Jamiyatda huquqiy ongni shakllantirish va yurtimizda amalga
oshirilayotgan ishlar
Behzod Bahrom o’g’li Norbutayev
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Annotatsiya:
Bilamizki, insoniyat paydo bo’lgan vaqtdan toki hozirgacha
ma’lum bir jamoa, to’da yoki guruhda yashagan va bu orqali jamiyat shakllangan,
Har bir etnik xalqning o’z dunyoqarashi, kelib chiqish va rivojlanish tarixi mavjud.
Ushbu tezisda Yangi O’zbekistonda jamiyat va undagi amalga oshirlayotgan
o’zgarish hamda qabul qilingan qonunlar xususida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar:
Jamiyat, qaror, huquqiy ong, “Yangi O’zbekiston” huquqiy
madaniyat, qonun.
Formation of legal consciousness in society and the work being
done in our country
Behzod Bahrom oglu Norbutaev
Berdakh Karakalpak State University
Abstract:
We know that from the time of the emergence of mankind until now,
a certain community, gang or group has lived and through which society has been
formed, each ethnic nation has its own worldview, history of origin and development.
This thesis discusses the society in New Uzbekistan and the changes taking place in
it, as well as the adopted laws.
Keywords:
Society, decision, legal consciousness, legal culture "New
Uzbekistan", law.
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish deganda avval biz huquq va
huquqiy ong nima ekanligini bilib olishimiz shart. Huquq va huquqiy ongning o’zaro
bog’liqligi Jamiyat hayotining olg’a qarab rivojlanishida huquq ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solib turish yo’li bilan unga uyushqoqlik va tartib kiritadi.
Ijtimoiy hayot rivojiga to’sqinlik qiluvchi, jamiyatning olg’a borishiga halaqit
beruvchi, ya’ni jamiyat munosabatlari uchun noxush bo’lgan hodisalarning oldini
olishda ham huquqning vazifasi kam emas. Huquq - ozodlik me’yorini belgilab yoki
man etib, majburiyat yuklab va aniqlab, odamlarni aniq rivojlanish iziga solib,
ularning fe’li-atvoriga faol ta’sir ko’rsatadi. Huquqning tartibga solish ta’siri, uning
odam ongiga ta’sirida yuzaga chiqadi. Huquqiy talablar ongda aks etib, shaxs
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1829
tomonidan anglab yetiladi, tushuniladi va o’zlashtiriladi, insonning huquqqa
munosabatini belgilovchi taassurot va ishonchning murakkab bilimlar birikmasiga
aylanadi. Huquq, ijtimoiy hodisa sifatida, ongdan tashqarida mavjud bo’la olmaydi.
Huquqiy tizimning asosi huquqiy me’yoriy hujjatlar (qonunlar, qonun asosidagi
hujjatlar) hisoblanadi. Bu hujjatlarni yaratish, normalarni ijod qilish faoliyatini
amalga oshiruvchi alohida organlarga tegishlidir. Umummajburiy huquqiy normalar
yaratish jarayonining o’zi oson emas. U huquqiy meyorni yaratishda ijtimoiy talab va
manfaatni anglab yetish va o’rganish, qonun loyihalarini ishlab chiqish, ularni
muhokama qilish, qabul qilish va qabul qilingan hujjatlarni fuqarolarga yetkazish
bilan bog’liqdir. Bu murakkab, norma ijod qilish jarayonining har bir bosqichi,
sohasida har bir qabul qilingan hujjatni anglab yetish huquqiy ongning bevosita
ishtirokida kechadi. Yaratilayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijodkorlarining
umumiy, huquqiy va kasbiy madaniyati darajasi qancha yuqori bolsa, ular yaratgan
hujjat ham shuncha mukammal bo’ladi. Shuning uchun huquqni ijod qilish jarayoni
qatnashchilariga, huquqiy ongni takomillashtirish uchun, shu sohaning yuqori darajali
mutaxassisi bolishdek yuqori talab qo’yiladi. Ammo, huquq ijod qilish jarayonida
faqat shu kasb bo’yicha tayyorlangan odamlargina qatnashmaydilar. Demokratik
davlatlarda qonun (loyihalari jamiyatning o’zi tomonidan muhokama qilinadi.
Masalan, hozir amaldagi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yoki 1996
yilda Oliy Majlis qabul qilgan Mehnat kodeksi loyihasining qator muhokamalari
ko’pchilikning qiziqishi va xohishini hisobga olib qolmasdan, ularning huquqiy ong
darajasini ham aniqladi. Bundan tashqari, umumiy muhokama jarayonida aholining
jalb qilinishi fuqarolarning huquqiy ongini ko’tarish, uning huquq ijodkorlik
faoliyatidagi salmog’ini oshirishda ham foydalidir. Huquqiy ong huquqni nafaqat
yaratadi va takomillashtiradi, balki rivojlantiradi ham. Uni hayotga tadbiq etishda
muhim vosita bolib xizmat qiladi. Biroq, uning chegarasida bo’lib o’tadigan huquqiy
talablarni anglab olish jarayoni unchalik oddiy bo’lmay, ancha murakkabdir. Huquqiy
talablarga ong munosabatining bir xil bo’lmasiigi shaxsning nafaqat real hayotida,
balki ziddiyatli fe’latvorida o’zgaradi. Har bir davlatga uyushgan jamiyatdagi
qonunbuzarlik shundan dalolat beradi. Huquqiy ong darajasida shaxsning o’zining
huquqiy bilimlari ko`lami ham, huquqni qabul qilish holati ham, ma’naviy o’sganligi
ham shaksiz ko’zga tashlanadi. Huquqiy ongga faqatgina yuqorida sanab
otganlarimiz ta’sir etib qolmay, yana boshqa ko’p omillar ham (jumladan, ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy, maishiy) o’z ta’sirini o’tkazadi. Ijtimoiy-huquqiy yo’l-yo’riq
huquqni baholash, uning talablariga munosabat, o’ta xilma-xil omillar majmuining
ta’siriga bog`liq holda ongda shakllanadi. Shuning uchun, huquqiy talablarga bolgan,
salbiy yoki ijodiy holatning o’zi ham har xilligi bilan farq qiladi. Masalan, bir
odamning qonuniy fe’l-atvori uning axloqiy ongi bilan ta’riflansa, boshqasi faqat
yuridik javobgarlik oldidagi qo’rquv tufayli o’zini to’g’ri tutadi. Huquqni amalga
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1830
kiritishga, demak jamiyatda huquqiy tartib o’rnatishga yordam beruvchi, o’z-o’zini
nazorat qilish, o’z-o’zini tartibga chaqirish kabi tuyg’ular faqat shunday
sharoitdagina rivojlanadi. Huquqiy talablarga rioya qilmaslik, albatta huquqiy
tartibning buzilishiga olib keladi. Xuddi shuning uchun, huquqiy ongning yuqori
darajada rivojlangan bo’lishi, huquqiy tarbiyaning muhim masalasiga aylanadi.
Aholining huquqiy ongini rivojlantirish maqsadida 1997-yil 29-avgustda
“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish” milliy dasturi qabul qilndi.Ushbu
dasturda:
O’zbekiston demokratik huquqiy davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini
shakllantirish yo’lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o’rin
egallamoqda. Barqarorlik va tartib, millatlararo totuvlik va fuqarolar ahilligi tufayli
yosh davlatimiz ishonch va hurmatga sazovor bo’lmoqda.
Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va
jamiyatni ma’naviy o’zgartirish sohasida keng ko’lamli islohotlar o’tkazilmoqda.
O’tkazilayotgan islohotlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning
huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlanmoqda va takomillashtirilmoqda.
Huquqiy madaniyat - umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi. Insonlar
ongida shunday ishonch qaror topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega bo’lgan va
ularni amaliyotda tatbiq eta oladigan kishigina madaniyatli va bilimli deb
hisoblanishi mumkin. Mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash,
ijtimoiy hayotni demokratlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish va huquqiy davlat
asoslarini shakllantirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ushbu Milliy dastur qabul
qilingan.
Milliy dasturning maqsadi aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka
erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo’lishlari hamda huquqiy
bilimlarini kundalik hayotda qo’llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni
shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdir.
Ko’rsatilgan maqsadga erishishda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
-
huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirish;
-
barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga hamda
huquqqa hurmat bilan munosabatda bo’lishiga erishish;
-
aholining huquqiy savodxonligini oshirish; fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy
faolligini ta’minlash.
Yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish bo’yicha davlat siyosatining ustuvor
yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
-
fuqaro, jamiyat va davlatning o’zaro munosabatlarida aholining huquqiy
madaniyati hamda ijtimoiy faolligi yuksalishini ta’minlash;
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1831
-
aholining huquqiy madaniyatini shakllantirishda fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining rolini
kuchaytirish;
-
aholini huquqiy axborot bilan ta’minlash, ilmiy-ommabop yuridik adabiyotlar
nashr qilinishi va tarqatilishini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash;
-
huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya vositalari va usullarini takomillashtirish;
-
yuridik ta’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini
rivojlantirish;
-
huquqiy madaniyatning ilmiy asoslarini tadqiq etishni rag’batlantirish,
ijtimoiy-huquqiy tadqiqotlarni tashkil etish;
-
milliy an’analar hamda jahon tajribasidan foydalanish asosida aholining
huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonning shiddat bilan o’sib, tobora rivojlanib
borayotgan mamlakatga, inson, uning huquqlari, manfaat va erkinliklarini haqiqiy
qadriyat deb biladigan demokratik, ijtimoiy- siyosiy va fuqarolik institutlariga ega
bo’lgan mustaqil va suveren davlatga aylanishini ta’minlab bergan ko’plab hal
qiluvchi omillarni misol qilib keltirish mumkin. O’zbekistonning mustaqil rivojlanish
davrida nafaqat umume’tirof etilgan inson huquqlari va erkinliklarining butun
kompleksini qonuniy mustahkamlagan barqaror huquqiy baza tashkil etildi,balki
inson huquqlari sohasida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga rioya
etishni o’rnatuvchi tartib va mexanizmlar ham yaratildi.
Shu boisdan ham O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9-yanvar
PF-5618- sonli “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini
tubdan takomillashtirish to’g’risida»
5
gi farmoni qabul qilindi.
Aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion
usullaridan, targ’ibotning ilg’or va ta’sirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu
boradagi ijobiy tajribalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti. “Jamiyatda huquqiy
ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish
to’g’risida»gi farmoniga muvofiq “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish
Konsepsiyasi” ishlab chiqildi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish” milliy dasturi 466-I 29.08.1997
2. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi” 5618 09.01.2019
3. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi” asosida
yoshlarda huquqiy ong va odob-axloq normalarini shakllantirish maqolasi
4. Davlat va huquq nazariyasi Boboyev H.B 2005-Yil
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1832
Dostları ilə paylaş: |