1- bilet g‘arbiy Turk va Sharqiy Turk xoqonligini o‘zaro taqqoslang



Yüklə 52,33 Kb.
səhifə2/12
tarix18.05.2023
ölçüsü52,33 Kb.
#110969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
9-sinf Tarix imtihon javoblari 2023

2. Muhammad Shayboniyxonning O 4 rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni haqida fikr bildiring.
Muhammad Shayboniy (1451-yil - 1510-yill2-dekabr, Marv)— taniqli o’zbek shoiri, davlat arbobi, o’zbekxonlar sulolasining
asoschisi, „hazrati imomuz-zamon xalifatur-rahmon“ (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan. Muhammad Shayboniy Shayboniylar deb ataluvchi yirik sulolaning asoschisidir. Muhammad Shayboniy Abulxayrxonning nabirasi, Shohbudog' sultonning o’g’li. Abulxayrxon unga ,,Shohbaxt“ deb laqab qo’ygan. Otasining erta vafotidan so’ng, bobosining qaramog’ida qolgan Sulton Muxammad Shaybon Boyshayx otalig’ida voyaga yetgan.U 15-asr 80-yillarida Abulxayrxon vafotidan so’ng Dashti Qipchoqning asosiy hududida o’z hukmronligini o’rnatmoqchi bo’lgan. Shayboniy 1490-yillardan o’zaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan Temuriylar hududi bo’lgan Movarounnaxrda ham o’z hukmronligini o’rnatish uchun harakat boshlagan. 15-asr oxiri— 16-asr boshlarida Movarounnahrga qilgan yurishlari natijasida hokimiyat boshqaruvi uning qo’liga o’tgan. Shayboniy Turkistonning Sig’noq, Sabron, Yassi shaharlarini ham o’z qo’l ostiga kiritgan. 1504-yil Hisor, Qunduz, Badaxshon, Balx, 1505- yilda Xorazrn, 1507-yilda Hirot ham Shayboniy qo’l ostiga o’tgan. Keyinroq Eronning Mashhad va Tuye shaharlarini ham egallagan. 1510-yilda Marv yaqinidagi Mahmudobod qishlog’ida Eron shohi Ismoil I Safaviyning 12 ming kishilik askari bilan Shayboniy qo’shini o’rtasidagi jangda lining qo’shinlari mag’lubiyatga uchragan va shahrining o’zi ham halok bo’lgan. Uning boshsiz tanasi Samarqanddagi Baland Sufaga dafn qilingan. Baland Sufa Registon maydonida Tillakori va Sherdor madrasalari o’rtasidagi burchakda joylashgan bo’lib, bu yerga keyinchalik boshqa shayboniylar ham dafn etilgan
3. “Begar” atamasiga izoh bering.
Begar - Mehnat majburiyati aholining ishlab berishi
Begar — O`rta Osiyoda o`rta asrlarda mavjud bo`lgan majburiy ishlab berish majburiyati bo`lib, mehnatkash xalq xon va mahalliy hukmdorlar tarafidan davlat va feodallarning turli qurilishlari, jumladan, qal`a, saroy, yo`l qurilishi, kanal va ariqlar qazish kabi ishlarda tekinga ishlab berishga majbur qilingan. Masalan, Abdullaxon II ning (1583—1598) hukmronli davrida, uning maxsus farmoni bilan mashxur Juyboriy xo`jalaridan Xo`ja Sa`dning erlariga Vaxshdan suv chiqarish uchun ariq qazishga Xisor, Dexnov, Qabodien va SHaxrisabzdan 10 ming kishi safarbar qilingan.

Yüklə 52,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə