Ўзбкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Tarmoqlararo dinamik balans modeli



Yüklə 313,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix28.08.2023
ölçüsü313,11 Kb.
#121014
1   2   3   4   5
Ўзбкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

 
10.3.Tarmoqlararo dinamik balans modeli 
 
Tarmoqlararo balans (TAB)-
iqtisodiyotdagi asosiy model bo‘lib, unda xalq 
xo‘jaligidagi turli natural va qiymat aloqadorligi ko‘rsatiladi. U sanoat, kapital 
qo‘yilmalar, mexnat resurslari va tarmoqlar bo‘yicha mahsulot xajmining o‘zaro 
boglanganligini xisobga olgan xolda reja davri qator yillari uchun xalq xo‘jaligi 
mahsulotlarining ishlab chiqarilish va taqsimlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash 
imkonini beradi. Yaqin-yaqingacha TAB ikki ko‘rinishda - qiymat va nato‘ral 
shaklda shakllantirilardi. Mamlakat bo‘yicha qiymat ko‘rinishidagi TAB 
nomenklaturasi 120 ta tarmoq nomenklaturasini o‘z ichiga oladi va u barcha moddiy 
ishlab chiqarish soxasini qamrab oladi. Natural ko‘rinishdagi TAB shu bilan birga 
mahsulotlarni 80 % ni tashkil etuvchi asosiy mahsulotlarni qamrab oladi. Ushbu 
balansda 600 ga yaqin zaruriy mahsulot turlari aks ettiriladi. 
Natural - qiymat balansi modeli xalq xo‘jaligining kompleks tavsifini aks 
ettiradi. Moddiy qiymat TAB modeli balanslashtirilgan reja uchun boshlangich 
ma’lumotlar: MD xajmi, tarkibi ko‘rsatkichlari, eksport, import va kapital ta’mirlash 
xajmi ma’lumotlaridir. 
TAB modeli bo‘yicha ikki tipdagi xisob - kitoblar amalga oshiriladi: 
Bunda berilgan yakuniy iste’mol darajasi bo‘yicha mahsulotlarni ishlab chiqarish va 
taqsimlanishining balanslashtirilgan rejasi xisoblab topiladi. 
Aralash xisob – kitoblarni o‘z ichiga oladi. Bunda ba’zi tarmoqlarda ishlab chiqarish 
xajmi to‘grisidaga ma’lumotlar va boshqa tarmoqlarga yaquniy iste’molga berilgan 
mahsulotlar bo‘yicha ishlab chiqarish va taqsimlash balansi tuziladi. 
10.4. Iqtisodiy variatsiyalar 
 
Ikkinchi alomat bo‘yicha modellarni tasniflash, iqtisodiy ko‘rsatkichlar 
variatsiyasi bo‘yicha tasniflashga mos keladi. Quyidagi uch xil iqtisodiy 
variatsiyalar mavjud: 
a) vaqtdagi ayrim ob’ektlar; 
b) makonda ob’ektlar majmui; 
c) vaqt va makonda ob’ektlarning to‘plam ko‘rsatkichlarining umumiy 
variatsiyasi. 
Birinchi xil variatsiyani davrlar oralig‘i izchilligida, iqtisodiy ko‘satkichlar 
fazasida ma’lum ob’ekt holatining o‘zgarishi sifatida tasavvur qilish mumkin. 
Iqtisodiy ko‘rsatkichlardan birinchi modellashtirayotgan vaqtda, makon tekislikka 
aylanadi. Nuqtaning harakat traektoriyasi esa dinamik qatorni tashkil etadi. 
Variatsiyaning ikkinchi turi vaqt oralig‘ida ma’lum vaziyatda belgilangan 
nurli ob’ektlarga, ya’ni fazoda perpendikulyar vaqtdan qo‘llashga mos keladigan 
nuqtalar joylashishiga o‘xshash bo‘ladi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri 
modellashtirilayotgan hollarda - bu taqsimot qatori hisoblanadi. 


Variatsiyaning uchinchi umumiy turi oldingi ikki shaxsiy turlarning 
qo‘shilgan variatsiyasi bo‘lib, diskret tasodifiy jarayon sifatida talqin qilinishi 
mumkin. 
Ko‘rsatkich umumiy variatsiyalarining shakllanishini quyidagi ikki xil usul 
bilan ifodalash mumkin: 
- majmuaga kiradigai ob’ektlar ko‘rsatkichi vaqtli qatorlarning umumiyligi 
sifatida; 
- majmuaga kiradigan ob’ektlar ko‘rsatkichi taqsimot qatorlarining xarakati 
sifatida. 
Korxonalar ko‘rsatkichlarini iqtisodiy modellashtirish jarayonida, odatda, 
dinamik qatorlar qisqa, ob’ektlar soni majmuida vaqtli qatorlar sonidan birmuncha 
ortiq bo‘lganda tavsiflashning ikkinchi turi maqsadga muvofiq xisoblanadi. 
Variatsiyaning yuqorida qayd etilgan turlariga muvofiq ravishda iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarning uchta statistik modellarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: 
Xususiy dinamik model. Ayrim korxonalarning xususiy dinamik modeli 
makonda iqtisodiy ko‘rsatkichlar ma’lum nuqtasi vaqtli harakatini makonda mazkur 
ob’ektning ishlab chiqarish omillari bilan bog‘laydi. Bunday model ko‘pchilik 
xollarda korxona ichki tahlili, normallashtirish va boshqarish uchun qo‘llaniladi. 
Xususiy dinamik model. Xususiy dinamik model iqtisodiy ko‘rsatkichlari 
xususiy fazoviy modeli korxonalar iqtisodiy ko‘rsatkichlarining fazodagi turli 
holatini tushuntiradi. Odatda bu model korxonalar (sexlar) darajasi uchun 
qo‘llaniladi hamda yanada yuqoriroq darajada (vazirlikda) analitik maqsadlar uchun 
foylaniladi. 
3. Umumiy dinamik model. Ob’ektlar majmui iqtisodiy ko‘rsatkichlar 
nazariyasining umumiy dinamik modellari ixtiyoriy o‘zgaruvchan iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarga ishlab chiqarish omillarining ta’sirini baholaydi. Mazkur 
modellardan o‘rganilayotgan ob’ektlar guruhini tahlil va prognoz qilish hamda 
qarorlar qabul qilishda foydalaniladi. 
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘rganishda uch xil masala mavjud. Bu 
masalalarni echishda statistik modellashtirish usullarini muvaffaqiyatli qo‘llash 
mumkin. 

iqtisodiy jarayon tarkibini o‘rganish; 

iqtisodiy hodisalar dinamikasini o‘rganish; 

iqtisodiy hodisalar o‘rtasidagi aloqa va bog‘lanishlarni o‘rganish. 
Iqtisodiy jarayonlar tarkibini o‘rganishda quyidagilarga e’tibor berish 
kerak: 
a) tarkibni baholash va ularning qismlarini o‘zaro taqqoslash; 
b) bir xil turdagi turli tarkiblarni taqqoslash; 
c) amaldagi tarkibni iormallashtirilgan tarkib bilan taksoslash va chetlanish 
sabablarini aniqlash; 
d) mazkur tarkibning eng muvofiq ekanligini baholash; 
e) makon va vaqtning konkret sharoiti uchun eng qulay tarkibni 
loyihalashtirish. 
Hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishni ifoda etuvchi statistik modellarni tuzish 
vaqtida korrelyasion va regression tahlil usuliga katta e’tibor beriladi. Mazkur 


usullar turli statistik mezonlar yordamida o‘rganilayotgan ko‘rsatkichga har bir 
omilning ta’sir darajasini aniqlash va baholash imkonini beradi. Agar tuzilgan model 
real tizimni to‘g‘ri tavsiflasa, bu holda u bir tomondan modellashtirilayotgan ob’ekt 
ko‘rsatkichlar miqdor xarakteristikasini, ular dinamikasining o‘zgarishini aniqlaydi, 
ikkinchi tomondan, jarayonni maqsadga muvofiq boshqarish imkonini beradi. Agar 
o‘rganilayotgan tizimning tavsiflanayotgan holatlar omili guruhidan boshqarish 
omillari ajratilsa, shu omillarga faol tagsir etish jarayonini boshqarish va qo‘yilgan 
maqsadga erishish bo‘yicha asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradi. 
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni modellashtirish masalasi faqat bog‘lanish 
shakllarini va uning intensivligini aniqlash bilan chegaralanmay, balki mana shu 
bog‘lanishlarni vujudga keltiradigan omillarning joylashishini ham taxmin qiladi. 
Bu masalaning echilishi o‘lchab bo‘lmaydigan, ya’ni miqdoriy ifoda etib 
bo‘lmaydigan hamda tarkib korrelyasion matritsalarni o‘rganishga qaratilgan 
omillar ta’sirini baholash bilan bog‘liqdir. Bunda so‘z omillar tahlili, uning ko‘p 
o‘lchovli statistik tahlil yo‘nalishlaridan biri ekanligi ustida bormoqda. Ma’lumki, 
omillar tahlili tufayli umumiy kuzatilmaydigan omillarning mavjud alomatlari 
o‘rtasidagi korrelyasion tushuntirish imkoni vujudga keladi. 
Korrelyasion matritsalar tarkibini tahlil qilishda ikki usul, ya’ni K.Rirson 
tomonidan ishlab chiqilgan bosh komponentalar usuli va Ch.Spirmen tadqiqotlarida 
vujudga kelgan omillar taxlili usuli eng ko‘p tarqalgan usul hisoblanadi. 
Korrelyasion usul yordamida quyidagi imkoniyatlar vujudga keladi: 
a) alomatlar o‘rtasidagi bog‘lanishning analitik shakllarini topish; 
b) bog‘lanish zichligini, ya’ni o‘rganilayotgan omillar variatsiyasi qay 
darajada natijoli alomat variatsiyasi kelib chiqishiga ta’sir etishini aniqlash. 
Korrelyasion tahlil usulini nazariy jihatdan qo‘llash sabablari quyidagilardir: 
a) kuzatish natijalari tasodifiy qiymatlarga ega bo‘lib, normal taqsimot qonuni 
bilan majmuadan tanlab olingan; 
b) ayrim kuzatishlar stoxastik ravishda mustaqil bo‘lsa; 
c) omilli alomat o‘zgarishida shartli dispersiyaning o‘zgarmasligi; 
d) omilning ma’lum qiymatida natijali alomatni matematik qutilishiga 
nisbatan parametrlar chiziqli funksiya ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin. 
Korrelyasion tahlilni to‘g‘ri qo‘llashning muhim shartlaridan biri
beriilayotgan majmuaning bir tekisligidir. 
Korrelyasion taxlilning asosini o‘rtachalash usuli tashkil etib, o‘rtacha qiymat 
faqat majmuaning bir jinsli doirasida ba’zi bir umumiy xususiyatlarni aks ettiradi. 
O‘rganish ob’ekti sifatida majmuaning bir jinsliligi ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
xarakteri, qo‘llanilayotgan asbob-uskunalar turlari, texnologik jarayonning xarakteri 
va boshqalar bilan izoxlanadi. 
Har bir alomat bo‘yicha majmuaning bir jinsliligi variatsiyalar koeffitsienti 
bo‘yicha baholanishi mumkin. Variatsiya koeffitsientlari qiymatini normal 
taqsimlaganda, tengligi 33% bo‘lsa, alomatlarning bir jinsliligi yoki bir jinsli 
emasligi o‘rtasidagi chegara hisoblaiadi. 
Berilgan alomat ma’lumotlari bo‘yicha variatsiya koeffitsienti 33% dan 
oshmasa, majmua bir jiisli bo‘ladi. Variatsiya koeffitsienti 33% dan oshib ketgan 


hollarda, majmuaga korrelyasion tahlilni qo‘llash mumkin bo‘lgan bir jinsli 
qismlarini ajratish lozim. 

Yüklə 313,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə