Barkamol avlod faollar zalida “ Diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g‘arazli niyatlari va muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyati” mavzusida o’tkazilgan yig‘ilish



Yüklə 19,47 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü19,47 Kb.
#162329
  1   2
Diniy ekstremizim bayonnoma


TASDIQLAYMAN”
Surxondaryo Arxitektura va
qurilish texnikumi direktori
________O‘. Sh.Omonov
“___” _______ 2023- yil
Barkamol avlod faollar zalida “ Diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g‘arazli niyatlari va muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyati” mavzusida o’tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI ____


______2023 yil Termiz sh.


Yig’ilish raisi : Texnikum direktori O’.Sh. Omonov
Qatnashdi : Surxondaryo viloyati Diniy ishlar qo’mitasi bosh mutaxassisi Texnikum O’.T.I.B.D.O’ O’.Norqobilov
I.Ch.B.D.O’. A. Xonimov bo’lib boshlig’I M.Sobirova Ma’naviyat uslubchisi O.Shernazarov va texnikum jamoasi va talabalar
Kun tartibi
1. Tinglovchi lar va o’quvchi yoshlar o’rtasida diniy aqidaparastlikni oldini olish.
2.Terrorizmning tinchlik va taraqqiyotga, millatlararo munosabatlar va diniy bag’rikenglikka tahdidi.
3. Diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashda din soxasidagi ilmiy asoslangan siyosatning o’rni va axamiyati.


(O`.Sh.Omonov, Abdumannotov.F,Mirzaliyev.M, O. Shernazarov va boshqalar)
Yig’ilishni Texnikum direktori O’.Sh . Omonov kirish so’zi bilan ochib berdi. Tashrif buyurganlarni tanishtirdi, so’zni Termiz shaxar Manguzar jome maschidi imom noibi Mirzaliyev Muzaffarga berdi ..Aqidaparastlar yoshlarni avrab, Vatanini tark etishga targ'ib qilmoqda. Vaholanki, o'z yurtini tashlab, o'zga yurtlarda sarson-sargardon yurish, manqurt shaxslar bilan birlashib, kindik qoni to'kilgan yurtiga qarshi qurol ko'tarish ayni islom ta'limotiga zid ishdir. Insonlarni tinch va osoyishta diyordan din nomidan qotilliklar oshkora qilinayotgan fitna makonlariga chorlashdek qabih ish hech qachon “hijrat” bo'la olmaydi. 
Payg'ambarimiz (s.a.v) hadisi sharifda: “Haqiqiy muhojir Alloh va Rasuli qaytargan narsadan hijrat qilgan (qaytgan) musulmondir” deb marhamat qilganlar. Islom dini Vatanga hiyonat, qotillik, buzg'unchilik, o'zini o'zi o'ldirish, o'zgalarga zum qilish, ota-onaga oq bo'lish kabilardan qaytaradi.
“Jihod” so'zi lug'atda kishining o'z maqsadiga erishish yo'lida bor imkoniyatlarini ishga solib, qattiq harakat kilishi ma'nosini anglatadi. Darsini o'zlashtirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solib harakat kilayotgan o'smir mujtaxid talaba deb ataladi. Binobarin, uni ilmiy jihod kilmokda desa bo'ladi. Istilohda dini, vatani, oilasi, obro'si va moli himoyasini shariat ruxsat bergan yo'llar bilan amalga oshirishni anglatadi. Kishining o'z vatanini bosqinchilardan, isyonkorlardan himoya qilishi ham ayni jihoddir. Hadisda insonning o'z nafsi yomonliklariga qarshi turishi, yaxshiliklarga intilishi katta jihod ekanligi ta'kidlanadi. Imom Buxoriy rivoyat kilgan hadisda aytiladi: “Bir kishi Rasululloh sollallohu alayxi vasallamning huzurlariga u zotdan jihodga izn so'rab keldi. Shunda u zot unga: “Sening ota-onang bormi?” dedilar. “Ha”, dedi. “Bas, ikkovlari (xizmati)da jihod qil!” dedilar”.
Diniy ekstremizm dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarda shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaaatlariga tahdid solib kelmoqda. Jumladan, diniy ekstremistik oqim tarkibiga kirib qolgan shaxs: 
Ma'lumki, bugun musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kechmoqda. Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli to'qnashuvlarni boshidan kechirmoqda. Ushbu holat davlatning katta yoki kichikligi, dini va millatidan qat'iy nazar, tinchlik va barqarorlik naqadar aziz ne'mat ekanini yana bir bor isbotlab bermoqda deb takidladi.
Shundan so’ng Surxondaryo viloyati xududiy boshqarmasi Termiz shaxri bosh mutaxassisi Abdumannotov Farrux shunday dedi so'nggi yillarda aqidaparast oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini mehnat migrantlarini ta'sir doirasiga olish, “hujralar” tashkil etish, diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni elektron ko'rinishda tarqatish, internet orqali targ'ibot o'tkazish kabi usullarda amalga oshirmoqda. Ayniqsa, internet tarmog'ida o'zini “Islom davlati” (ISHID), “Jabhat al-Nusra” deb atab olgan terroristik tashkilotlar go'yoki islom ravnaqi yo'lida kurashayotgan “mujohid birodarlar guruhi” ekani haqidagi targ'ibot-tashviqot keng ko'lamda olib borilayotgani, buning oqibatida dunyoning ko'plab mamlakatlaridan musulmon yoshlar “hijrat” qilish va “jihod”da ishtirok etib da'vosida Suriya va Iroq hududiga borib, ushbu guruh safiga borib qo'shilayotganining guvohi bo'lmoqdamiz. 
Afsuski, yoshlar muayyan qismi ISHIDni haqiqatda ham islom dinini butun dunyoga tarqatish, islomiy davlat barpo etgan holda dunyoda adolat o'rnatishni maqsad qilgan tashkilot deb hisoblaydi. Bunday fikrlovchilar Markaziy Osiyoda, xususan, O'zbekistonda ham bor ekani hech kimga sir emas. Bunday yoshlar yuqorida qayd etilgan hududlarda insonlarga qarshi sodir etilayotgan jinoyatlarni go'yoki xalifalik qurish uchun joiz amal hisoblab qattiq adashmoqdalar. Aslida, mutaassib oqim a'zolarining maqsadlari - “jihod”, “hijrat”, “shahidlik”, “kofir bo'lish” kabi diniy tushunchalarni soxta talqin qilish orqali yoshlarimizni oilasi va yaqinlarining uzoqlashtirmoqchi ekanligini ta’kidladi.






Yüklə 19,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə