Hisob va biznes



Yüklə 185,03 Kb.
səhifə1/6
tarix22.03.2024
ölçüsü185,03 Kb.
#182637
  1   2   3   4   5   6
Davronov Nodirbek BHAT kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
HISOB VA BIZNES” KAFEDRASI


TEMIR YO'L TRANSPORTIDA BUXGALTERIYA HISOBINING AXBOROT TIZIMLARI
fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Temir yo’l transportida Uzoq Muddatli Aktivlar Hisobini Avtomatlashtirish


Bajardi: MBXA-3 guruh talabasi-Davronov N.H.
Qabul qildi: Sultanova S.M.
Toshkent-2023yil
Mundarija:
Kirish
1. Mavzuning nazariy asoslari va tadqiqot obyektining xususiyatlari
1.1. Uzoq muddatli aktivlarning buxgalteriya hisobi xususiyatlari
1.2. Uzoq muddatli aktivlarning avtomatlashtirish xususiyatlari
2. Tashkilotning tashkiliy va iqtisodiy xususiyatlari
3. Buxgalteriya hisobi avtomatizatsiyasi
3.1. Ish uchun axborot bazasini tayyorlash
3.2. Hujjatlar bilan ishlash
3.3. Hisobotlarni shakllantirish
Xulosa va takliflar
Adabiyotlar ro'yxati
Ilovalar

Kirish

Hozirgi kunda axborot texnologiyasining jadal rivojlanishi davriga guvoh bo‘lib turibmiz. Axborot texnologiyasining ishlab chiqarish jarayonida joriy etish ham yuqori samaraga ega bo'lmoqda. Xuddi shu kabi buxgalteriya hisobini axborot texnologiyalari orqali yuritish ham yuqori samara berishi hech kimga sir emas. Bu borada, mamlakatamizda yetarlicha amaliy tajriba orttirilgan. Masalan, lS: Buxgalteriya dasturiy ta ’minotini milliy qonunchiligimizga moslashtirilishi yoki 1UZ, BEM dasturiy ta’minotlarining ishlab chiqilishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bundan tashqari, bizning fikrimizcha, har bir xo'jalik yurituvchi shaxs o‘z faoliyati xususiyatidan, salohiyatidan kelib chiqib, buxgalteriya hisobini yuritish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqishi yoki faqatgina o‘zi foydalanadigan dasturiy ta’minot sotib olishi mumkin. Ushbu holatda savol tug‘iladi. Buxgalteriya hisobini axborot texnologiyalari asosida yuritishda buxgalteriya hisobi qonunchiligi nuqtai nazaridan qanday talablar va chegaralar qo‘yilgan?


“Buxgalteriya hisobi to‘g ‘risida”gi qonunning 1- va 5-moddalarida buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda hisobot tuzish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi hamda buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanishi o‘matilgan.
1-son BHMS “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” ga asosan hisob siyosati deganda buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzishning qoidalari va asoslariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari tomonidan qabul qiladigan usullar yig‘masi tushuniladi.
Buxgalteriya hisobi usullariga ularni guruhlarga ajratish va xo‘jalik faoliyati faktlariga baho berish, aktivlar qiymatini to‘lash, hujjatlar aylanishini, inventarizatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish usullari, buxgalteriya hisobi schyotlarini qo‘llash usullari, hisob registrlari tizimlari, ma’lumotlami qayta ishlash va boshqa tegishli usullar kiritiladi.
Demak, ma’lumotlami axborot texnologiyalarida qayta ishlanishi korxona hisob siyosatida aks ettirilishi kerak.
Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reestri to‘g'risidagi nizomga asosan dasturiy ta’minot vositalari - algoritm tilida taqdim etilgan operatsiyalar, komandalar va ma’lumotlarning mantiqiy tashkil etilgan yig‘indisidan iborat va muayyan natijaga erishish maqsadida kompyuterda amalga oshirish uchun mo'ljallangan intellektual mulk obyekti. Dasturiy ta’minot vositalari deganda ularni ishlab chiqish davomida olingan tayyorlov materiallari ham nazarda tutiladi.

Yüklə 185,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə