Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari



Yüklə 182,22 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü182,22 Kb.
#140601
1   2   3
8-mavzu jismoniy m

Faoliyat bo’yicha

  • Mashhur rus psixologlari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontyev, D.B.Elkonin va o’zbek psixologi M. Vohidov bolalarga xos o’yin faoliyati haqida qimmatli tadqiqotlar olib borganlar

Bu jihatdan M.Vohidovning milliy g’oya bilan sug’orilgan asarlari ayniqsa diqqatga sazovordir. Olimning uqtirishicha, bolaning yoshi ulg’ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari uning atrofidagi narsalar va hodisalar dunyosi ham kengayib boradi. Bog’cha yoshidagi bolalar haddan tashqari qiziquvchan va o’z atrofidagi hamma narsa va hodisalarni bilishga intiluvchan bo’ladilar.
Mashhur rus pedagogi N.K.Krupskaya aytganidek, O’yin bola uchun tabiiy ehtiyoj hisoblanadi. O’yin faoliyati bolani tashqi muhit bilan bog’laydi
Bolaning o’yin faoliyatida unga xos mehnat, san’at, xayol, tafakkur, iroda, malaka, ko’nikma va odatlar kabi ruhiy jarayonlar va uning individual xususiyatlari to’la mujassam bo’ladi
Bola uchun o’yin tashqi olamni bilishdan tashqari, qudratli tarbiya vositasi hamdir.Shveysariyaning mashhur psixologi Jan Piajening fikricha, bolalar voqyeiy (real) dunyodan tashqari xayollar, afsonalar dunyosida ham yashaydilar
Ana shu jarayonlar uchun yetakchi vosita shaxsning bolalik davridagi o’yin faoliyatidir. Demak, o’yin faoliyati negizida bola o’zini ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi.
Ta’lim faoliyati tufayli shaxs bilim, harakat va amallarni o’rganadi, turmush voqyea-hodisalarii tahlil va umumlashtirish yo’li bilan idrok qiladi.
Ta’lim faoliyatining psixologik jihatlari shundaki, shaxs bu faoliyat tufayli jamiyatga va tabiatga taalluqli bilimlarni o’zlashtirish usullari va shart-sharoitlarini bilib oladi, o’zida bu boradagi malaka va uquvlarni hosil qiladi
Ta’lim faoliyati oliy zot - insongagina xos bo’lib, ko’p qirrali va murakkab jarayon sifatida o’z ichiga bilimlar, tushunchalar, malakalar, odatlar va uquvlar kabilarni oladi
Bilim shaxsning obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarni bilib olishga qaratilgan tasavvurlari va tushunchalaridan kelib chiqadi. Bilim bilish mahsuli bo’lib, tarixiy taraqqiyot davomida o’zgarib boradi, yangi bilimlar bilan to’ldiriladi, tobora chuqur, aniq va ravshan bo’lib boradi.
Shaxsning bilimi voqyea-hodisalarni, ularning mohiyatini paydo bo’lishi, o’zgarishi va rivojlanishini ko’rsatadi, voqyealar o’rtasidagi o’zaro ichki bog’lanishlarni ochib beradi

Yüklə 182,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə