Yusuf va zulayho


Bitiruv malakaviy ishining



Yüklə 446 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix24.12.2023
ölçüsü446 Kb.
#160483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
yusuf va zulayho dostonida anana va oziga xoslik

Bitiruv malakaviy ishining
 
ilmiy yangiligi. 
Asardagi payg‘ambarlar va 
tarixiy shaxslar talqinini yoritib berish, asarning tarixiy, ilmiy, didaktik 
ahamiyati, badiiy qimmati va o‘ziga xos uslubi, shuningdek, she’riy 
san’atlarning o‘rnini tahlil va tadqiq etish; uni adabiyotshunoslik nuqtai 
nazaridan o‘rganish bitiruv malakaviy ishning yangiligi hisoblanadi.
 
Bitiruv malakaviy ishining
 
ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi.
Ushbu ilmiy bitiruv ishining mavzusi Samarqand davlat universiteti filologiya 
fakulteti, o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining ilmiy tadqiqot ishlari bilan 
bog‘liq bo‘lib, kafedraning umumiy mavzusidan kelib chiqqan holda tanlangan. 
Bitiruv malakaviy ishining
 
metodlari.
Obektiv kuzatgan holda, 
qiyosiy-tarixiy, induktiv va deduktiv metoddan foydalanildi. 
Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi.
Kirish, 2 bob, to‘rt fasl, xulosa va 
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. Ishning umumiy hajmi 60 
sahifani tashkil etadi. 
 


11 
I BOB. YUSUF ALAYHISSALOM HAQIDAGI QISSANING DINIY 
MANBALARI 
 
1.1. Durbek va uning “Yusuf va Zulayho” dostoni xususida 
 
“Yusuf va Zulayho” - Sharq xalqlari orasida mashhur va keng tarqalgan 
ishq qissasi. Asl manbasi – ilohiy muqaddas kitoblar: Tavrot, Injil va Qurʼoni 
karim.
Qurʼondagi talqini birmuncha ixcham va badiiy shakllangan. 
Tavrotdagisi folklorga yaqin va qadimiy Misr afsonalariga borib taqalishi 
taxmin qilinadi. Sharqda keng tarqalgan qissaning bu varianti Qurʼoni karimning 
12 surasi asosida shakllangan boʻlib, jamiki “Yusuf va Zulayho” qissa va 
dostonlarining ilhom manbai ushbu suradir. Ushbu qissa Qurʼonda “ahsan ul-
qisas” (qissalarning eng goʻzali) deya taʼriflanadi. 
Mazkur qissa davrlar oʻtishi bilan Sharqda goʻzal adabiyot namunasi 
sifatida keng tarqaldi, koʻplab yangi voqealar bilan boyib, alohida asar holida 
qalamga olina boshladi. Sharqda (IX asrdan) 150 dan ortiq «Yusuf va Zulayho» 
doston va qissalari yaratildi. Shularning 45 tadan ortig‘i turkiy tilda yozilgani 
e’tiborga molikdir.
Xususan, eng mashhurlari qatorida Firdavsiy, Abulmuayyid Balxiy, 
Shahobiddin Amʼaq, Shohin Sheroziy, Abdulloh Ansoriy, Xoja Masʼud Iroqiy, 
Abdurahmon Jomiy va boshqalarning qissa dostonlarini koʻrsatish mumkin. 
Yusuf mavzusi sharq xalqlari adabiyotida birinchi marotaba buyuk fors-tojik 
shoiri Abulqosim Firdavsiy (934-1020) tomonidan ishlandi. Bu fikrni 
N.M.Mallaev ham o‘zining “O‘zbek adabiyoti tarixi” kitobida tasdiqlaydi: “Bu 
mavzuda yaratilgan eng qadimgi badiiy asarlardan biri Firdavsiy nomiga nisbat 
berilgan “Yusuf va Zulayxo” dostonidir. 
Xuddi shuningdek, turli davrlarda turkiy adabiyotda ham shu mavzuda 50 ga 
yaqin asar ijod qilingan. Jumladan, Qul Ali, Nosiriddin Rabgʻuziy, Haydar 


12 
Xorazmiy, Mulla Yusuf Yorkandiy, Nozim Hiraviy, Sayqaliy, Xiromiy, Salohiy, 
Andalib, Hoziq kabi ijodkorlar qissa va dostonlar bitganlar.
O‘zbek adabiyoti tarixida go‘zal Yusuf mavzusi birinchi marta Ali ismli 
shoirni qiziqtirgan. Ali tomonidan Qur’ondagi asosiy voqealar ilgari suriladi. 
E.E.Bertelsning ko‘rsatishicha, Ali Xorazmlik bo‘lgan. U fors mualliflariga 
taqlid qilmasdan asar yozishga kirishdi. Uning asari xalq og‘zaki ijodiga xos 
to‘rtlik shaklida yozilgan. Bu shakl turk xalqlari og‘zaki ijodiga juda yaqin. 
Alining qissasi mazmun tomonidan ham fors poeziyasi bilan bog‘lanmagan. U 
Qur’on variantiga amal qiladi. Ali Qur’onda berilgan afsonaviy qissani turkiy 
xalqlar o‘rtasida keng tarqatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Asarning 
keng tarqalishi va shuhrat qozonishiga asosiy sabab uning mazmun 
mohiyatidagi muhabbat talqinidir. Asar “Yusuf va Zulayho”, “Qissai 
Yusuf alayhissalom” 
yoki 
“Qissai Yusuf paygʻambar” deya turlicha 
nomlanishiga va turli davrlarda, turli ijodkorlar tomonidan yozilishiga qaramay, 
unda ishq mavzusi so‘fiyona talqinning eng jozibador namunasi boʻlib 
qolaverdi. Shu bilan birga, “Yusuf va Zulayho” dostonlari oʻziga xos sof insoniy 
muhabbatni tarannum etuvchi dunyoviy adabiyot namunasi hamdir.
Ushbu sujet asosida asarlar yaratish 20-asrda ham davom etdi. Xususan, 
Hamza Hakimzoda Niyoziy “Qiroat” kitobida bu qissani sodda til bilan qisqacha 
hikoya qilgan, Nozim Hikmat “Goʻzal Yusuf” pyesasi, Ramz Bobojon “Yusuf 
va Zulayho” musiqali dramasini yaratdi. Jomiyning “Yusuf va Zulayho” asari 
XIX asrda Ogahiy tomonidan oʻzbekchaga tarjima qilindi.
"Go‘zal qissa" deb ta’riflanuvchi ushbu surada asosan Ya’qub (a. s.) ning 
12-o‘g‘li va Yusuf (a.s.) ning boshidan kechirgan voqealari aks ettiriladi. Surada 
otalik va birodarlik mehri, ishq-muhabbat, ayollar makri, tush ta’biri, saxiylik va 
kechirimli bo‘lish kabi insoniy xususiyatlar ajib uslubda o‘z ifodasini topgan.
Dastlab “Tavrot” va “Injil”da, so‘ngra “Qur’on”da o‘z ifodasini topgan. Xalq 
og‘zaki ijodi va yozma adabiyotda Yusuf nihoyatda go‘zal, olijanob, dono shaxs 


13 
sifatida tasvirlanadi. Sharq xalqlari adabiyotining bir qancha yirik 
namoyandalari “Yusuf va Zulayho” nomida dostonlar yaratganlar. “Tavrot”ning 
birinchi kitobi Ibtidoda
4
Yusufning hasadgo‘y akalari tomonidan savdogarlarga 
qul qilib sotilishi, oqibat Yusuf Misr fir’avnining amaldorlaridan Potifarning 
xonadoniga kelib qolishi hikoya qilinadi. Potifarning xotini deyiladi, Zulayho 
nomi esa keltirilmagan. Yusufni sevib qoladi va unga izhori dil qiladi. Xojasiga 
sadoqatli Yusuf (Zulayho) ishqini rad qiladi. Alamzada Zulayho tuhmat qilib 
Yusufni zindonga tashlatadi. Zindonda Yusuf fir’avnning soqiysi va novvoyi 
bilan birga bo‘ladi. Ularning tushlari ta’birini aytadi. Ma’lum vaqtdan so‘ng 
fir’avn qo‘rqinchli tush ko‘rib, ta’birini so‘rash uchun Yusufni zindondan 
chiqaradi. Yusuf fir’avnga yurtda yetti yil to‘qchilik, yetti yil ocharchilik 
bo‘lishini aytib, to‘qchilikda g‘alla g‘amlashni maslahat qiladi. Fir’avn bu 
ishlarni Yusufning o‘ziga topshiradi. Qahatchilik boshlangach boshqa ellardan 
ham Misrga g‘alla izlab odamlar kela boshlaydi. Yusufning akalari ham 
keladilar. Xullas, Yusuf o‘zini tanitgach, akalari undan kechirim so‘rashadi. 
Yusuf otasi va boshqa qarindoshlarini Misrga olib keladi. Yusuf dardida yig‘lab-
yig‘lab ko‘r bo‘lib qolgan Yoqub o‘g‘li Yusufning barmoqlari ko‘ziga tekkach, 
ko‘ra boshlaydi. (Yusufning ko‘ylagini ko‘ziga surtish varianti ham bor.) Yusuf 
va 
Zulayho 
o‘rtasidagi 
munosabatlarga 
ham 
shoirlar 
turlicha 
yondoshganlar. “Qur’on”da bir yuz o‘n bir oyatdan iborat bu sura Makkada 
nozil bo‘lgan va payg‘ambarlar hayotidan hikoya qiluvchi suralardan biridir. 
Unda asosan Allohning payg‘ambarlaridan Yusuf ibn Ya’qubning hayoti zikr 
qilinib, u zotning boshiga tushgan balolar, og‘a-inilari va begonalardan ko‘rgan 
kulfatlari — chohga tashlanganlari, tuhmatga yo‘liqqanlari, zindonband 
bo‘lganlari haqida va bunday og‘ir ko‘rgiliklarga sabr-toqat qilishlari natijasida 
oxir-oqibat zindon azobidan xalos qilinib, butun Misr zaminining mulk-u 
xazinasiga ega bo‘lganlari xususida so‘z boradi.
4
Инжил Тавротдан Ибтидо, Забур” Библияни таржима килиш институти” –Стокгольм: 1992, 76-77 б. 


14 
Bu sura Hud surasidan keyin — Muhammad alayhis-salom hayotlarining 
eng qora kunlarida — yaqinlari Hadicha va Abu Tolibdan ajragan, mushriklar 
tomonidan ozor-aziyatlar chekib, qiynalib yurgan kezlarida nozil bo‘lgandir. 
Go‘yo Alloh taolo o‘zining suyukli payg‘ambariga va qolaversa, u zotning 
barcha ummatlariga, agar boshlariga tushgan balo-yu kulfatlarga va diyonatsiz 
kimsalarning zulmu zo‘ravonliklariga sabr-qanoat qilib o‘zlarining haq yo‘lidagi 
kurashlaridan tolmay, Allohning dinidan qolmay sobitqadam bo‘lsalar, 
Parvardigori olam ularni zulmatlardan va tanglikdan xalos qilib, nurli, baxt-
saodatli kunlarga yetkazajagini uqtirayotgandek. Bu suraning nazmu uslubida 
o‘zgacha latofat, ayricha joziba mavjudki, islom olamidagi eng buyuk qalam 
ahllari undan mutaassir bo‘lib, she’r-u dostonlar bitganlar, ulamolar esa bu sura 
xususida jild-jild kitoblar tasnif etganlar. Shunday asarlardan birida “Yusuf 
surasi jannat ahllari jannatda ham rohat bilan tilovat qilib yuradigan 
suralardandir”, deyilgan bo‘lsa, yana birida: “Har Qanday g‘am-tashvishga 
botgan mahzun kishi Yusuf surasini eshitishi bilan orom-osoyish topur”, 
deyiladi. 
Qur’oni karimda qissalarning go‘zali deb atalgan Yusuf qissasi juda 
qadimiy sujetlardan biri bo‘lib, U dastlab Muso alayhissalomga nozil qilingan 
Tavrotning birinchi kitobiga, keyin Iso alayhissalom ta’limotini o‘z ichiga olgan 
Injilga kiritilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, Chahoryorlardan hazrati Umar bilan yetti 
Yahudiy o‘rtasida bahs bo‘ladi. Yahudiylar Tavrotni Qur’oni karimdan afzalroq 
deb hisoblaydilar va bunga Qur’oni karimda Yusuf qissasining yo‘qligini sabab 
qilib ko‘rsatadilar. Hazrati Umar jim qolib, keyin Muhammad alayhissalomga 
bo‘lgan voqeani bayon qiladi. Muhammad alayhissalom hayol surib qolganda 
Jabroil kelib Yusuf qissasini aytib beradi. Bu qissa Qur’oni karimga "Yusuf 
surasi" bo‘lib kiradi. Agar Tavrotning tarixi uch ming yildan ziyodroq ekanligi 
hisobga olinsa, qissaning xalq og‘zaki ijodi yoki tarixiy voqelik sifatida 
shakllangan vaqti undan ham qadimiyroq zamonlarga borib taqaladi. Har holda 
bu sujetning qadimgi yahudiylar va misrliklar orasida shakllanganligi aniq. 


15 
Falastinda Yusufning onasi Rohil maqbarasi saqlanib qolganligi shundan 
guvohlik beradi. Har uchala ilohiy kitobda ham Zulayho obrazi uchramaydi, 
asosiy e’tibor Yusuf sarguzashtlari orqali insoniy axloq va odob masalalarini 
yoritishga qaratilgan. Tavrotda va Injilda Fir’avnning saroy soqchilari boshlig‘i 
va misr hokimi Po‘tifarning xotini, Qur’oni Karimda Yusufni sotib olgan 
kishining ismi Qitfiyr xotini Yusufni sevib qolishadi. Aftidan, xalq og‘zaki ijodi 
asarlarida uning ismi Zulayho deb yuritilganligi uchun Tavrot, Injil va Qur’oni 
Karim sujetlari asosida shakllangan yozma adabiyot namunalarida hamda 
tafsirlarda uning nomi Zulayho bo‘lib ketgan. 
Tavrotda Fir’avn Yusufni O‘n shahrining kohini Po‘tifarning qizi 
O‘snatga uylantirib qo‘yadi. Qur’oni karimda esa Yusufning Misr hokimi 
bo‘lishi va uylanishi haqida hech narsa deyilmagan. Shu bilan birga, Qur’oni 
karimda Yusufning akalari, ukasi va singlisi nomlari, Misr podshohi, Misr 
hokimi, Yusufning onasi, quli, o‘gillari, Yusufni Misrga sotgan savdogar va 
uning qullari nomlari ham keltirilmagan. Unda faqat Yusuf va uning otasi 
Yaqub ismi mavjud. Tavrotda Yusufning hamma akalari, ukasi va singlisi 
nomlari bor. Misr podshosi umumiy nom Fir’avn nomi bilan kelgan, Misr 
xokimining nomi Po‘tifar, uning xotinining nomi esa keltirilmagan. Tavrotda 
Yusufning onasi Rohil vafot etgan bo‘ladi. Qur’oni Karimda u tirik, asar oxirida 
u ham boshqalar qatori Misrga boradi va u yerda Yusufning ko‘rgan tushi 
hayotda voqe’ bo‘ladi. Yusufning yoshligida ko‘rgan tushi, osmondan oy, kun 
va o‘n bir yulduzning pastga enib, Yusufga ta’zim qilishi epizodi Tavrotda bor. 
U asarning boshida Yusufning ikkinchi tushi sifatida keltirilgan. Ammo oxirida 
uning hayotda amalga oshganligi aytilmaydi. Yusufning birinchi tushi - dalada 
akalari bilan bog‘lam bog‘layotganini, uning bog‘lami tik turib, akalarining 
bog‘lami unga ta’zim qilganligi Qur’oni karimda yo‘q. Ammo Tavrot va Injilda 
uchraydigan boshqa bir necha epizodlar singari u ham islomiy adabiyotda 
mavjud badiiy asarlarda hikoya qilingan. Tavrotda akalari Yusufni quduq 
boshida Ismoiliy savdogarlarga yigirma kumush tangaga, savdogarlar esa uni 


16 
Misrga olib borib, shahar hokimi va Fir’avn saroyi soqchilari boshlig‘i
Po‘tifarga sotadilar. 
U Yusufni xonadonining boshqaruvchisi qilib qo‘yadi. Qur’oni karimda 
Yusufni akalari sotib yuborishmaydi. Yusuf quduqqa tashlangan chelakka osilib 
chiqadi va savdogarlar uni sotiladigan narsalari qatori yashirib qo‘yadilar va 
Misr bozorida g‘oyat arzon bahoda - bir necha tangaga sotib yuboradilar. Aytish 
kerakki, badiiy asarlar va tafsirlarda, shu lavhalarni hikoya qilishda “Qur’oni 
karim”dan chetga chiqilgan o‘rinlar bor. Masalan, Yusuf haqidagi deyarli 
hamma badiiy asarlarda Yusufni akalari tomonidan g‘oyat arzon bahoda sotib 
yuborilgani aytilgan va u chiroyli izohlangan. Yusuf bir vaqt oynaga qarab yoki 
quduqdagi suvda aksini ko‘rib o‘z jamoliga oshiqcha baho beradi. Bu xudoga 
ma’qul bo‘lmaydi va shuning uchun u dastlab arzimas narxda sotiladi. Yusuf 
maqtanchoqligi esiga tushib xudodan mag‘firat so‘raydi. Keyin Misr bozorida 
Parvardigor o‘z siddiq bandasi va payg‘ambarining haqiqiy narxini belgilaydi. 
Uni hech kim sotib ololmaydi, Misr hokimining ham xazinasi yetmaydi - Yusuf 
xaridorini xijolatdan chiqarib o‘z ixtiyori bilan qullikni bo‘yniga oladi. Badiiy 
asarlarda, shuningdek, Rabg‘uziy, “Qisasul anbiyo”sida Yusufning Misr 
bozoridagi holati shu darajada har tomonlama va ruhiy kechinmalarga boy 
tarzda tasvirlanganki, quduq boshidagi narxi uni tamoman o‘zga bir insonga 
aylantirganligi, unda so‘fiyona kayfiyat qaror topganligi aniq bilinadi. 
Yusuf haqidagi badiiy asarlarda mavjud eng ta’sirchan va hayajonli 
lavhalardan biri Yusufning onasi qabri ustidagi holati tasviridir. Bunda ham 
Tavrotga asoslanilgan. Tavrotda Yusufning onasi qabri ustidagi faryodi 
berilmagan bo‘lsa ham, onasining vafot etganligi aytilgan. Bu tasvir Durbekning 
“Yusuf va Zulayho” dostonida keltirilgan bo‘lib, uni qul qilib olib 
ketishayotganda karvondan ajralib, onasining qabri ustida nola qiladi:
Ul mozorni quchib, qilib zori; 
Dedi yuz dard ila shu guftorni: 


17 
Ayri tushdim padardan, ey modar, 
Menga zulm etdilar birodarlar. 
Tosh ila urdilar; zabun bo‘ldim, 
Lola yanglig‘ g‘ariqi xun bo‘ldim. 
Qahr ila choh qa’riga otdilar, 
Oqibat banda debon sotdilar. 
Koshki men ham o‘lsam, ey onajon, 
Senga hamxona bo‘lsam, ey onajon. 
Roviylar deydiki, ul vaqt bul mozor, 
Zori qildi go‘yokim oshiqi zor. 
Dedi: “Yig‘lama, ey ko‘zim nuri, 
O‘tda yoqma bu xoki mansurni. 
Mendan senga bashoratlar, 
Hali qo‘ngay boshingga davlatlar. 
Ki podshoh bo‘larsan Misr shahriga, 
Egilibon kelgaylar eshigingga. 
Dargohingga arzi hol aylagaylar, 
Sadoqatin bayon aylagaylar.” 
Tirik bo‘lganingda o‘gay akalarim qo‘lida bundayin xorlikda qolmasdim, 
ahvolimni ko‘r deya dod solayotganda onasi uning tepasiga kelib unga dalda 
beradi. Bu kunlarning bari o‘tkinchi yaxshi kunlar oldinda ekanligini aytib, 


18 
o‘g‘liga dalda beradi.
5
Payg‘ambar 
Ya’qubning keyingi farzandlarini ko‘proq sevishi 
sabablaridan biri ham ularning onasiz ekanliklarida deb izohlangan. O‘zbek va 
fors-tojik adabiyotida mavjud asarlarda va «Qisasul anbiyo»larda Tavrotdagidek 
Yusufning onasi vafot etgan deb ko‘rsatilgan va Yaqubning Yusuf va Ibn 
Yaminni ko‘proq yaxshi ko‘rganligi onalarining yo‘qligi uchun deyilgan va 
bundan qabr ustidagi holatni tasvirlashda juda ustalik bilan foydalanilgan. 
“Qur’on”da Yusufning onasi tirik bo‘lib, oxirida uning tushi ro‘yobga chiqishi 
tasviri ancha keng yoritib berilgan
6
. Rabg‘uziyning “Qisasul anbiyo” asarida 
ham, Durbek va Andalib asarlarida ham bu epizodlar juda hayajonli chiqqan. 
Ammo buning evaziga Misrda Yusuf tushining hayotda amalga oshishi epizodi 
o‘z-o‘zidan tushib qolgan yoki keltirilgani ham mantiqsiz chiqqan. Ya’ni ayrim 
asarlarda Yusufning onasi qabri ustidagi nolalari ham, oxirida Misrda ko‘rgan 
tushining ro‘yobga chiqishi ham mavjud. 
Fors-tojik va o‘zbek adabiyotida Qissaning Tavrot nusxasi ham katta 
ta’sir ko‘rsatganligini aniq his etish uchun Qur’oni karim va Tavrot nusxalarini 
qiyoslash kerak bo‘ladi.
7
Qissa sura sifatida Qur’oni karimda mavjud bo‘lgan paytlardan boshlab 
Chahoryorlar, Sahobalar, Muhaddislar, mufassirlar, mutasavvuflar va qissaxon 
roviylar “Tavrot’’, “Injil’’ va folklor namunalaridan foydalanib sujetni 
to‘ldirish, mukammallashtirishga kirishganlar va bunda fantaziyaga ham keng 
o‘rin berilgan. Undagi har bir voqea xilma-xil shakl va yo‘nalishlarda 
izohlangan. Keyingi asarlarda arab, fors-tojik va turkiy adabiyotlarda yuzaga 
kelgan “Qisasul-anbiyo”larda ana shu izohlardan foydalanishgan. Bu jihatdan 
ayniqsa Rabg‘uziyning asari qissadagi har bir sahnaning g‘oyat xilma-xil 
tomondan izohlanganligi bilan ajralib turadi. Rabg‘uziy shu qissani yozishda 20 
dan ortiq manbaga murojaat qilgan. 
5
Uch bulbul gulshani. 
6
Qur’oni karim. 
7
Tohirov Q. Xalq qissasi “Yusuf va Zulayho”ning matni va tadqiqi. Sam.: 2001. 6-8 b. 


19 
“Rabg‘uziy bu qissaning ahsan (go‘zal) deyilishi sababini quyidagicha 
izohlaydi: 
1) Qur’ondagi boshqa hamma qissalardan foydasi ko‘proq ekanligi; 
2) Qissa boshdan oxir, bir qavlda qirq yil, boshqa birida sakson yil ichida 
bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘z ichiga olganligi; 
3) Qur’oni karimda boshqa qissalar turli oyat va suralarda, Yusuf qissasi 
esa faqat bir oyat - Yusuf surasida kelganligi; 
4) Boshqa qissalarda voqealar begona odamlar orasida yuz berganligi; 
5) Qissada uch hol: rohatda va mashaqqatlarda Ollohga itoatda, xaloyiq 
orasida ezgu muomalada, yaxshi va yomon kayfiyatda bo‘lganda bag‘ri keng, 
ochiq bo‘lmoq borligi; 
6) Yusufning o‘z og‘alari bilan ezgu muomala qilganligi. ularning 
jafosiga sabr-bardoshli bo‘lganligi; 
7) Qissaning avvali tush, o‘rtasi tush va oxirida ham tush ko‘rish borligi; 
8) Qissaning ishq bilan tamom bo‘lganligi; 
9) Rasul alayhissalomning bu sura haqida aytgan quyidagi gaplari. 
"Kimki o‘n turli baloga yo‘liqsa o‘n surani o‘qisin": vasvasaga tushsa, 
"Alhamdu" surasini; o‘g‘rilardan qutulayin desa, "Suratul baqara"ni; 
qashshoqlikdan qutulayin desa, "Oli Imron"ni; qayg‘u ko‘ngildan ketsin desa, 
"Suratul anom"ni; nifoq ko‘nglumdan chiqsin desa, «Suratul anfol»ni; 
achchig‘im tarqalsin desa, "Suratul asr"ni; qayg‘u menga harom bo‘lsin desa, 
"Alam nashrah"ni; kufr va shirk mendan ketsin desa, "Suratul-ixlos"ni; jodudan 
omonlik tilasa, "Suratul-mu’avvizatayin"ni – bularning hammasidan qutilishni 
istasa, "Yusuf" surasini o‘qisin. 
Suraning "ahsan-ul qisas" (qissaning go‘zali) deyilish sababini yana 
boshqa fazilatlari bilan ham izohlaydilar”
8

Qur’oni karimdan boshlab bu sujet islomiy adabiyotda dastlab arab, keyin 
fors-tojik va turkiy tilda yaratilgan sharhlar va qissalarda mukammallashtirila 
8
Tohirov Q. Xalq qissasi “Yusuf va Zulayho”ning matni va tadqiqi. Sam.: 2001. 4-10 b.


20 
boshlandi. Bunda ayniqsa "Ka’bul-axbor" degan nom olgan Abu Is’hoq Ka’b 
ibn Mote (VII asr)ning xizmati katta bo‘lgan, chunki ko‘p manbalarda, 
jumladan, "Qisasul anbiyo"yi Rabg‘uziyda ham "Ka’bul-axbor" qissalar 
to‘plami ko‘p tilga olingan. Bu kitob boshqa qissa va dostonlarga ham manba 
bo‘lib xizmat qilgan. 
Dastlab "Qissayi Yusuf" deb yuritilgan asarlardan keyin Yusuf yonida 
Zulayho ismi paydo bo‘ldi. Muqaddas kitoblarda Po‘tifar yoki Qutfiyrning 
xotini, Po‘tifarning qizi O‘snat deb nomlangan ayollar Zulayho nomida 
birlashdi. Bir qator mualliflar Zulayhoga ko‘proq kinoya bilan qaradilar, uni o‘z 
tuyg‘ularini jilovlay olmagan ayol sifatida ko‘rdilar, boshqalar unga hamdardlik 
bildirdilar. Ya’qub, Yusuf va Zulayho timsollari butun Sharq she’riyatida eng 
mashhur poetik obrazlarga aylandi. O‘zbek adabiyotida ham bu obrazlardan 
foydalanmagan shoirlarni topish qiyin. 
Buyuk shoir Alisher Navoiy "Yusuf va Zulayho" dostonini yozishni niyat 
qilgan, ammo umri vafo qilmagan. Shoirning bu asari qanday talqinda bo‘lishi 
mumkinligini uning "Tarixi anbiyo va hukamo" asarida keltirilgan sujetdan 
taxmin qilishimiz mumkin. Navoiy bu mavzuda qalam tebratganlardan Abul 
Qosim Firdavsiy, Xo‘ja Mas’ud Iroqiy, Abdurahmon Jomiylarni alohida qayd 
etgan. Yusuf alayhis-salom qissasi ko‘pgina Sharq shoirlari qatori turkiy 
adabiyot vakillarining diqqat-e’tiborini ham o‘ziga doimo jalb etib kelgan. 
Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostoni bu fikrning bir dalili bo‘lsa, ikkinchi 
bir muhim omil, Alisher Navoiyning e’tirof so‘zlaridir
9
. Navoiy Yusuf alayhis-
salom zikrining muqaddimasida bu qissaning naqadar mashhur ekanligini 
ta’kidlab shunday yozadi: 

Yüklə 446 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə