Yusuf va zulayho



Yüklə 446 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/18
tarix24.12.2023
ölçüsü446 Kb.
#160483
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
yusuf va zulayho dostonida anana va oziga xoslik

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
11
Сулаймонова Ф. “Юсуф ва Зулайхо” достонининг Алишер Наоийга нисбат берилган Париж қўлёзмаси 
ҳақида. Адабий мерос. 1973 й. №3. 152-157 бетлар. 


25 
1.2 Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostonida diniy sujet va badiiy 
to‘qima. 

“Yusuf va Zulayho” sujеti xalq orasida nihoyatda mashhurdir. 


Manbalarda Yusuf timsolining juda qadimiy ildizga ega ekanligi, u 
yahudiylarning qadimiy ilohlaridan biri bo‘lsa kеrak dеgan qarashlar bayon 
etilgan. Yozma adabiyotda “Yusuf va Zulayho” sujеti ancha ilgari davrlardan 
boshlab yoritila boshlandi. Abul Muayyad Balxiy, Baxtiyoriy dеgan shoirlar bu 
sujеt asosida asar yozgan dеgan ma'lumotlar mavjud. Lеkin ularning asarlari 
bizgacha saqlanib qolmagan.
Durbekdan keyin ham fors-tojik va turkiy adabiyotning bir qator mumtoz 
namoyandalari bu sujetga murojaat etishgan. Xususan, Abdurahmon Jomiy
“Haft avrang” da Xusrav haqidagi doston o‘rnida Yusuf va Zulayho sujetiga 
murojaat etiladi. Xorazmda yashagan mumtoz turkman shoiri Nurmuhammad 
Andalib ham nasr va nazm yo‘li bilan qissa yaratgan. Shu bilan birga, o‘zbek va 
turkman xalqlari orasida shu nomdagi xalq qissasi ham mashhur bo‘lgan 
(Qarang: Q.Tohirov. Xalq qissasi “Yusuf va Zulayho”ning matni va tadqiqi. –
Samarqand: SamDU nashri, 2002.). 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Durbеkning “Yusuf va Zulayho” dostonini 
1409-yilda Balx qamali davrida yozilgan. Muallif qamal davrida ko‘p kitob 
mutolaa qilganligini, forsiy tildagi “Yusuf va Zulayho” asarlarini o‘qiganligini 
va turkiy tilda asar yozish niyati tug‘ilganini ta'kidlaydi.
Qal’ayi Balx o‘ldi chu darvozaband, 
Poyayi zulm o‘ldi bag‘oyat baland… 
Shahr chu do‘zax kibi zindon edi, 
Tashqari chun ravzayi rizvon edi… 
Goh o‘qur erdim zi kalomi iloh, 
Goh kutub ichra qilur erdim nigoh. 
Goh boqar erdim zi kitobi qisas, 


26 
Goh ichar erdim zi sharobi g‘usas. 
Lek qisas ichra vale mayli jon, 
Qissayi Yusufda edi ul zamon… 
Nasr edi, bu qissa dag‘i porsi, 
Erdi anga jon ko‘zi nazzorasi. 
Bor edi ko‘ngulda burundin bu azm, 
Turki tili birlamu qilsam bu

Yüklə 446 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə