Yusuf va zulayho



Yüklə 446 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/18
tarix24.12.2023
ölçüsü446 Kb.
#160483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
yusuf va zulayho dostonida anana va oziga xoslik

“Yusuf a.s. qissasi andin mashhurroqdurkim, ehtiyoj 
aning tafsilina bo‘lg‘ay, nevchunki g‘arobat va shirinligi uchun akobir ham 
nazm va ham nasr aning sharhi asbobin tuzubdurlar va bayonida sehrlar 
ko‘rguzubdurlar. Ul jumladin biri Firdavsiy Tusiy va yana biri hazrat maxdumi 
9
Нодирхон Ҳасан. “Қисаси Рабғузий”да Юсуф пайғамбар образи талқини. // Ўзбек тили ва адабиёти. 
1996 йил, 4-сон. 


21 
Mavlono Nuriddin Abdurahmon al-Jomiy navvarallohu marqadahukim, 
andoqkim Yusuf a. s.ning husni va jamoli ta’rifdin mustag‘niydur. Alarning 
dog‘i fazl va kamolig‘a vasf hojat emas. Yana xoja Mas’ud Iroqiy ham nazm 
qilibdur va balog‘atning dodin beribdur” 
10
.
Durbek (XIV-asr oxiri — Balx — XV-asr boshi) — o‘zbek shoiri. Uning 
“Yusuf va Zulayho” dostonigina yetib kelgan. Durbekning “Yusuf va Zulayho” 
dostoni 1409 yili yozilgan. Doston asosini Sharqda mashhur Yusuf va Zulayho 
haqidagi rivoyat tashkil etgan. Sharq adabiyotida sayyor sujetga aylanib ketgan 
bu mavzu o‘ziga xos uslubda qaytadan turkiy tilda bayon etilgan. 
Keyingi yillarda dostonning chuqur va batafsil o‘rganilishida 
adabiyotshunos S.Haydarovning xizmati katta bo‘ldi. U Durbek va uning
“Yusuf va Zulayho” dostoni bo‘yicha ilmiy tadqiqod ishlari olib borib, 
kandidatlik dissertatsiyasini himoya qildi. Olim mazkur ishida xalqchillik, 
dunyoviylik motivlari va realizm elementlari dostonda mustahkam o‘rin 
olganligini alohida ta’kidlab o‘tish bilan birga, Durbek ijodini o‘rganish tarixiga 
oid ko‘pgina adabiyotlar ro‘yxatini ham keltiradi. 
Durbek o‘zi yashagan davr manzaralarini doston ruhiga singdirib 
yuborgan. Asarda Balx shahrining qamal qilinishi, shahar xalqi boshiga tushgan 
og‘ir fojialar yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Qamal tufayli yuz bergan 
ochlik, suvsizlik kabi qiyinchiliklarni shahar tashqarisidagi ma’murchilikka 
qarama-qarshi qo‘ygan. Dostondagi qahramonlar faoliyati Markaziy Osiyo 
shahar va qishloqlariga xos tabiat manzaralari, turmush hodisalari, xalq urf-
odatlari tasviri orqali aks ettirilgan. Shoir bosh qahramon Yusufning taqdiri va 
uning hayotga bo‘lgan munosabatini turli vaziyatlarda tasvirlaydi. Yusufning 
insoniy fazilatlari uning zehni va zakovati odamlarga, o‘z eliga muhabbatida 
ko‘zga yaqqol tashlanadi. U behuda qon to‘kmasdan, aql-idrok bilan 
mamlakatni boshqaruvchi odil shoh darajasiga ko‘tariladi. Durbek xotin-qizlar 
10
A. Навоий. Тўла асарлар тўплами. 10 жилдлик. – Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий 
уйи, 2011 йил. 8-жилд. 554-бет. 


22 
latofati va zakovatini yangi jixatlar bilan boyitgan, Zulayho timsolida sadoqatli 
sevgi sohibasi obrazini yarata olgan. “Yusuf va Zulayho” dostonining 
qo‘lyozma nusxasi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida 
(inv. ?185), Parij va Istanbul kutubxonalarida saqlanadi. Yusuf 
haqidagi 
ilk 
dostonlarda Yusuf va Zulayho ilohiy obraz markazida tasvirlansa (masalan 
Yusuf va Zulayhoning qayta yosharishi), keyinchalik Yusuf va Zulayho 
muhabbati dunyoviy talqin qilina boshlandi. Durbek va Abdurahmon Jomiy 
dostonlarida bosh qahramonlar Zulayhoni go‘zal qiz sifatida tasvirlaganlar. 
Shoir Durbek haqidagi ma’lumotlar tarixiy manbalarda deyarli 
uchramaydi. Uning nomi 1920- yillargacha ilmiy adabiyotda ma'lum emas edi.
“Yusuf va Zulayho” dostonining qo‘lyozmasi topilgach, shoir adabiyotshunoslar 
diqqatini jalb etadi. U haqda ilmiy ishlarda umumiy ma'lumotlar bеrildi. 
Asardan parchalar bosildi. Durbеk 1930-40- yillardan boshlab darsliklardan 
ma'lum darajada o‘rin ola boshladi. Shoir ijodini o‘rganishda sharqshunos 
Bеrtеls ancha ishlarni amalga oshirdi. Dostonning qolyozma nusxalari ko‘p 
bo‘lib, dunyoning turli fondlarida saqlanadi. Mamlakatimizda ham uning turli 
davrlarda ko‘chirilgan o‘nga yaqin nusxasi (O‘zFAShI fondida to‘rtta, Til va 
adabiyot institutida bitta, SamDU fondida ikkita, kishilarning shaxsiy 
kutubxonalarida ham mavjudligi aniqlangan) mavjud. Asar mamlakatimizda ilk 
bor 1959-yilda Sh.Sharafitdinov (Xurshid) tomonidan “Fan” nashriyotida chop 
etilgan. Keyinchalik 1987-yilda nashr ettirilgan “Uch bulbul gulshani” kitobiga 
ham kiritilgan.
“Yusuf va Zulayho” dostonining ayrim nusxalari (xususan SamDU 
fondida saqlanadigan nusxasida) “Ayladi bu qissani Durbek bayon” misrasi 
mavjud. Shunga tayangan holda adabiyotshunos olimlar Bеrtеls, Hodi Zaripov, 
P.Shamsiеv, Oybеk, M.Shayxzoda, O.Sharofiddinov, V.Zohidov, I.Sulton, 
H.Yoqubov,G‘.Karimov,A.Qayumov, A.Hayitmеtov, N.Mallaеv, B.Valixo‘jaev, 
S.Haydarov va boshqalar “Yusuf va Zulayho”ning muallifi Durbеk dеb 
ta'kidlaydilar. Biroq ilmiy jamoatchilik orasida “Yusuf va Zulayho”ning muallifi 


23 
Durbеk emas, Ulug‘bеk, Homidiy Balxiy hatto Alisher Navoiy dеgan fikrlar 
ham aytilgan. 90-yillarda chop etilgan umumta’lim maktab darsliklarida esa 
“Yusuf va Zulayho” dostoni muallifi noma'lum asar sifatida bеrildi. Bu 
munozaralarning asosiy sabablari quyidagilar: 
1.
XV asrda yashagan shoir Durbek haqida biron bir tarixiy manba yoki 
tazkirada ma’lumot uchramaydi.
2.
Doston Balx qamal qilingan paytda yozilgan. Uning yozilgan yili abjad 
hisobi vositasida harflar bilan berilgan: 

Yüklə 446 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə