Z nishanova, G. Alimova


Bolalik — ontogenezning dastlabki davrlarini belgilash uchun



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/170
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   170
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G

Bolalik — ontogenezning dastlabki davrlarini belgilash uchun
(tug‘ilgandan o ‘smirlikkacha bo‘lgan davrni belgilash uchun)
qo‘llanadigan tushuncha. Yosh davrlarining an’anaviy tasnifiga ko‘ra
bolalik — go‘daklik (tug‘ilgandan lyoshgacha), ilk bolalik (1 yoshdan
3 yoshgacha), maktabgacha yosh (3 yoshdan 6-7 yoshgacha) va
kichik maktab yoshi (6-2 yoshdan 10-11 yoshgacha) davriami o‘z
ichiga oladi. Bolalik jadal psixik taraqqiyot davridir.
Taraqqiyot — narsa yoki hodisalaming vaqt o‘tishi bilan miqdor
va sifat jihatdan o‘zgarishi natijasida yuqoriroq darajaga ko‘tarilishi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Psixika taraqqiyoti - tug‘ilgandan boshlab yosh davrlari o‘tishi
bilan psixika faoliyatining takomillashishidir. Psixik taraqqiyot bolaning
insoniyat tarixi davomida to‘plagan bilim va tajribalami o‘zlashtirishi
hamda shaxs sifatida shakllanib borishi jarayonidan iborat.
Yosh — individ psixik taraqqiyotining aniq vaqt chegarasiga ega
bo‘lgan bosqichi. Psixik taraqqiyotning har bir bosqichida individda
muayyan fiziologik va psixologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Odatda
psixologiyada xronologik va psixologik yosh ajratiladi. Xronologik yosh
inson tug‘ilgandan boshlab necha yosh yashaganini ifodalaydi. Psixologik
yosh esa inson psixik rivojlanishi darajasini aks ettirib, ko‘pincha aqliy
yosh deb ataladi. Aqliy yosh turii yoshdagi odamlar uchun mo‘ljallangan
maxsus test topshiriqlari orqali aniqlanadi. Aqliy yoshning xronologik
yoshga nisbati bola psixik taraqqiyotining o‘ziga xos ko‘rsatkichi —
intellektual rivojlanish koeffitsientini hosil qiladi, bu koeffitsient ingliz
tilidan olingan qisqartma IQ harflari orqali belgilanadi.

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə