statistik usullar bilan tadqiqotlar o'tkazish 
xosdir. Bu maktabning namoyondalari amerikalik olimlar A.Konrad, Dj.Meyer, R.Fogel va 
S.Engermanlar edi. Ular asosan quyidagi ikki muammoga e'tibor qaratishardi: AQSh Janubida 
quldorlik iqtisodiyoti va XIX asr oxirida mamlakat iqtisodiyotining rivojida temir yo'l 
qurilishining ahamiyati. Iqtisodiyot rivojlanishining muxolif jihatlarining real voqelikdan farqi 
tadqiqotlarining asosida yotar edi. 
14 
Misol uchun, tadqiqotlarda quyidagi holatlar mavjud bo'lishi mumkin deb taxmin qilinardi: 
1861-1865 yillarda AQShda fuqaro- lar urushi bo'lmagan, quldorlik bekor qilinmagan yoki temir 


yo'llar u paytda hali bo'lmagan. Shunday tamoyillar asosida yaratilgan model real voqelik bilan 
solishtirilardi va taqqoslash natijasida 
XIX
asr ikkinchi yarmida quldorlik yoki keng miqyosda temir yo'l qurilishi 
samaradorligi darajasi to'g'risida xulosalar qilinardi. Natijalar paradoksal edi, ular tanqidga 
uchradi, lekin hozirga kelib quldorlik iqtisodiyotining samaradorligi u haqida o'ylangandan ancha 
past ekanligi, temir yo'l qurilishi esa iqtisodiyotda muhim rol o'ynashida hech kimda shubha 
qolmadi. 
Shunday modellarning asosiy kamchiligi faraz qilinayotgan vaziyatni oldindan ko'ra bila 
olmasligidadir, umuman olganda real iqtisodiyotni to'liq aks ettirib turuvchi modelni yaratish 
imko- ni yo'qdir. XX asrning 70-yillarida "yangi iqtisodiy tarix" iqtisodiy rivojlanishning uzoq 
muddatli tendensiyalarni tahlil qilish ishlari bilan qo'shilib ketdi. 
Iqtisodiy dinamikaning tahlil yo'nalishi XIX asrning oxiri XX asr boshlarida vujudga keldi. 
Ushbu yo'nalishning shakllanishi va rivojlanishiga rus va sovet olimlari (M.I.Tugan-Baranovskiy, 
N.D.Kondratev, E.S. Varga, I.A.Traxenberg va b.), ingliz (S.Djevons), fransuz (A.Aftalon) va 
boshqa olimlar katta hissa qo'shganlar. 1917 yilda AQShda Iqtisodiy tadqiqotlar Milliy byurosi 
tashkil etilib, u iqtisodiy sikllar va iqtisodiyotning uzoq muddatli rivojla- nishini tahlil qilish 
bo'yicha ishlarni olib bordi. Ushbu ilmiy mak- tab XX asrning 60-70-yillariga kelib o'sha davrdagi 
iqtisodiy rivojlanishni miqdoriy tahlil qilish bo'yicha juda boy materialni o'zlashtirdi. Natijada 
iqtisodiy rivojlanish sohasidagi tadqiqotlar birinchi o'ringa chiqdi, garchi boshqa mavzular ustida 
(ish haqi- ning uzoq muddatli dinamikasi tendensiyalari, jahon xo'jaligi alo- qalari rivojlanishining 
tarixiy tendensiyalari) ham faol izlanishlar olib borilgan bo'lsa ham. 
Yangi iqtisodiy tarixning sintezi va uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarining 
tahlili sifatida XX asrning 70-y- illarida iqtisodiy tarixda yangi yo'nalish vujudga keldi. Amalga 
oshirilayotgan tadqiqotlar miqyosi keng bo'lib, u tadqiqot davri, iqtisodiyot sektori va iqtisodiy 
jarayonlar tiplarini tanlanishi bilan bog'liq edi. Iqtisodiy o'sish muammosi va unga ta'sir etuvchi 
turli omillar tahlili ustuvor ahamiyatga ega edi. Masalan, ilmiy-texnika 
15 
taraqqiyoti, texnologiyani yangilash, moliya tizimi evolutsiyasi, xalqaro moliya bozorlari 
taraqqiyoti, turli tarixiy davrlarda dav- latning iqtisodiyotdagi rolini baholash, mehnat 
munosabatlari evolutsiyasi, ish kuchi bozori tahlili va boshqa shu kabi mavzular bo'yicha 
tadqiqotlar olib borilgan edi. Eng ko'zga tashlanadigan ishlardan ba'zilari: U.Rostouning "Jahon 
iqtisodiyoti", unda XVIII asrdan boshlab jahon iqtisodiyoti rivojlanishini umumlashtirishga 
harakat qilinadi, shuningdek F.Brodelning "Moddiy sivilizatsiya, iqtisodiyot, kapitalizm. XV-
XVIII asrlar" asarida kapitalistik iqti- sodiyotning genezisi tadqiq etilgan edi. 
Shunday qilib, tarixiy-iqtisodiy tadqiqotlar zamonaviy g'arb fanining muhim qismi 
hisoblanadi, kapitalizm davriga nisbatan olinganda tadqiqotlar iqtisodiyot fani tomon siljigan, 
shunga qaramasdan, tarixiy tadqiqotlar g'arb tarixchilari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 495,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə