Yetuklik davri



Yüklə 13,58 Kb.
səhifə5/5
tarix12.12.2023
ölçüsü13,58 Kb.
#148796
1   2   3   4   5
YETUKLIK YOSHI

40 yosh inqirozi — hayot o‘rtasining inqirozi bolib, keng tarqalgandir. Bu yosh davridagi inqirozning dastlabki belgilari ichki dunyoning o‘zgarishi — ilgari muhim, qiziqarli deb hisoblangan narsalarga befarq munosabat namoyon boladi. Identiklik inqirozi — o‘ziga o'xshamaslik, boshqacha bolib qolganini his qilishda ko‘rinadi. Inqiroz jismoniy kuchlari va yoqimtoyligining kamayayotganini his qilish bilan bogliqdir. Hayotiy kuchlarining kamayayotganligini anglash — o‘z-o‘zini baholashga va Men konsepsiyasiga qattiq ta’sir qiladi. Ayniqsa bu yoshdagi inqiroz ijod bilan shug‘ullanuvchi kasb egalarida qiyin kechadi.

Eriksonning ta’kidlashicha, o‘rta yetuklik davrida avlodini saqlash hissi kuchayadi, kelgusi avlod va uning tarbiyasiga qiziqish ortadi. Hayotning bu davri turli sohalarda yaratuvchanlik va mahsuldorlik bilan ajralib turadi. R.Pek Eriksonning g‘oyalarini davom ettirib, bu yosh davrida 4 inqirozning kuzatilishini va ularning hal qilinishi navbatdagi shaxsiy rivojlanish uchun zarur sharoit hisoblanadi:

— insonda donolikni hurmat qilish rivojlanadi (jismoniy kuchga nisbatan);

— jinsiy munosabatlarning ijtimoiy munosabatlarga almashinuvi (jinsiy rollarning susayishi);

— emotsional egiluvchanlikni saqlash;

— ruhiy egiluvchanlikka intilish (psixik rigidlikni bartaraf etish), xulq-atvorning yangi shakllarini izlash1.

Yetuklik davridagi inqirozlarning bolalik davridagi inqirozlardan farqlari quyidagilarda kuzatiladi:

— yetuklik davrida asosiy faoliyat turi doimiy bo‘ladi (mehnat, ishlab chiqarish, oila, muloqot va b.), bolalik davrida esa yetakchi faoliyat doimiy ravishda o‘zgarib turadi;

— yetuk shaxs asosiy faoliyat turining ichida chuqur o‘zgarishlar ro‘y beradi;

— yetuklik davri inqirozlari uzoqroq vaqtda (7—10 yosh) paydo bo‘ladi, ma’lum bir xronologik yoshga bog‘lanmagan, ko‘proq ijtimoiy vaziyatga, hayotning shaxsiy sharoitlariga bogliq;

— inqirozlar orasidagi intervallarda rivojlanish tekis kechadi, xronologik chegaralar shartlidir;

— yetuklik davridagi inqiroz anglangan holda, yopiq kechadi, atrofdagilarga keskin namoyon qilinmaydi;

inqirozdan chiqish, uni bartaraf etish shaxsning ichki faolligiga, uning o‘zigagina bogliq. Normal inqirozlardan farqli ravishda anomal rivojlanishda ichki qarama-qarshiliklarni hal qilish uchun nuqsonli shakllardan foydalaniladi. Masalan, spirtli ichimliklarga berilish motivatsion va mazmunli intilishlarning o‘zgarishiga olib keladi.


Yüklə 13,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə