Ўзбекистон республикаси



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə9/28
tarix05.06.2018
ölçüsü2,14 Mb.
#47430
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28

1-o‘quv topshiriq

3x4 oranayzerini to‘ldiring

Mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga yordam beradi va “3x4” texnologiyasi orqali talabalarni mavzu yuzasidan tushuncha, tasavvurlari aniqlanadi.

Tem perament –bu .......


5-ilova


Temperamentning fiziologik asoslari

Qadimgi yunon olimi Gippokrat ta’limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan o‘zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana a’zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga bog‘liq ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokrat ta’biricha, inson tanasida to‘rt xil suyuqlik (xilt) mavjud bo‘lib, ular o‘t yoki safro (yunoncha “chole”), qon (lotincha sanguis yoki sanguinis), qora o‘t (yunoncha melas “qora”, chole “o‘t”), balg‘am (yunoncha “phlegma”) kabilardan iboratdir. Uning mulohazasicha:

O‘tning xususiyati – quruqlikdir, uning vazifasi-tana a’zolarida quruqlikni saqlab turish yoki badanni quruq tutishdir.

Qonning xususiyati-issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir.

Qora o‘tning xususiyati-namlikdir, uning vazifasi badan namligini saqlab turishdir.

Balg‘amning (shilimshiq moddaning) xususiyati-sovuqlikdir, uning vazifasi badanni sovutib turishdan iboratdir.

Gippokrat ta’limotiga muvofiq har bir insonda shu to‘rt xil suyuqlik mavjud bo‘lib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi. Mazkur aralashma (lotincha temperamentum)lardan qaysi biri salmoqliroq bo‘lsa, shunga qarab insonlar temperament jihatdan farqlanadilar, chunonchi xolerikda sariq o‘t, sangvinikda qon, flegmatikda balg‘am, melanxolikda qora o‘t ustun bo‘lishi ta’kidlanadi.

Yirik rus psixologlaridan biri B.M. Teplov (1896 - 1965) va uning shogirdlari, maslakdoshlari I.P.Pavlovning tadqiqotlarini davom ettirib, inson nerv jarayonlari xususiyatlarining o‘ziga xos tomonlarini ochishga muvaffaq bo‘ldilar. Ular nerv-fiziologik jarayonlarning nozik qirralarini o‘rganishga maxsus moslamalar yordami bilan o‘zgarishlarni qayd qilish hamda olingan natijalarni (omillarni) matematik statistika metodlari orqali hisoblashni tatbiq etdilar. SHuningdek, B.M. Teplov ilmiy maktabining namoyondalari tomonidan ijobiy va tormozlovchi shartli reflekslarning hosil bo‘lish tezligini tavsiflovchi individual xususiyatlar turkumi ham ta’riflab berilgandir. Ushbu individual xususiyatlar mohiyatida ifodalanuvchi nerv sistemasining notanish xususiyati dinamiklik deb nomlangan ham tavsiflangan. Bundan tashqari, ular shartli reflektor faoliyatining bir guruh individual xususiyatlari qo‘zg‘alish jarayoni to‘xtalishining tezligi mahsuli sifatida taxmin qilingan xususiyatni (yangi xislatni) labillik deb atay boshlaganlar. SHuning bilan birga nerv sistemasining boshqa xususiyatlari mavjudligi to‘g‘risida ilmiy taxminlar ilgari surilgan, chunonchi: senzitivlik, reaktivlik va hokazo.


6-ilova


1-o‘quv topshiriq

Muammo” organayzerini to‘ldiring




Temperamentning fiziologik asoslariga doir muammoli masalalarni echimini topishga yordam beradi va “Muammo” usuli orqali muammo hal qilinadi.




Muammoning turi

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni echish yo‘llari va sizning harakatingiz

Temperamentning kelib chiqishi inson organizmidagi suyuqlik bilan belgilanadi. Buni qanday tushunish kerak?







7-ilova
«Qanday?» diagrammasi





«Qanday?» diagrammasini qurish qoidalari



«Qanday?» diagrammasi

8-ilova



Temperament tiplarining tavsifnomasi


Turli temperament tipiga mansub insonlarda har xil xarakter xususiyatlari, shaxs sifatlari, holatlari ro‘y beradi.

Sangvinik yuksak reaktivlik. Bo‘lar-bo‘lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo‘lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo‘r qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Imo-ishoralari va harakatlari yaqqol ko‘rinib turadi. Uning aft-basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo‘lgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to‘playdi.

Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va yorug‘lik qo‘zg‘ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda g‘ayratli va ishchan, darslarda tez-tez qo‘l ko‘tarib turadi, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga g‘ayrat bilan kirishadi. Faolligi va reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga chaqirish oson. U o‘z hissiyotlarining namoyon bo‘lishini va o‘zining ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi, diqqatini tez to‘playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir. Harakatlari nihoyat darajada silliqlik xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda o‘zgaruvchan. U yangi kishilar bilan tez kirishib ketadi. YAngi talablar, yangi sharoitga osonlik bilan o‘rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko‘cha oladi. Malakalarni tez o‘zlashtiradi va tez qayta o‘zgartiradi. Aqli ixcham. Ekstrovertlik xususiyatiga ega. O‘tgan va kelajak hayot haqida tasavvurlariga qaraganda quyiroq tashqi taassurotlarga javob beradi.

Xolerik xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. SHuning uchun u tinimsiz o‘zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va qo‘proq qotib qolgan. SHuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta barqarorlik, zo‘r qatiylik bor, diqqatini ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga etkazadi, ammo unga qiziqsa.

Flegmatik – senzitivligi sust, hissiy qo‘zgaluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. G‘ayrati ishchanligi bilan ajralib turadi. YUksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. CHidamliligi, matonati, o‘zini tuta bilish bilan ajralib turadi. Harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to‘playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko‘chiradi. YAngi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. YAngi odamlarga qiyinchilik bilan qo‘shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi.

Melanxolik – yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko‘ra, ko‘zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O‘ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, qo‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urib qo‘ya qoladi. G‘ayratsiz qatiy emas. Diqqati tez chalg‘iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega.



10-ilova

1-o‘quv topshiriq

FSMU texnologiyasi

Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.

F-fikringizni bayon eting

S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating

M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring

U- fikringizni umumlashtiring


1-guruh

Savol

Sangvinik temperament tipiga mansub insonlar faol va harakatchandir

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring




2-guruh

Savol

Flegmatik temperament tipiga mansub insonlar passiv va sustdir

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring




11-ilova



Jonlantirish uchun savollar:

Temperament tushunchasining mohiyatini asoslang?

Oliy nerv faoliyati tipi va temperament o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsating?

Temperament xususiyatlariga ta’rif bering?

Temperament tiplarining mohiyatini izohlang?

Faoliyatning indvidual uslubi va temperament o‘rtasidagi munosabatni aniqlang?

Temperament borasidagi psixologik nazariyalarning mohiyatini asoslang?




14.1.Ta’lim berish texnologiyasining modeli

Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 s

Talabalar soni – 50 ta

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Ma’lumotli ma’ruza

O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi

1. Xarakter tipologiyasi va aktenuatsiyasi.

2. Xarakterni shakllanishi.

3. Xarakterni kasbiy sifatlari.

4. Kasbiy sifatlarni shakllanish bosqichlari.

5.Mavzuni yakunlash.


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi

Talabalarda bilish faoliyati diagnostikasi

to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish



Pedagogik vazifalar:

  1. Xarakter tipologiyasi va aktenuatsiyasi haqida ma’lumot berish.

  2. Xarakterni shakllanishi. bilan tanishtirish.

  3. Kasbiy sifatlarni shakllanish bosqichlari.shakllan-tirish.




O‘quv faoliyati natijalari:

  1. Xarakter tipologiyasi va aktenuatsiyasi haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.

  2. Xarakterni kasbiy sifatlari bilan tanishadilar.

  3. Kasbiy sifatlarni shakllanish bosqichlari ko‘nikmasi shakllanadi.




Ta’lim metodi

Ma’ruza, tushuntirish, suhbat, “FSMU” texnologiyasi

Ta’limni tashkil etish shakli

Ma’ruza, ommaviy, guruhli


Didaktik vositalar

Ma’ruza matni, slayd-prezentatsiya


Ta’limni tashkil etish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona


Nazorat

O‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksiya




14.2.“ Xarakter va kasbiy sifatlar” mavzusidagi

ma’ruzaning texnologik kartasi


Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich. O‘quv mashg‘ulotiga kirish (Da’vat bosqichi)

(10 minut)

    1. Mavzuning nomlanishi, maqsad va kutilayotgan natijalarini bayon etadi

    2. Savol-javob orqali mavzu borasidagi talabalar fikrlari, tasavvurlari o‘rganiladi.

O‘z fikrlarini boshqalar bilan o‘rtoqlashishadi.

Tinglashadi, yozib borishadi.




2-bosqich.

Asosiy (Anglash bosqichi)

(50 minut)

2.1. Mavzu bo‘yicha ma’ruza matnini tarqatadi, uning rejasi va asosiy tushunchalari bilan tanishishni taklif etishadi.

2.3. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy nazariy ma’lumotlarni bayon etadi. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat etadi, mavzuning eng asosiy tushunchalarini ajratib ko‘rsatadi, har bir o‘quv biriligi bo‘yicha xulosalar qiladi.



Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etishadi, muhim chizma va jadvallarni o‘z daftarlariga qayd etishadi.

3-bosqich. YAkuniy (Fikrlash bosqichi)

(20 minut)

3.1. Talabalarning odamning psixik holatini baholash borasidagi o‘zlashtirgan bilim-larini tekshirish maqsadida “FSMU”strategiyasidan foydalaniladi (1-ilova).

3.2. Talabalarning javoblarini tinglash orqali talabalarning umumiy tasavvurlari aniqlanadi.

3.3. Aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi.

3.4. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.



“FSMU” strategiyasi orqali vazifani xal qilishga kirishadilar.

O‘z fikrlarini boyitadi va to‘ldiradi.

Topshiriqni yozib olishadi.


1-ilova


14 Mavzu: Xarakter va kasbiy sifatlar

Reja:

1. . Xarakter tipologiyasi va aktenuatsiyasi.

2. Xarakterni shakllanishi.

3. Xarakterni kasbiy sifatlari.

4. Kasbiy sifatlarni shakllanish bosqichlari

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: xarakter haqida tushuncha, xarakterining fiziologik asoslari, I.P.Pavlovning xarakter borasidagi ta’limoti, xarakterning tarkibi tuzilishi, xarakter aksentuatsiyasi haqidagi bilimlarni shakllantirish.

O‘quv faoliyatining natijasi: talabalarga xarakter haqida tushuncha, xarakterining fiziologik asoslari, I.P.Pavlovning xarakter borasidagi ta’limoti, xarakterning tarkibi tuzilishi, xarakter aksentuatsiyasi haqida dastlabki ma’lumotlar zahirasini berish hamda mazkur jihatlar psixologiya sohasining o‘rganish ob’ekti ekanligini asoslab berildi.

2-ilova


Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari



Guruhlar

Savolning to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball

Misollar bilan muammoga echim topishi 0-5 ball

Guruh a’zolarining faolligi 0-5 ball

Jami ball












































































15-13 ball- “a’lo”

12-10 ball- “yaxshi”

15-13 ball- “qoniqarli”
3-ilova

Xarakter haqida tushuncha


Har bir odam har qanday boshqa odamdan o‘zining individual psixologik xususiyati bilan ajralib turadi. Bu jarayonda asosiy e’tibor xarakter muammosiga qaratiladi. “Xarakter” so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib “ tamg‘a, belgi “ degan ma’noni anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat ko‘rsatayotgan har qanday shaxs o‘zining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqa insonlardan ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida ifodasini topadi. SHu boisdan insonning barcha individual xususiyatlarini xarakter xislati tarkibiga kiritib bo‘lmaydi. CHunonchi aqlning topqirligi, xotiraning barqarorligi, ko‘rishning o‘tkirligi kabi individual psixologik xususiyatlar bunga misoldir.

Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilari ta’kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq tushadi. Masalan, shaxs xulqining tipik usullar bilan bog‘liq faoliyat muomala va munosabatda namoyon bo‘luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi xarakter deyiladi. SHaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy belgisi hisoblanadi.

Xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida namoyon bo‘ladigan, shaxsning turli sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual psixologik xususiyatlari yig‘indisi tushuniladi. Xarakter xususiyatlarining namoyon bo‘lishi har bir tipik vaziyat, hissiy kechinmalarning individual o‘ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog‘liq. Xarakterning intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish mumkin. Xarakter deganda shaxsda muhit va tarbiya ta’sirida tarkib topgan va uning irodaviy faoliyatida, atrofdagi olamga o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan individual xususiyatlarni tushunamiz. Xarakterning juda ko‘p xususiyatlari odamning ish harakatlarini belgilovchi chuqur va faol moyillik hisoblanadi. Mana shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik kuchi namoyon bo‘ladi. Odam xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli ko‘pincha ob’ektiv sharoitlarga zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo‘llaydi. Xarakter xislatlari ma’lum tarzda harakat qismlariga, ba’zan esa sharoitga qarama-qarshi harakat qilishga undar ekan, ular hayotiy qiyin daqiqalarda yaxshiroq namoyon bo‘ladilar va bu xarakterni, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashning muhim vazifasidir. SHaxsning qa’tiyatlilik, tanqidiylik, fahm- farosat, kuzatuvchanlik kabi xislatlari intellektual, quvnoqlik, mehribonlik hissiy-irodaviy sifatlarga kiradi. Odatda shaxsning munosabatlari xarakter xislatlarining individual xususiyatlarini ikki xilini aniqlash imkoniyatiga ega:

SHaxs xarakterining xususiyati ro‘yobga chiqadigan har qanday vaziyat hissiy kechinmalarning o‘ziga xos xislati uning munosabatlariga bog‘liq.

Har qanday favquloddagi tipik (muhitdagi) xarakterning sifatlari hamda individual usullari shaxsning munosabatlariga taalluqlidir.
SHaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari insonning irodasi, hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlarning individual xususiyatlariga bog‘liqdir. CHunonchi, mehnatda ko‘zga tashlanadigan tirishqoqlik, puxtalik mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni aks ettirishga emas, balki boshqa omillarga:

diqqatning to‘planishiga;

harakatlarning maqsadga yo‘nalganligiga;

irodaviy zo‘r berishga;

usullar mahsuldorligiga;

aqlning ishtirokiga bog‘liq



4-ilova


1-o‘quv topshiriq

3x4 oranayzerini to‘ldiring

Mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga yordam beradi va “3x4” texnologiyasi orqali talabalarni mavzu yuzasidan tushuncha, tasavvurlari aniqlanadi.




Xarakter –bu .......

5-ilova


Xarakterning fiziologik asoslari

Xarakterning psixologik va fiziologik sabablari haqida faqat taxminiy fikrlar, xulosalar mavjud. Kishi temperamenti uning xarakteri tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi asab tizimining tipidan iborat.

Xarakter xislatlari shaxsning qiyin hosil qilinadigan va mustahkamlanib qoladigan xususiyatlari bo‘lganligi tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham individual hayot jarayonida asab tizimining o‘zgargan xususiyatlaridan iborat. Hayvon asab faoliyatining tug‘ma konstitutsion turi genotip. Lekin hayvon tug‘ilganidan keyin tashqi sharoitlarning g‘oyat xilma-xil taassurotlariga duch keladi va bunga muayyan faoliyat orqali muqarrar javob berishi lozim bo‘ladiki, ko‘pincha bu faoliyatlar mustahkamlanib, butun hayoti davomida saqlanib qoladi. SHu sababli hayvonning batamom tarkib topgan asab faoliyati tipga oid belgilardan tashqari muhit ta’siri ostida hosil bo‘lgan o‘zgarishlarning qotishmasi-fenotip xarakteridir. Dinamik stereotip shaxsdagi mustahkam odat bo‘lib qolgan xususiyatlarning, jumladan, xarakter xislatlarining ham nerv-fiziologik asosidir. Xarakterning nerv-fiziologik asosini tushunish uchun I.P.Pavlovning ikkinchi signal tizimi haqidagi ta’limoti katta ahamiyatga egadir. Ikkinchi signal tizimi nutq va tafakkurning fiziologik asosi bo‘lish bilan birga, kishi hulqini ham idora qiladi. Xarakterning fiziologik asosi xarakterning mazmunini tashkil qiladigan sifatlari, chunonchi, ijtimoiy maslak, mardlik, o‘z burchiga sadoqatli bo‘lishlarini o‘z ichiga olmaydi va ololmaydi ham, albatta xarakter psixologiyasining mazmuni o‘zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy hodisadir. Xarakterning mazmunini tashkil qilgan tomonlarini yoritilishi tufayli, psixologiya ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi.



6-ilova



1-o‘quv topshiriq

Tushunchalar tahlili ” organayzerini to‘ldiring



Muhim muammoning echimini topishga yordam beradi va “Tushunchalar tahlili” usuli orqali muammo hal qilinadi.

1-guruh

Tushunchalar

Mazmuni

Mehnatsevarlik




YAxshilik




Talabchanlik




Kamtarlik




2-guruh

Tushunchalar

Mazmuni

Manmanlik




Mas’uliyatsiz




O‘ziga nisbatan yuqori baho berish




Mag‘rurlik



7-ilova



Xarakterning aksentuatsiya

Xarakterning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi marraga etib va normaning eng oxirgi chegarasiga borib qolganda xarakterning aksentuatsiyasi (ortiqcha urg‘u berilishi) deb ataladi. Xarakterga ortiqcha urg‘u berilishi ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi natijasi sifatida normaning oxirgi variantlaridan biri sanaladi. Bunda individda boshqalariga nisbatan barqarorlik bo‘lgani holda bir xil stressogen (qattiq hayajonlanuvchi) omillarga zaiflik ortishi kuzatiladi. Xarakterning aksentuatsiyasi o‘ta noqulay vaziyatlarda patologik buzilishlarga va shaxs hulq-atvorining o‘zgarishlariga, psixopatiyaga olib borishi (xarakter shaxsning adekvat ijtimoiy adaptatsiyaga to‘sqinlik qiluvchi va amalda takrorlanmaydigan patologiyasi, garchi to‘g‘ri davolash sharoitlarida ba’zi tuzatishlarga berilsa ham) mumkin, lekin uni patologiyaga oid deb hisoblash noo‘rindir.

Xarakterning aksentuatsiyasi (ortiqcha urg‘u berilishi) turlarini tasniflash ancha murakkablik tug‘diradi va har xil nomenklaturasi bo‘yicha bir-biriga mos kelmaydi. (K.Leongard, A.Lichko). Lekin aksentuatsiyalashgan xususiyatlarning tavsifi ma’lum darajada bir xil bo‘lib qoladi. Bu har ikkala tasnif sxemalaridan muvaffaqiyatli terminlarni olib va bunda psixiatrik terminologiya («shizofreniya xususiyatlari», «epilepsiya» xususiyatlari va hokazo) bilan to‘g‘ridan- to‘g‘ri o‘xshashlik bo‘lishidan qochgan holda ortiqcha urg‘u beriladigan xususiyatlar ro‘yxatini keltirish imkoniyatini beradi. Xarakterni ortiqcha urg‘u berilgan holda baholash psixiatrning emas, balki pedagogning diqqatini jalb qilishini taqozo etadi, garchi aksentuatsiya muammosining o‘rtacha qo‘yilishi tarixi psixiatriya va psixonevrologiyaga borib taqalganda ham shunday hisoblanadi.

Nemis psixiatri K.Leongard fikricha, 20-50% kishilarda ba’zi xarakter xususiyatlari shu darajada kuchliki, ba’zan bir xil tipdagi ziddiyat va hissiy portlashlarga olib kelishi mumkin.

Xarakter aksentuatsiyasi – biror xususiyatning boshqalari zarariga kuchli rivojlanishi va atrofdagilar bilan munosabatlarning yomonlashuviga olib kelishidir. Xarakter aksentuatsiyasi turli darajada engil va hatto psixopatiya darajasigacha bo‘lishi mumkin. O‘smirlar orasida xarakter aksentuatsiyasi ko‘p (50-80%) uchraydi.

K.Leongard tomonidan xarakter aksentuatsiyasi muammosi o‘rganilib uni shaxsda namoyon bo‘lishiga qarab quyidagilar tasniflanadi:



Gipertim tip – haddan tashkari aloqaga kirishuvchan, ko‘p gapiradi, imo-ishora, mimikaga boy, suhbat mavzusini burib yuborishga moyil, ko‘pincha xizmatga doir va ommaviy majburiyatlarni unutib qo‘yganligi sababli ziddiyatlar kelib chiqadi.

Distim tip – kamgap, muloqotga kirishishga qiynaladi, pessimist, ziddiyatlardan o‘zini olib qochadi, uyda yolg‘iz qolishni yoqtiradi.

Sikloid tip – kayfiyati tez o‘zgarishga moyil, kayfiyati yaxshi paytda – gipertim, yomon paytda distim tipga o‘xshab qoladi.

Qo‘zg‘aluvchan tip – muloqotda passiv, verbal va noverbal reaksiyalari sust, qaysar, ba’zan urushqoq, ko‘pincha turli mojarolarning tashabbuskori.

Kuchaytiruvchi tip – kamgap, aql o‘rgatishni yoqtiradi, yuqori natijalarga erishishni hohlaydi, tez xafa bo‘ladi, shubhalanuvchan, qasoskor. Kichik-kichik muammolarni kattalashtirishga, bo‘rtirishga moyil.

Pedant tip – ziddiyatlarga kam qo‘shiladi, ko‘pincha passiv holatda bo‘ladi, atrofdagilarga ko‘plab rasmiy talablar qo‘yadi, tartibli, jiddiy ishonchli xodim.

Xavotirli tip – kamgap, odamovi, o‘ziga ishonmaydi, ziddiyatlardan o‘zini olib qochadi, tinchliksevar, o‘z-o‘zini tanqid qiladi. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi.

Emotiv tip – tor doiradagi kishilar bilan muloqotga kirishishni yoqtiradilar, xafa bo‘lsa tashqaridan sezdirmaslikka harakat qiladi, mehribon, g‘amxo‘r, ma’suliyatni his qiladi. Boshqalarning yutuqlaridan quvonadi.

Namoyishkorona (demonstrativ) tip – muloqotga tez kirishadi, etakchilikka intiladi, hokimiyat va maqtovni yoqtiradi, boshqalarni o‘ziga jalb qila oladi, noyob tafakkurga, xulq- atvorga ega.

Ekzaltirlashgan tip. O‘ta mulokotga kirishuvchan, ko‘p gapiradi, qiziquvchan, do‘stlari va yaqinlarga e’tiborli, boshqalarga yordam beradi, did-farosatli, samimiy.

Ekstrovertlashgan tip – muloqotga kirishuvchan, do‘stlari ko‘p, ziddiyatlardan o‘zini olib qochadi, boshqalarni diqqat bilan eshitish mumkin. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi.

Introvertlashgan tip – muloqotga kirishishga qiynaladi, «ichimdagini top», falsafiy fikr yuritishni yoqtiradi, qat’iyatli, e’tiqodi mustahkam, qaysar, tafakkuri qotib qolgan.

To‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonida xarakter aksentuatsiyasini tarbiyalash va tuzatish mumkin.




9-ilova



1-o‘quv topshiriq FSMU texnologiyasi

Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.

F-fikringizni bayon eting

S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating

M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring

U- fikringizni umumlashtiring


1-guruh

Savol

Xarakter aksentuatsiyasi shaxs kamolotiga ta’sir qiladimi?

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring




2-guruh

Savol

Xarakter aksentuatsiyasi shaxs faoliyatida namoyon bo‘ladimi?

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring




10-ilova




Jonlantirish uchun savollar:

Xarakter tushunchasining mazmunini izohlang?

Xarakterning fiziologik asoslarini nima tashkil qiladi?

Xarakter tipologiyasining mazmuni nimalarda ko‘rinadi?

Xarakter aksentuatsiyasining mazmunini asoslang?

Xarakter tarkibini nimalar tashkil qiladi?

Xarakterning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni ko‘rsating?




Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi

1.Ma’ruza matnini o‘qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing:

V-bilaman

+ – men uchun yangi ma’lumot

– – men bilgan ma’lumotni inkor qiladi

? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo‘shimcha ma’lumot

2.Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.




Mavzu savollari

V



+














































































14.1.Ta’lim berish texnologiyasining modeli


Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 s

Talabalar soni – 50 ta

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Ma’lumotli ma’ruza

O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi

1.SHaxsning kasbiy o‘zligini anglash.

2.SHaxsni o‘z-o‘ziga baho berish va kasbiy o‘zlikni anglash.

3.Kasbiy kamolotdagi shaxsning kasbiy motivlari. Kasbiy o‘zlikni anglashdagi ziddiyatlar.

4.Mavzuni yakunlash.



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi

Talabalarda bilish faoliyati diagnostikasi

to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish



Pedagogik vazifalar:

  1. SHaxsning kasbiy o‘zligini anglash haqida ma’lumot berish.

  2. SHaxsni o‘z-o‘ziga baho berish va kasbiy o‘zlikni anglash bilan tanishtirish.

  3. Kasbiy kamolotdagi shaxsning kasbiy motivlari. Kasbiy o‘zlikni anglashdagi ziddiyatlar shakllantirish.




O‘quv faoliyati natijalari:

  1. SHaxsning kasbiy o‘zligini anglash haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.




  1. SHaxsni o‘z-o‘ziga baho berish va kasbiy o‘zlikni anglash bilan tanishadilar.




  1. Kasbiy kamolotdagi shaxsning kasbiy motivlari. Kasbiy o‘zlikni anglashdagi ziddiyatlar shakllanadi.




Ta’lim metodi

Ma’ruza, tushuntirish, suhbat, “Pog‘ona” grafik organayzeri


Ta’limni tashkil etish shakli

Ma’ruza, ommaviy, guruhli


Didaktik vositalar

Ma’ruza matni, slayd-prezentatsiya


Ta’limni tashkil etish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona


Nazorat

O‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksiya


15.2. “SHaxsning kasbiy kamoloti” mavzusidagi

ma’ruzaning texnologik kartasi


Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich. O‘quv mashg‘ulotiga kirish (Da’vat bosqichi)

(10 minut)

    1. Mavzuning nomlanishi, maqsad va kutilayotgan natijalarini bayon etadi

    2. Savol-javob orqali mavzu borasidagi talabalar fikrlari, tasavvurlari o‘rganiladi.

O‘z fikrlarini boshqalar bilan o‘rtoqlashishadi.

Tinglashadi, yozib borishadi.




2-bosqich.

Asosiy (Anglash bosqichi)

(50 minut)

2.1. Mavzu bo‘yicha ma’ruza matnini tarqatadi, uning rejasi va asosiy tushunchalari bilan tanishishni taklif etishadi.

2.3. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy nazariy ma’lumotlarni bayon etadi. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat etadi, mavzuning eng asosiy tushunchalarini ajratib ko‘rsatadi, har bir o‘quv biriligi bo‘yicha xulosalar qiladi.



Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etishadi, muhim chizma va jadvallarni o‘z daftarlariga qayd etishadi.

3-bosqich. YAkuniy (Fikrlash bosqichi)

(20 minut)

3.1. Talabalarning kasbiy faoliyatning muvaffaqiyati bora-sidagi o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirish maqsadida “Pog‘ona” strategiyasidan foydalaniladi (1-ilova).

3.2. Talabalarning javoblarini tinglash orqali talabalarning umumiy tasavvurlari aniqlanadi.

3.3. Aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi.

3.4. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.



“Pog‘ona” strategiyasi orqali vazifani xal qilishga kirishadilar.
O‘z fikrlarini boyitadi va to‘ldiradi.
Topshiriqni yozib olishadi.

1-ilova




15 Mavzu: SHaxsning kasbiy kamoloti

Reja:

1.SHaxsning kasbiy o‘zligini anglash.

2.SHaxsni o‘z-o‘ziga baho berish va kasbiy o‘zlikni anglash.

3.Kasbiy kamolotdagi shaxsning kasbiy motivlari. Kasbiy o‘zlikni anglashdagi ziddiyatlar.



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: SHaxs, individ, individuallik, shaxs borasi dagi psixologik nazariyalar, shaxsning faolligining manbalari, shaxsning malaka va odatlari haqidagi bilimlarni shakllantirish.

O‘quv faoliyatining natijasi: SHaxs, individ, individuallik, shaxs borasi dagi psixologik nazariyalar, shaxsning faolligining manbalari, shaxsning malaka va odatlari haqida dastlabki ma’lumotlar zahirasini berish hamda mazkur jihatlar psixologiya sohasining o‘rganish ob’ekti ekanligini asoslab berildi.


2-ilova


Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari


Guruhlar

Savolning to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball

Misollar bilan muammoga echim topishi 0-5 ball

Guruh a’zolarining faolligi 0-5 ball

Jami ball










































































































15-13 ball- “a’lo”

12-10 ball- “yaxshi”

15-13 ball- “qoniqarli”

3-ilova


SHaxsning kasbiy o‘zligini anglash.

SHaxs tushunchasi keng va ko‘p qirralidir. Mehnat qila olish ko‘nikmasining mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan kishi asta – sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni, jamiyatni va xususan o‘zini o‘rganish va faol tarzda qayta o‘zgartirish jarayonining sub’ektga aylanmoqda. SHu o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi, ya’ni shaxs, individ, individuallik tushunchasining o‘zaro bog‘liqlik jihatlari mavjudmi? Buning uchun mazkur tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Keltirilgan ta’riflardan shuni xulosa qilish mumkinki shaxs deb muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug‘ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi.

Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta’sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql-hushining rivojlanishi uchun imkoniyat tug‘diradi, qo‘llarining shakli shamoyili mehnat qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjud-ligini ko‘rsatadi. YUqorida aytilganlarning barchasida chaqaloqning inson zotiga mansubligini ta’kidlanadi va bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi. SHaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri – bu uning individualligidir.

Individuallik deganda insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik kishining o‘ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig‘indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Individuallik individning boshqalardan farqlaydigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o‘ziga xosligi hamda uning qaytarilmasligidir. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‘zida mujassamlashtirgan odam yo‘q, inson shaxsi o‘z individualligi jihatidan betakrordir.


4-ilova


1-o‘quv topshiriq

3x4 oranayzerini to‘ldiring

Mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga yordam beradi va “3x4” texnologiyasi orqali talabalarni mavzu yuzasidan tushuncha, tasavvurlari aniqlanadi.




SHaxs –bu .......



5-ilova


Jahon psixologiyasida shaxs nazariyalari


Jahon psixologiya fanida shaxsning kamoloti uning rivojlanishi to‘g‘risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo‘lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o‘rganishda turlicha pozitsiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o‘ziga xos yondashuvga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sosiogenetik, psixogenetik, kognitiv, psixoanalitik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin.Biogenetik nazariyaning negizida etilish bosh omil sifatida qabul qilingan bo‘lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyotini ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan o‘zaro aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh omili biologik determinantlarga (aniqlov-chilarga) qaratiladi va ularning mohiyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar keltirib chiqariladi. Taraqqiyot jarayonining o‘zi biologik etilishning universal bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonunni F.Myuller va Gekkellar kashf qilishgan, biogenetik qonuniyat fanning taraqqiyoti nazariyani tashkil qilganda hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o‘ynagan. Biroq fanning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, biologik qonunga ko‘ra shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyatni tarixiy taraqqiyoti-ning (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g‘oya edi. Biologik nazariyaga qarama-qarshi bo‘lgan nazariya sosiogenetik nazariya hisoblanadi. Sosiogenetik yondashuvga binoan shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlar jamiyatning tuzilishi ijtimoiylashish usullari va uni qurshab turgan odamlar bilan o‘zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko‘ra inson biologik tur sifatida tug‘ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi. G‘arbiy Evropaning eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri bu rollar nazariyasidir. Ushbu nazariyaning mohiyatiga binoan jamiyat o‘zining har bir a’zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo‘lgan maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatlarida o‘zgalar bilan munosabat muloqot o‘rnatishda sezilarli iz qoldiradi. Psixologiyaning irrasional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo‘lishi emosiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyondalaridan biri amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o‘ziga xos betakror xususiyatga egaligini ta’kidlaydi.


6-ilova

.

Pog‘ona” tuzilmaviy-mantiqiy chizmasini



qurish qoidalari

“Pog‘ona” grafik organayzeri chizmasi



7-ilova


1-o‘quv topshiriq

Muammo” organayzerini to‘ldiring




SHaxs borasidagi psixologik nazariyalarga doir muammoli masalalarni echimini topishga yordam beradi va “Muammo” usuli orqali muammo hal qilinadi.




Muammoning turi

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni echish yo‘llari va sizning harakatingiz

Biogenetik va sotsiogenetik nazariyalarda shaxs muammosining talqini nimalardan iborat?





8-ilova


SHaxsni o‘z-o‘ziga baho berish va kasbiy o‘zlikni anglash.


SHaxs o‘zining faoliyati tufayli tevarak-atrofdagi olam bilan faol munosabatda bo‘ladi. SHaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga ko‘rsatadigan ta’siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar ham o‘zaro munosabatda bo‘ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashibgina qolmasdan, uni o‘zgartirishga ham qodirlar. SHaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon bo‘ladi. XX asr boshlarida avstriyalik psixolog Z.Freyd shaxs faolligini quyidagicha tushuntiradi. Odam o‘zining avlodlaridan nasliy yo‘l bilan o‘tgan instinktiv mayllarining namoyon bo‘lishi tufayli faoldir, instinktiv mayllar asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo‘ladi Z.Freyd shaxsning faolligini jinsiy mayllar bilan bog‘laydi. SHaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi to‘g‘ri hal qilib beradi. Inson shaxsiy faolligining asosiy manbai uning ehtiyojlar, deb tushuntiradi. Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon bo‘ladi. Qiziqish shaxsning muhim psixologik jabhalaridan biri hisoblanib, unda insonning individual xususiyati bevosita mujassamlashadi. Qiziqish – insonlarning dunyoqarashi, e’tiqodlari, ideallari, ya’ni uning oliy maqsadlari, orzu niyatlari, orzu umidlari bilan bevosita muhim rol o‘ynaydi hamda ularning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar ehtiyojlar inson shaxsi faolligining mohiyatini tashkil etsa motivlar bu mohiyatning namoyon bo‘lishidan iboratdir. SHaxsning ehtiyojlari motivlar bilan bog‘liqdir. SHuning uchun motivlar bir-biridan ehtiyoj turlariga qarab farqlanadi. Masalan, moddiy ehtiyojning qondirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan motivlar yoki ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan motivlar bo‘lishi mumkin. Motivlar anglanilgan va anglanilmagan bo‘lishi mumkin. Anglanilmagan motivda odam nimanidir istaydi, ammo o‘sha narsa nimaligini tasavvur qila olmaydi. Demak, motivlar inson shaxsi hulq-atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi sababdir. Xatti-harakatlarning muhim motivi e’tiqoddir. E’tiqod – shaxsning o‘z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaklar ham xatti-harakat motivlari bo‘lib, bu motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bo‘lmagan yashash va taraqqiy etish sharoitlarida ehtiyojlar o‘z ifodasini topadi. Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar borasida eng ko‘p o‘rganilgan masala ko‘rsatma berishdir. Bu masala gruzin psixologi D.N.Uznadze va uning xodimlari tomonidan ishlangan. Ko‘rsatma berish deganda bilish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlarni ma’lum usulda qondirishga tayyor turish tushuniladi. Talabalar o‘qituvchilar beradigan topshiriqlarni bajarishga doim tayyor turadilar.


8-ilova
1-o‘quv topshiriq

Tushunchalar tahlili ” organayzerini to‘ldiring

1-guruh


Muhim muammoning echimini topishga yordam beradi va “Tushunchalar tahlili” usuli orqali muammo hal qilinadi.




Tushunchalar

Mazmuni

SHaxs faolligi




Ehtiyoj




Qiziqish




E’tiqod




2-guruh

Tushunchalar

Mazmuni

Tabiiy ehtiyoj




Dunyoqarash




Barqaror qiziqish




Ko‘rsatma berish




9-ilova


SHaxsning malaka va odatlari


Har bir odam bilim bilan birga malaka va odatlarni egallaydi. Malakalar bir necha xil bo‘ladi (yozish, o‘qish, yurish, musiqa chalish, sport va hokazo). Maqsadni ko‘zlab biror nima bajarish malakaga bog‘liqdir. Malaka – deb avval ongli bajarilib, keyinchalik avtomatlashgan xatti-harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani qayta-qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb egallash murakkab malaka, mix qoqish, o‘tin arralash-sodda malaka hisoblanadi. Malakalarni mashq qilish natijasida egallanadi. SHaxsda malakadan tashqari odatlar ham bo‘ladi. Odat kishi qalbiga o‘rnashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlardir. Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar. Odatlar ijobiy va salbiy bo‘ladi. Salbiy odatlarga yolg‘on gapirish, ichish, chekish kabilar kiradi. Malaka va odatlarning nerv-fiziologik asoslarini shartli refleksning hosil bo‘lish mexanizmi tashkil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik stereotip tarzidagi, ya’ni takrorlash natijasida mustahkamlangan shartli reflekslar majmuasidan iborat. Masalan, bola bolalar bog‘chasiga o‘rganguncha qiynaladi, chunki undagi sharoitga ularda dinamik stereotip hosil bo‘ladi. YAngi hosil qilinadigan malakalar ilgari hosil qilingan malakalarga bog‘liq bo‘ladi. Ilgarigi malakalar yangisiga ijobiy ta’sir qilsa, malakalarning kuchayishi kuzatiladi. Masalan, chet tillaridan birortasini o‘rgangan odam boshqa bir chet tilini o‘rganishda qiynalmaydi. Agar ilgarigi malaka yangisini hosil qilishga salbiy ta’sir qilsa malakalar interferensiyasi deyiladi. Masalan, bir sohada ishlagan odam butunlay boshqa sohaga o‘tsa qiynaladi. SHaxs shug‘ullanayotgan ishi bilan uzoq vaqt shug‘ullanmasa malakalar so‘nishi hodisasi kuzatiladi. Bu malakalarning diavtomatizasiyasi deyiladi. Malakalarning hosil bo‘lish negizi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bog‘liq, masalan tilga 4-5 yoshda tez o‘rganiladi. Hunar egallash 12-13 yoshda tez o‘rganiladi. Malakalarning mustahkamligi qiziqishlarga, shaxsning individual xususiyatlariga bog‘liq, asab tizimiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanxoliklarda sekin hosil bo‘ladi.


10-ilova



1-o‘quv topshiriq

FSMU texnologiyasi

Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.

F-fikringizni bayon eting

S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating

M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring

U- fikringizni umumlashtiring


1-guruh

Savol

Malaka va uning inson hayotidagi o‘rnini qanday baholaysiz?

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring




2-guruh

Savol

Inson odatlar uning ijobiy va salbiy tomonlarini nimada deb o‘ylaysiz?

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring



11-ilova




Jonlantirish uchun savollar:

SHaxs tushunchaning mohiyatini izohlang?

Individ, shaxs, individuallik tushunchalarining mazmunini asoslang?

SHaxs faolligi tushunchalarining mohiyatiga nimalardan iborat?

SHaxs shakllanishiga tasir etuvchi omillarni aniqlang?

SHaxsning malaka va odatlarining mazmuni nima bilan belgilanadi?

SHaxsning psixologik tuzilish modellari tahlilini ko‘rsating?

12-ilova


Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi

1.Ma’ruza matnini o‘qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing:

V-bilaman

+ – men uchun yangi ma’lumot

– – men bilgan ma’lumotni inkor qiladi

? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo‘shimcha ma’lumot



2.Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.



Mavzu savollari

V



+

?















































































































AMALIY MASHG‘ULOTLARINING TA’LIM

TEXNOLOGIYASI



1.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli


Mashg‘ulot vaqti-2 soat

Talabalar soni: 25 – 30 gacha

Mashg‘ulot shakli

Mavzu bo‘yicha bilimlarni kengaytirish va mustahkam-lash yuzasidan seminar



Amaliy mashg‘ulot rejasi

1.Kasbiy psixologiyaning predmeti, maqsadi va vazifalari, kasbiy psixologiyaning amaliy asoslari.
2.Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi.
3.Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Kasbiy psixologiya fanining predmeti bo‘yicha olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash; ta’lim tarbiya jarayonni tashkil qilish, o‘quv faoliyati bilan bog‘liq nazariy bilimlarni o‘qib-o‘rganish orqali talabalarda milliy g‘ururni tarbiyalash; seminarda talabalarning faolligini ta’minlash.

Pedagogik vazifalar:

1. Kasbiy psixologiya fanining predmeti yuzasidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalarini namoyish etish.

2. Kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixini mazmunini ochib beradi, o‘z mulohazalarini bildiradi, faktlarni isbotlab berish.

3. Kasbiy psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi izohlab berish.




O‘quv faoliyati natijalari:

1. Kasbiy psixologiya fanining predmeti yuzasidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalarini namoyish etadi.

2. Kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixini mazmunini ochib beradi, o‘z mulohazalarini bildiradi, faktlarni isbotlab beradi.

3. Kasbiy psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi izohlab beradi.



Ta’lim berish usullari

Munozara, suhbat, tezkor-so‘rov


Ta’lim berish shakllari

Ommaviy, guruhlarda ishlash: “BBB” texnologiyasi


Ta’lim berish vositalari

O‘quv qo‘llanma, proektor, markerlar, ekspert topshiriqlari

Ta’lim berish sharoiti

Texnik ta’minlangan, gurhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya

Nazorat va baholash

Og‘zaki nazorat: savol-javob


Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə