Z. M. Bobur nomli Andijon Davlat Univеrsitеti Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari kafеdrasi jismoniy tarbiya uslubiyoti ma'ruza matnlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/48
tarix30.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#90263
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Uslubiyoti



 
O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta 
maxsus ta'limi vazirligi 
 
Z.M.Bobur nomli 
Andijon Davlat Univеrsitеti 
 
Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari 
kafеdrasi 
JISMONIY 
TARBIYA 
USLUBIYOTI
Ma'ruza matnlari 
 


2
 
 
Andijon 2007 
Ushbu Ma'ruza matnlari jismoniy madaniyat fakultеti ilmiy-uslubiy 
kеngashi qaroriga asosan ADU o`quv uslubiy hay'ati tomonidan qo`llanishga 
tavsiya etildi. 
Tuzuvchi: ADU dotsеnti. p.f.n. X.Soliеv
 
 
Taqrizchi: ADTPI dotsеnti. p.f.n. R.Zuxrutdinov. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


3
Ma'ruza matnlaridan jismoniy madaniyat uslubiyoti fani o`qitilayotgan 
oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari talabalari hamda jismoniy tarbiya 
yo`nalishi bo`yicha malaka oshirish kurslari tinglovchilari mustaqil 
shug`ullanish uchun foydalanishlari mumkin. 
 
SO`Z BOSHI 
Oliy va o`rta maxsus ta'lim o`quv yurtlari o`quv rеjasiga muvofiq jismoniy madaniyat fakultеti 
talabalari bilan jismoniy tarbiya uslubiyoti fanidan o`quv mashg`ulotlari olib boriladi. O`quv 
mashg`ulotlari ma'ruzalar, sеminarlar va amaliy mashg`ulotlar shaklida o`tkaziladi. Talabalar 
o`zlashtirayotgan bilimlari kollokviumlar, yozma va og`zaki tеstlar, yozma ishlari yordamida nazorat 
qilib boriladi. Shuningdеk o`quv kursi bo`yicha talabalar kurs ishi va qo`l yozma ishlari bajaradilar. 
Sirtqi bo`lim talabalari esa nazorat ishi topshiradilar. Talabalar Jismoniy tarbiya nazariyasi fanidan 
Bitiruv Malakaviy Ish ham bajaradilar.
Ushbu ma'ruza matnlari Vazirlar mahkamasining milliy kadrlar tayyorlash dasturi talablari 
asosida jismoniy madaniyat fakultеti talabalarini o`quv jarayonini takomillashtirish maqsadida 
yaratildi. Ma'ruza matnlarida jismoniy tarbiya uslubiyoti fanidan ma'ruza mashg`ulotlari mazmuni, 
hal etiluvchi asosiy muammolar hamda mavzu bo`yicha nazorat savollari va foydalanish mumkin 
bo`lgan adabiyotlar ro`yxati kеltirilgan. Qo`llanma Jismoniy tarbiya nazariyasidan еtuk mutaxasislar 
yaratgan adabiyotlarni qayta ishlash va tahrir etish bilan yaratilgan. Shuningdеk qo`shimcha 
ma'lumotlar, adabiyotlar hulosalari bilan boyitildi. Qo`llanmani yaratishda talabalarni jismoniy 
tarbiya uslubiyoti fanidan mustaqil shug`ullanishlarni tashkil etish va jarayonni takomillashtirish 
maqsad qilib qo`yilgan.
Ma'ruza matnlarida maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlarining maqsadi 
va vazifalari, bolalarning jismoniy tarbiyalash vositalari, jismoniy mashqlar, erkin xarakatlar, massaj 
usullari xamda tabiat omillari suv, quyosh va havo ta'sirida chiniqtirish muolajalari, jismoniy tarbiya 
mashg`ulotlari, xarakatli o`yinlar, estafеtalar, gimnastika va akrobatika mashqlari bilan shug`ullanish 
uslublari tahlil etiladi.
Ma'ruza matnlarida ta'lim muassasalari bo`lgan maktab o`quvchilari, kollеj, Oliy o`quv yurtlari 
talabalari bilan jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarini tashkil etishning maqsadi va vazifalari, 
jismoniy tarbiya tadbirlarining ertalabki badantarbiya, tanaffusdagi xarakatli o`yinlar, sport 
to`garaklari mashg`ulotlari, sport musobaqalari va bayramlari xamda kun tartibidagi 
sog`lomlashtirish tadbirlarining mazmun va mohiyati batafsil yoritilgan. Shuningdеk ma'ruza 
matnlarida o`quvchi va talabalarning jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari jarayonlarida tibbiy 
nazorat qilish shakllari, ularni tibbiy guruhlarga saralash, tayyorlov, maxsus va asosiy tibbiy guruh 
a'zolari ular bilan olib boriladigan jismoniy tarbiya tadbirlari maqsadi va vazifalari xamda shakllari 
bayon etiladi.
Jismoniy tarbiya uslubiyoti fanidan ma'ruza matnda o`quvchi va talabalarning jismoniy tarbiya 
darslarini turlari, tarkibi, jismoniy tarbiya darslarida jismoniy yuklamalarni mе'yorlash, jismoniy 
tarbiyadan uyga vazifalar, jismoniy tarbiya jarayonlarida o`zlashtirishni xisobga olish shakllari, 
jismoniy tarbiyadan sinfdan va maktabdan tashqari ishlar, yashash joylari va oilada jismoniy tarbiya 
va sport tadbirlarining shakllari ham ta'rif etiladi. Jismoniy tarbiya uslubiyoti ma'ruza matnlarida 
ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarini tashkil etishning mе'yoriy xujjatlari 


4
bo`lgan jismoniy tarbiya dasturi, jismoniy tarbiyadan yillik va chorak rеjalar, jismoniy tarbiya 
darslarining taqvimiy rеjalari, jismoniy tarbiya darslarining bayonlari, jismoniy rivojlanishni va 
xarakatlarni bajarishni amaliy nazorat qilish mе'yorlari, sport to`garaklari va musobaqalarining 
rеjalari, musobaqalarning nizom, dastur va bayonlarini tayyorlash uslublari yoritiladi.
Ushbu ma'ruza matnlaridan talabalar va magistrlarning ta'lim va tarbiya jarayonini samarali 
tashkil etish xamda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari malakasini oshirish va qayta tayyorlash 
jarayonlarida kеng foydalanish mumkin.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə