1- bilet g‘arbiy Turk va Sharqiy Turk xoqonligini o‘zaro taqqoslang



Yüklə 52,33 Kb.
səhifə6/12
tarix18.05.2023
ölçüsü52,33 Kb.
#110969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
9-sinf Tarix imtihon javoblari 2023

1. Davan davlati hamda Qang k davlatini o‘zaro taqqoslang.
Davan (xitoycha Dayuandan olingan) — Farg’ona vodiysidagi qad. davlat. Mil. avv. 2—
1-asrlardagi Xitoy manbalarida keng , obod, boy mamlakat. Davan haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Davan shahar va voha hokimlarining erkin ittifoqidan iborat davlat edi. Ulug’ hukmdor qarorgohi Gushan (hozirgi O’zgan shahri deb taxmin etiladi) da bo’lgan.Podsho hokimiyati qabila zodagonlaridan iborat oqsoqollar kengashi tomonidan cheklab qo’yilgan.Oliy kengash hukmdorni podsholikdan tushirishi, hatto o’lim jazosiga hukm qilishi mumkin bo’lgan.Davan atamasi tarixiy adabiyotlarda mil.3-asrgacha uchraydi.So’ngra Davan o’rniga "Boxan" va "Polona" (mil. 5-asr) atamalari uchrab muarrixlar ushbu atamalar qad.Davanga moye keladi deb qayd etib o’tganlar.X itoyl iklar Davan deb no mi toharlar (Tax war) bilan bog’liq bo’lgan mamlakatni atashgan degan fikr bor. Mil.avv. 2-asr oxiridagi maTumotlarga ko’ra, Davan aholisi 300 ming kishini tashkil qilgan, Davanliklar ko’zlari kirtaygan, qalin soqolli xalq bo’lib, savdo-sotiq ishlarida mohirliklari bilan nom chiqarishgan. Davanda xotin-qizlar izzat-ikrom qilingan.Davan da yetishtirilgan "osmon tulporlari" — arg’umoqlar Sharqda mashhur bo’lgan.Mil. avv, 104-101 yillarda Xitoy askarlari Davanga ikki bor hujum qilganlar.1-hujum Xitoy askarlarining mag’lubiyati bilan tamom bo’lgan, chunki ular istehkomga aylantirilgan qishloqlarning qarshiligini sindirish uchun ojizlik qilganlar. Xitoyliklar 60 ming kishilik katta qo’shin bilan ikkinchi marta hujum qilib, 101-yilda Ershi shahrini qamal etishgan.
Qang’ davlati, Qanhxa (qad. xitoy manbalarida Kangkiya, zamonaviy o’qilishda Kangjyuy, rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning o’rta havzasida mavjud bo’lgan davlat (mil. av. 3 — mil. 5-asr o’rtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan ataladi.K,Shoniyozov likricha, Qang’ sharqda Farg’ona (Davan, Dayyuan), shim.sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shim.-g’arbda Sarisu, g’arbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh bo’lgan. Xitoy manbalariga ko’ra, Qang’ning jan. hududiga hozirgi O’zbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqo’rg’on va Urganch tumanlari kirgan bo’lib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Qang’ davlatining qishki poytaxt shaharlari Bityan va Sushiye bo’lgan. Mill.avv 3-asrda unga saklar asos solgan.Uning poytaxti Qang’dez bo’lgan.Xitoy manbalarida bu shahar Bityan deb atalgan.Qang’ davlatining asosiy shaharlar Sirdaryo sohillari bo’ylab joylashgan.Mill.avv 2-asr oxirida qudratli davlatga aylandi.Uning hududidan Buyuk Ipak yo’lining shimoliy tarmog’i o’tgan. Uning aholisi qang’arlar deb atalgan.Milodiy 3-asrda Qang’ davlati parchalanib ketdi.

Yüklə 52,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə