Yetuklik davri


— ilk yetuklik — 17—22 yosh; — 30 yoshlarga o‘tish — 28—33 yosh



Yüklə 13,58 Kb.
səhifə4/5
tarix12.12.2023
ölçüsü13,58 Kb.
#148796
1   2   3   4   5
YETUKLIK YOSHI

— ilk yetuklik — 17—22 yosh;

— 30 yoshlarga o‘tish — 28—33 yosh;

— o‘rta yetuklik — 40—45 yosh;

— 50 yoshlarga o‘tish

—50-55 yosh; — kechki yetuklikka o‘tish

— 60—65 yosh;

— yetuklik davriga kirishning boshlanishi — 17—33 yoshlarga to‘g‘ri keladi. To‘liq yetuk bo‘lish uchun yosh erkak rivojlanish jarayonida vujudga keladigan 4 vazifani uddalashi kerak: 1) orzuga erishish va reallik haqida o‘ylab ko‘rish: asossiz fantaziyalar va umuman erishib bo‘lmaydigan maqsadlar, shuningdek, orzuning umuman yo‘qligi o‘sishga imkon bermaydi; 2) ota-ona bola munosabatlaridan yetuk tengdoshlar dunyosi munosabatiga o‘tishni amalga oshirish uchun ustoz topish; 3) o‘zining karyerasini qurish; 4) «o‘ziga xos ayol» bilan intim aloqalarni o‘rnatish, bu ayol unga kattalar dunyosiga kirishga yordamlashadi, uning umidlarini oqlaydi, uning bogliq xulq-atvori va boshqa kamchiliklariga chidaydi, orzulari amalga oshishida uni qahramon deb qabul qiladi. Levinsonning fikricha, o‘tish davrlarida inson stresslarni boshdan kechiradi, chunki bu davrda maqsadlar, qadriyatlar, hayot tarzi qayta quriladi va qayta baholanadi.

Amerikalik olima G.Shixi, Levinsonning tadqiqotlaridan ilhomlanib, shunday izlanishlarni ayollarda 0‘tkazadi1. Uning tadqiqotlari ham Levinson natijalarini tasdiqladi. Dastlabki inqiroz ilk yetuklikka o‘tishda,

20-22 yoshda namoyon bo‘lib, «ota-ona ildizlaridan bolinish» inqirozi deb ataladi. Yoshlikning asosiy vazifalari va muammolari: hayotiy rejalarni aniqlashtirish va ularni amalga oshirishga kirishish; o‘zligini topish individuallikni ishlab chiqish; o‘zining huquq va majburiyatlarini bilgan yetuk inson deb anglash; turmush o‘rtoq tanlash va o‘z oilasini qurish; kasbiy faoliyatda ixtisoslashish va mahoratni egallash. 30 yoshlar - o‘rta yetuklik, «oltin yoshga» olish yuqori darajada ishchanlik davri.

30 yosh inqirozi — to‘plangan tajriba asosida hayotiy rejalarni korreksiya qilish vazifalari bilan bogliq, kasbiy faoliyat va oilada tartibli va oqilona hayot strukturasini yaratish bilan bog‘liqdir. Yoqimsiz hislarni bartaraf etishga intilgan inson ilgarigi tanlovlari — turmush o‘rtoq, karyera, hayotiy maqsadlarini qayta baholaydi. Ko‘pincha hayot tarzini tubdan o‘zgartirish kuzatiladi; erta qurilgan oilaning buzilishi; kasbiy qayta yo‘1 lash. 30 yoshdan keyin — «ildizlar va kengayish» — moddiy va yashash muammolarini hal qilish bilan bog‘liq, xizmat pog‘onasida ko‘tarilish, ijtimoiy aloqalarning kengayishi, o‘z kelib chiqishini tahlil qilish, ilgari rad etilgan o‘z Menini asta-sekin qabul qilish.


Yüklə 13,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə