Rivojlanayotgan davlatlarning bank tizimi Reja: Kirish



Yüklə 125,04 Kb.
səhifə1/8
tarix22.03.2024
ölçüsü125,04 Kb.
#180935
  1   2   3   4   5   6   7   8
Rivojlanayotgan davlatlarning bank tizimi


Rivojlanayotgan davlatlarning bank tizimi
Reja:
Kirish
1. Bank va bank tizimining rivojlanish bosqichlari
2.Tijorat banklari faoliyatining ta’moyili
3. Tijorat banklarining funksiyalari
4. O’zbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlangan banklar bilan aloqasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar Ro’yxati:

Kirish.
Keyingi davrlarda sanoat ishlab chiqarishdagi pasayish mavjud mablag‘laridan mahrum bo‘lgan ishsizlar sonining ortishi bilan birga kechdi. Ayni paytda qishloq xo‘jaligidan iqtisodiy faol aholining intensiv chiqib ketishi kuzatildi, biroq bu aholining ma’lum qismi shaharlarda qandaydir ish bilan band bo‘lishi mumkin edi. Bundan tashqari, sanoat ishlab chiqarishning pasayishi xom ashyo va issiqlik resurslariga nisbatan talab va bahoning tushishi bilan namoyon bo‘ldi (oddiy akselerasion bog‘liqlik) tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatning buzilish holatidir. Iqtisodiy inqirozning oqibatlari sifatida real yalpi milliy mahsulotning kamayishi, ommaviy bankrotlik va ishsizlik, aholi turmush tarzining pasayishi kabilarni keltirish mumkin.
Moliyaviy inqiroz ma’lum bir moliyaviy instrumentning qiymati kutilmaganda keskin pasayishi, shuningdek, pulning yetishmasligi holatini ifodalashda qo‘llaniladigan tushunchadir. Bundan tashqari, mazkur tushuncha moliya bozorida, xususan, fond bozorida moliyaviy aktivlar bahosining noxolis shakllanishi natijasida yuzaga kelgan «sovun ko‘piklari»ning «yorilishi» holatini ifodalashda ham qo‘llaniladi.
Moliyaviy inqiroz bu davlat moliya mexanizmining tizimli buzilishi bo‘lib, bunda inflyasiya ko‘rsatkichining sezilarli darajada o‘sishi, qimmatli qog‘ozlar bahosining beqarorligi, byudjet daromadlarining uning xarajatlariga nisbatan keskin nomuvofiqligi, milliy pul birligi almashuv kursining beqarorligi va pasayishi, iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasida to‘lovsizlik muammosining kuchayishi, kapitalning mamlakatdan tez sur’atlarda chiqib ketishi, muomaladagi pul massasining pul muomalasi qonuni talablariga mos kelmasligi kabilar kuzatiladi.
Moliyaviy inqiroz fond bozori hajmining 20 % dan ortiq kamayishi, banklararo kredit bozorida foiz stavkalarining ikki marta oshishi, milliy valyuta kursining 10 % dan ortiq pasayishi holatidir.
Balansning yomonlashish va qattiq ish sharoitlari ba’zi bir moliyaviy institutlarni balanslari salbiy bo’ladigan nochor holatga olib borishi mumkin. Depositor va kreditorlarga to’lash qobiliyati bo’lmaganligidan ba’zi bir banklar biznesdan chiqib ketadi. Agar omillar jiddiy bo’lsa, ular bir nechta banklar birdaniga tizimdan chiqib ketadigan bank vahimasiga olib kelishi mumkin. Salbiy manbayi assimmetrik ma’lumot hisoblanadi. Vahima holatida omonatchilar o’z omonatining xavfsizligidan qo’rqishadi va bank kredit portfelining sifatini bilgan holda o’z omonatlarini bank muvaffaqiyatsizlikka uchraguniga qadar qaytarib olishga harakat qiladilar.
Oxir oqibatda davlat va xususiy korxonalar to’lovga qobilyati bo’lmagan firmalarni sotib yuborishdi yoki yopib yuborishdi. Moliya bozorida noqaniqlik kamaydi, fond bozori qayta tiklandi va natijada balans yaxshilandi. Moliyaviy yemirilish kamayib, natijada moliyaviy inqiroz ham pasaydi. Yaxshi amal qilayotgan moliya bozorlari yana sahnaga chiqdi.
Misol uchun, AQSHning yirik moliyaviy muassasalari Citi Group, Bank of America, JP Morgan Chase, Wells Fargo va boshqalar inqiroz holatiga duch kelganida, bank tizimidagi likvidlilik muammolari, o‘z navbatida, xo‘jalik sub’ektlari va aholining bank tizimiga bulgan ishonchi pasayishiga hamda kredit risklarining ortishiga va iqtisodiy qiyinchiliklarga sabab buldi.
Inqiroz banklarning kreditlash sohasidan ishlab chiqarish sohasiga ko‘chganda: bozorda taklifning talabdan oshishi kuzatildi va bu holat AQSH avtosanoatidagi yoppasiga ishdan bushatishning kuchayishi bilan yakunlandi. AQSHning inqirozga qarshi siyosati bozordagi talabni rag‘batlantirish, yirik biznesga yirik banklar va korporatsiyalarga yetarlicha ko‘mak berishga yo’naltirilgan.
Ishlab chiqarishning tushib ketishi bank kreditlarining qisqarishi, real ishlab chiqarish risklarining ortishi bilan birga kechdi. Ishlab chiqarishning pasayishi va risklarning ortishi, o‘z navbatida, investitsiyalarni, shuningdek, import tovarlariga bulgan talabning kamayishiga olib kelgan.

Yüklə 125,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə