Maktabdagi umumiy xavotirlanish
|
2,4,7,12,16,21,23,26,28,46,47,48,49,50,51,52,53,54,55,56,57,58
E q 22
|
Ijtimoiy stressdan siqilish
|
5,10,15,20,24,30,33,36,39,42,44
E q 11
|
Muvaffaqiyatga erishishda frustratsiyaga extiyoj
|
1,3,6,11,17,19,25,29,32,35,38,41,43
E q 13
|
O‘zini ko‘rsatishdan qo‘rqish
|
27,31,34,37,40,45
E q 6
|
Bilimlarni tekshirish holatidagi qo‘rquv
|
2,7,12,16,21,26
E q 6
|
Atrofdagilarni kutganlariga mos kelmaslikdan qo‘rqish
|
3,8,13,17,22
E q 5
|
Qattiq hayajonga (stress) nisbatan fiziologik qarshilik ko‘rsatishning sustligi
|
9,14,18,23,28
E q 5
|
O‘qituvchilar bilan munosabatdagi muammolar va qo‘rquvlar
|
2,6,11,32,35,41,44,47
E q 8
|
Natijalar:
-
Har bir omil bo‘yicha belgilarning mos kelmaslik miqdori («Q» - Ha, «-» - Yo‘q) (mos kelmaslikning mutlaq miqdori foiz hisobida: < 50%; >50; > 75%).
-
Ushbu ma’lumotlarni individual diagrammalar ko‘rinishida berish.
-
Har bir omil bo‘yicha butun sinf uchun mos kelmaslik miqdori (mutlaq mazmun - < 50%; >50; > 75%).
-
Ushbu ma’lumotlarni diagramma ko‘rinishida berish.
-
>50 va > 75% ma’lum omil bo‘yicha mos kelmasligi bo‘lgan o‘quvchilar soni (barcha omillar uchun) .
-
Takroriy o‘lchashlar chog‘ida qiyosiy natijalarni berish.
-
Har bir o‘quvchi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot (test natijalari bo‘yicha).
Har bir omilning xarakteristikasi.
Maktabdagi umumiy tashvishlanish – bu, bolaning, maktab hayotiga kirishining turli shakllari bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy emotsional holatidir.
Ijtimoiy stresslardan siqilish – bolaning, ijtimoiy kontraktlari (avvalombor, o‘z tengdoshlari bilan) rivojlanishi chog‘idagi emotsional holati.
Muvaffaqiyatga erishishda frustratsiyaga bo‘lgan extiyoj – bolaning o‘z muvaffaqiyati, yuqori yutuqlarga erishishi va x.k.larni rivojlantirishiga to‘sqinlik qiluvchi salbiy psixik vaziyat.
O‘zini ko‘rsatishdan qo‘rqish – o‘z - o‘zini berkitish, o‘zini boshqalarga ko‘rsatish, o‘z imkoniyatlarini namoyish etishga extiyoj bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda salbiy emotsional siqilish.
Bilimlarni tekshirish chog‘idagi qo‘rquv – bilimlar, yutuqlar va imkoniyatlarni tekshirish (ayniqsa hammaning oldida) paytidagi tashvishlanishga nisbatan salbiy munosabat va siqilish.
Atrofdagilar kutganlariga mos kelmaslikdan qo‘rqish – o‘z natijalari, hulqi va fikrlarini baholashda, boshqalarning borligiga ahamiyat berish, baholar borasida tashvishlanish.
Qattiq hayajonga (stress) nisbatan fiziologik qarshilik ko‘rsatishning sustligi – bolaning stressogen xarakterdagi vaziyatlarga moslashganligini pasaytiruvchi psixofiziologik tashkiliy xususiyat sanaladi, u atrof-muhitning xavotirli omiliga noadekvat, destrukturlangan munosabat extimolini oshiradi.
O‘qituvchilar bilan munosabatdagi muammolar va qo‘rquvlar – bolaning ta’lim olishdagi muvaffaqiyatini pasaytiruvchi, maktabda kattalar bilan munosabatlarining umumiy salbiy emotsional xolatidir.
10.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli
Mashg‘ulot vaqti-2 soat
|
Talabalar soni: 20 -25 ta
|
Mashg‘ulot shakli
|
Amaliy mashg‘ulot
|
Amaliy mashg‘ulot rejasi
|
1. Psixik jarayonlar o‘rganish metodikasi haqida tushuncha.
2 Psixik jarayonlar o‘rganish metodikasini o‘tkazish tartibi.
3.Metodika natijalarini taxlil qilish.
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Semantik differensial metodikasining o‘tkazish usullarini o‘rgatish.
|
Pedagogik vazifalar:
1. Psixik jarayonlar o‘rganish metodikasi testi haqida tushuncha berish.
2. Psixik jarayonlar o‘rganish metodikasini o‘tkazish tartibi bilan tanishtirish.
3. Metodika natijalarini taxlil qilish.
|
O‘quv faoliyati natijalari:
1. Psixik jarayonlar o‘rganish metodikasi haqida tushuncha beradilar.
2. Psixik jarayonlar o‘rganish metodikasini o‘tkazish tartibi bilan tanishadilar.
3.Metodika natijalarini taxlil qiladilar.
|
Ta’lim berish usullari
|
Munozara, suhbat,tezkor-so‘rov
|
Ta’lim berish shakllari
|
Ommaviy, guruhlarda ishlash:
|
Ta’lim berish vositalari
|
O‘quv qo‘llanma, proektor, flipchart, markerlar.
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Texnik ta’minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Og‘zaki nazorat: savol-javob
|
Dostları ilə paylaş: |