1- bilet g‘arbiy Turk va Sharqiy Turk xoqonligini o‘zaro taqqoslang



Yüklə 52,33 Kb.
səhifə4/12
tarix18.05.2023
ölçüsü52,33 Kb.
#110969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
9-sinf Tarix imtihon javoblari 2023

. IV - VI asrlar Yevropa tarixiga xalqlarning buyuk ko’chishi nomi bilan kirgan. Ko’chish natijasida xalqlarning yashash hududlari keskin o’zgarib ketgan. Bunday ko’chishga quyidagi omillar sabab bo’lgan: birinchidan, ko’pgina xalqlarda ishlab chiqaruvchi kuchlar o’sgan.Bu hodisa, ayniqsa, german qabilalarida kuchli bo’lgan. Oqibatda germanlarda yangi-yangi yerlarga talab kuchaygan. Bu talabni o’zgalar yerini egallab olishsiz qondirib bo’lmas edi. O’sha davrlarda G’arbiy Rim imperiyasi holdan toygan edi. Bu hol germanlarga imperiya hududlarini asta-sekin egallab olish, bora-bora butunlay istilo qilish uchun sharoit yaratgan. Ikkinchidan, Sharqda yashovchi qudratli ko’chmanchi xun qabilalarining G’arbga istilochilik yurishi boshlangan. Kuchsiz qabilalar o’zlari yashayotgan joylarni tashlab, boshqa yurtlarga ko’chishga majbur bo’lganlar. Uchinchidan, tabiatdagi iqlim o’zgarishlari ham buyuk ko’chishga sabab bo’lgan. Bu o’zgarishlar ob-havoning keskin sovishi bilan bog’liq edi. Ekin maydonlari tobora ko’proq yaroqsiz holga kela boshlagan. Turli qabilalar yashash uchun iqlimi qulay joylarga ko’chishga majbur bo’lganlar.
Buyuk ko’chish oqibatlari. Buyuk ko’chish davrida german qabilalari G’arbiy Rim imperiyasi hududlarini istilo qildilar. Zulmdan aziyat chekkan qullar va boshqa ezilgan tabaqalar ularga yordam berganlar. Oxir-oqibatda G’arbiy Rim imperiyasi halokatga yuz tutgan. G’arbiy Rim imperiyasining qulashi shunchaki bir davlatning qulashigina emas edi. Bu, ayni paytda, asrlar davomida hukm surib kelgan quldorlik tuzumining Yevropada barham topishi ham edi. Endi Yevropada yangi jamiyat (yuqorida siz nomini bilib olgan) - feodal jamiyati qaror topa boshladi. Bundan tashqari, xalqlarning buyuk ko’chishi oqibatida turli xalqlarning bir-biri bilan aralashuvi yuz berdi. Ularning madaniy qiyofasi ham keskin o’zgardi.
Germanlarning G’arbiy Rim imperiyasi taqdirida tutgan o’rni. Hech qanday moddiy manfaatga asoslanmagan qullar mehnatining samarasizligi G’arbiy Rim imperiyasini tobora zaiflashtirgan. Ayni paytda olib borilgan tinimsiz istilochilik urushlari imperiyani holdan toydirgan. Bora-bora imperiya hatto istilochilik urushlari olib borishga ham qodir bo’lmay qolgan. Endi u o’z chegaralarini o’zgalar hujumidan bazo’r himoya qilishga majbur edi. Imperiyadagi bu ahvol german qabilalarining bostirib kirishiga juda qulay sharoit yaratgan. Bu davrda germanlarda urug’chilik tuzumining so’nggi bosqichi davom etardi. German qabilalari bo’lgan vandallar, gotlar, franklar, angl va sakslarning qudrati tobora ortib borgan. Kuchsizlanib qolgan G’arbiy Rim imperiyasi german qabilalari siquviga bardosh bera olmagan. German qabilalari harbiy kuchlari boshliqlaridan biri Odoakr 476- yilda Rimning so’nggi imperatori go’dak Romul Avgustulni taxtdan tushirdi. Shu tariqa G’arbiy Rim imperiyasi barham topgan. Vandallar sobiq imperiyaga qarashli Shimoliy Afrikani, g’arbiy gotlar (vestgotlar) Ispaniyani, sharqiy gotlar (ostgotlar) Italiyani, franklar Galliyani, angl va sakslar esa Britaniyani egallab oldilar. Shu joylarda o’z davlatlarini barpo etdilar

Yüklə 52,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə