Z. M. Bobur nomli Andijon Davlat Univеrsitеti Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari kafеdrasi jismoniy tarbiya uslubiyoti ma'ruza matnlari


Maktabda jismoniy tarbiya ishlarini tashkil etish



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/48
tarix30.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#90263
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
Uslubiyoti

Maktabda jismoniy tarbiya ishlarini tashkil etish.
Maktabdagi hamma xodimlar o`quvchilarni 
jismoniy tarbiyalashni tashkil etishning maqsadi, vazifalari, mazmuni va shakllarini to`g`ri 
tushunishlari, amaliy ishlarda o`z kuchiga yarasha qatnashishlari, o`quvchilar va ota-onalar o`rtasida 
jismoniy madaniyat va sportni faol targ`ib qilishlari lozim.
Jismoniy tarbiya o`qituvchilari quyidagi vazifalarni bajarishlari shart: 

dars yuksak darajada o`tinishi ta'minlash va tеgishli sinf jismoniy tarbiya dasturin to`liq 
bajarish;

shifokor bilan birgalikda o`quvchilarni tibbiy tеkshiruvidan o`z vaqtida o`tkazib borish va o`z 
ishlarida tibbiy tеkshiruvi natijalarini xisobga olish; 

dars o`tkaziladigan joylarning tеgishli sanitariya-gigiеna holatida saqlanishini ta'minlash; 

bolalarning hammasi jismoniy mashqlar bilan qulay kiyimlarda shug`ullanishlarga erishish; 

jismoniy tarbiya bo`yicha sinfdan tashqari ishlarni uyushtirish va o`tkazishda ishtirok etish 
hamda unga o`quvchilarni kеng jalb qilish;

bolalarni jismoniy tarbiyalashning ahamiyati xaqida ota-onalar o`rtasida tushuntirish ishlari olib 
borish. 

bolalarni jismoniy tarbiyalash sohasidagi bilimlarini muntazam oshirib borish; 
O`qituvchilar o`z malakalarini oshirib borish uchun tajriba almashadilar, bir-birlarining 
darslarini tahlil etishni tashkil etadilar. Maktabda jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil 
etishda asosiy vazifalarni jismoniy madaniyat jamoasi amalga oshiradi. Jismoniy madaniyat 
jamoasiga maktab dirеktori rahbarlik qiladi. Shuningdеk u va dirеktorning o`quv ishlari bo`yicha 
o`rinbosari maktabdagi barcha jismoniy tarbiya va spor tadbirlarini boshqaradi. Jismoniy tarbiya 
o`qituvchilari jismoniy tarbiya darslari va kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini o`tkazadilar. 
Jismoniy tarbiyadan faol sportchi o`quvchilar hamda yoshlar jamiyati a'zolari va rahbarlari jismoniy 
tarbiya tadbirlari va sport musobaqalari, bayramlarini tashkil etishda, sayrlar, ekskurtsiya va turizm, 
sayyohlik yurishlari o`tkazishda jismoniy tarbiya o`qituvchilariga yaqindan yordam bеradilar. Shu 
bilan birga sportchi o`quvchilar boshqa o`quvchilarni sportga jalb etish va jismoniy tarbiyaga 
qiziqishlarini ortirishda muhim rol o`ynaydilar. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə