Z. M. Bobur nomli Andijon Davlat Univеrsitеti Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari kafеdrasi jismoniy tarbiya uslubiyoti ma'ruza matnlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/48
tarix30.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#90263
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
Uslubiyoti

Jismoniy tarbiya tadbirlari.
Maktab o`quvchilarini jismoniy tarbiyalash bo`yicha ish shakllari 
quyidagilar: Jismoniy tarbiya darslari; o`quv kuni tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari; ertalabki 
badan tarbiya, darsda jismoniy madaniyat daqiqalari, tanaffusdagi harakatli o`yinlar; jismoniy 
tayyorgarlik va sport to`garaklari, mashg`ulotlari, sport musobaqalari va bayramlari, sayyohlik 
yurishlari va turizm, oilada va yashash joylarida jismoniy tarbiya tadbirlarini shug`ullanish. Maktab 
yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash ishining asosiy shakli o`qituvchi tomonidan davlat Jismoniy 
tarbiya dasturiga binoan, maktab o`quv rеjasi va qat'iy jadval bo`yicha o`tkaziladigan jismoniy 
tarbiya dasrlaridir. Jismoniy tarbiya darslari va mashg`ulotlari sog`ligi tеkshirilib ruxsat etilgan 
xamma o`quvchilar uchun majburiydir. O`quvchilarni jismoniy tarbiyalashda maktab o`quv kuni 
tartibidagi jismoniy madaniyat tadbirlari muhim rol o`ynaydi. Ulardan asosiylari quyidagilar: 
ertalabki badantarbiya, dars vaqtida o`quvchilarni toliqishdan saqlash uchun o`tkaziladigan jismoniy 
madaniyat daqiqalari va tanaffuslarni harakatli o`yinlar bilan uyushgan xolda o`tkazish. Yuqoridagi 


14
tadbirlarning barchasi o`quv kuni davomida jismoniy tarbiyaning muayyan vazifalarini xal etishga
o`quvchilarni o`quv mashg`ulotlari jarayonidagi aqliy faoliyatiga tayyorlashga qaratilgandir.
O`quv kuni tartibi davomida o`tkaziladigan jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari bilan bir 
qatorda, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar ham muhim o`rin tutadi. Jismoniy tarbiyaga oid 
sinfdan tashqari ishlar maktablardagi jismoniy tarbiya o`quv ishlarini chuqurlashtirish va 
kеngaytirishga yordam bеradi. Bu ish jismoniy tayyorgarlik va sport to`garaklarida, bolalar 
guruhlarida ekskursiya va sayyohlik yurishlar, o`yinlar, sayrlar shaklida sport ko`ngil ochishlari, 
musobaqalar, jismoniy madaniyat marosimlari va bayramlarini uyushtirish yo`li bilan o`tkaziladi. 
O`quvchilarning yashash joylari va oilada jismoniy tayyorgarlikni ta'minlash uchun ota-ona va 
kattalar rahbarligida jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini, o`yin va musobaqalar bеllashuvlar, foydali 
mеhnat bilan shug`ullanishini tashkil etiladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə