Ўзбкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 313,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix28.08.2023
ölçüsü313,11 Kb.
#121014
  1   2   3   4   5
Ўзбкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



MAVZU-10. MAKROIQTISODIY PROGNOZLASH MODELLARI 
 
10.1. Iqtisodiy ijtimoiy prognozlash masalalarining mohiyati.
Ijtimoiy va iqtisodiy prognozlashda turli modellardan keng foydalaniladi. 
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’ektlarni matematik modellar yordamida 
kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi. «Model» so‘zi lotincha 
modulus so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi. 
Iqtisodiy model-iqtisodiy ob’ektlarning soddalashtirilgan nuxasidir. Bunda 
modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan ob’ektga aynan mos kelishi 
muhim axamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o‘rganilayotgan ob’ektning 
hamma tomonini aks ettirish mumkin emas. SHunda jarayonning eng xarakterli va 
eng muxim belgilari aks ettiriladi.
Model iqtisodiy prognozlashni, o‘rganilayotgan jarayonni ilmiy anglashning 
muxim vositasi bo‘lib xisoblanadi. Modellashtirish jarayoni, ob’ektni yoki jarayonni 
boshlang‘ich o‘rganish, uning amalga oshadigan xususiyatlari va belgilarini ajratish, 
modelning nazariy va tajribaviy taxlili, modellashtirish natijalarini ob’ekt xaqidagi 
xaqiqiy ma’lumotlar bilan solishtirish, modelni korretirovkalash xamda 
oydinlashtirish kabilar asosida model qo‘rishni tashkil etadi. Iqtisodiy-matematik 
modellar va usullarning iqtisodiy tizimlarga tadbiq etuvchi tarmog‘i, murakkab 
iqtisodiy tizimlarni boshqarish uslublarini nazariya, ya’ni umumkibernetik ishlab 
chiqarish vositalari yordamida o‘rganadi. Bunday vositalarga, avvalo, ishlab 
chiqarish jarayonlarini matematik modellashtirish va o‘zaro iqtisodiy aloqalarni 
modellar yordamida tekshirish, murakkab tizimlarni oddiy tizimlarga keltirib tahlil 
qilish, turli ob’ektlardagi o‘zaro bog‘lovchi axborot aloqalarini o‘rganish hamda 
iqtisodiy tizimlarni rostlash uslublari kiradi. Kuzatilayotgan ob’ektlarni chuqur va 
har tomonlama o‘rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro‘y beradigan 
jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning uchun ob’ektlar hamda ularning 
xossalari kuzatiladi va ular to‘g‘risida dastlabki tushunchalar xosil qilinib, turli xil 
shakldagi modellar yaratiladi. Keng ma’noda model biror ob’ektni yoki ob’ektlar 
sistemasini na’munasidir.
Modelning hayotiyligi uning modellashtiriladigan ob’ektga qanchalik mos 
kelishiga bog‘liq. Bitta modelda ob’ektni hamma tomonini aks ettirish qiyin 
bo‘lganligidan unda ob’ektning eng xarakterli va muhim belgilarigina aks ettiriladi. 
SHuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, ortiqcha soddalashtirilgan model qo‘yilgan 
talablarga yaxshi javob bera olmaydi, o‘ta murakkab model esa masalani echish 
jarayonida qiyinchiliklar tug‘diradi.
Demak, modelning haqiqiyligi to‘plangan ma’lumotlar hajmiga, aniqlik 
darajasiga, tadqiqotchining malakasiga va modellashtirish jarayoniga, aniqlanadigan 
masalaning xarakteriga bog‘liq ekan.

Yüklə 313,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə