Xonliklarning rossiya imperiyasi tomonidan bosib


 Jadidchilik mazmun-mohiyati va maqsadlari



Yüklə 285,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix21.04.2023
ölçüsü285,81 Kb.
#106599
1   2   3   4   5   6   7
9-MAVZU NAZARIY-HSM O\'zbTarix

9.6. Jadidchilik mazmun-mohiyati va maqsadlari 
“Jadid” arabcha soʻz boʻlib, “yangi” degan ma’noni bildiradi. Ismoilbek 
Gaspirali gʻoyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari “jadidlar”, uning gʻoyalari 
esa jadidchilik nomini oldi. Ismoilbek Gaspirali darslik yaratdi, o
ʻ
zining 
“Tarjimon” (1883-1914) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar 
orasida targʻib qildi. Bu gazeta Turkiston oikasi shaharlarida, shuningdek 
Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham tarqala boshladi. 
1892-
yilda Ismoil Gaspirali Turkistonga tashrifi ham jadidchilik 
gʻoyalarining keyingi rivojiga ta’sir korsatdi. U chor ma’murlari hukmdorlari va 
Buxoro amiri Abdulaxadxon qabulida boʻldi. U Buxoro amirini qiyinchilik bilan 
amirlik poytaxtida yangi usul maktabi ochishga kondirishga erishdi. Bu 
maktabga "Muzaffariya" nomi berildi. 1899-
yilda Andijonda Shamsuddin 
domla, 1901-
yilda Qoʻqonda Salohiddin domla, Toshkentda Munavvarqori 
Abdurashidxonov va Samarqandda Abduqodir Shakuriylar birinchi boʻlib jadid 
maktablari ochdilar. 1903-
yilga kelib birgina Turkiston oʻl
kasida 100 dan ziyod 
boshlangʻich jadid usuli maktablari ochilgan edi.
Turkiston jadidlariga Mahmudxoʻja Bexbudiy, Abduqodir Shakuriy
Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqa onlab milliy 
ziyolilar rahnomolik qildilar. Jadidchilik harakatining yirik namoyandalari jadid 


HISOB
O‘ZBEKISTON 
TARIXI
HSM 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI 
16 
maktablari uchun darsliklar ham yaratganlar. Xususan, Saidrasul Aziziyning 
“Ustozi avval” (1903), Munavvarqorining “Adibi avval” (1907), Abdulla 
Avloniyning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” (1912) darsliklari alohida 
e’tiborga molikdir. Jadidlar yoshlarni chet ellarga oqishga yuborish tashabbusi 
bilan chiqdilar. Boy tabaqaning ilgʻor vakillari jadidlarning bu harakatini 
ma’qullab tegishli mablagʻ bilan komaklashdilar. Koʻpgina umidli yoshlar 
Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaning markaziy shaharlariga oqishga 
yuborildi. 1910-
yili Buxoroda mudarris Hoji Rafiy va boshqalar “Bolalar 
tarbiyasi” xayriya jamiyatini tashkil etib, 1911-
yilda 15 ta, 1912-
yilda 30 ta 
talabani Turkiyaga oqishga jo
ʻ
natdi. Jadidchilik Turkistonda madaniy-ma’rifiy 
harakat sifatida rivojlandi va asosiy maqsadi milliy hayotni 
zamonaviylashtirishga qaratildi. Bu jumladan quyidagilarni anglatar edi: 
– xalq ta’limini isloh qilish; 
– adabiyotni rivojlantirish; 
– zamonaviy matbuotni yaratish; 
– islom aqidaparastligi va mutaassibiikni rad etish; 
– zamonaviy teatr va dramaturgiyani yaratish; 
– 
tarix fanini rivojlantirish va oʻzbek xalqining yangi tarixini yozish.
Jadidlar etiqodli, izchil va chinaham musulmonlar boʻlib, hech mahal 
Turkistonda islom dini arkonlarini taftish qilishni istamaganlar. Jadidlar islomni 
har xil sohtaliklardan tozalab, haqiqiy dinni qaror toptirish va dunyoviy bilimlarni 
egallash yoli bilan jamiyatda uning ta’sirini mustahkamlashga erishmoqchi 
edilar. Jadidlarga mutaassib ruhoniylar qarshilik korsatdilar. 
Jadidlarning xalqaro aloqalari keng qamrovli boʻlgan. Ular Rossiya, 
Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi jadidchilik oqimlari dasturlaridan 
xabardor boʻlganlar. Shu bilan birga, jadidlar milliy teatrga asos soldilar. 
Munavvar qori rahnamoligida 1913-
yilda musulmon drama san'ati havaskorlari 
jamiyati
– 
“Turon” truppasi tuzildi. 1914-
yil 27-
fevralda Toshkentdagi “Kolizey” 


HISOB
O‘ZBEKISTON 
TARIXI
HSM 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI 
17 
teatri binosida oʻzbek milliy teatrining 1
-
rasmiy ochilish marosimi boʻldi. Oʻsha 
kuni sahnada Behbudiyning “Padarkush” pyesasi namoyish etildi. 
Abduqodir Shukuriy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar 
qori va boshqalar kuch-
gʻayratlarini oʻz islohotchilik gʻoyalarini aholi orasida 
targʻib etishga qaratishdi. Qattiq qol senzuraga qaramasdan, ular oʻz gazet
a va 
jurnallarini nashr eta boshlashdi. Turkistonda 1906-1908-
yillarda jadidlarning 
“Taraqqiy”, “Shuxrat”, “Xurshid”, 1913-1917-
yillarda “Sadoi Turkiston”, 
“Samarqand”, “Oyina”, “Turon”, “Buxoroi Sharif”, “Sadoi Fargʻona” va boshqa 
gazetalari bosmadan chiqa boshladi. 
Mustamlakachi ma’murlar jadidlar harakatini jilovlash choralarini kordilar. 
Ular ustidan nazorat oʻrnatar, gazeta va jurnallarini man etib, nashriyotlarni 
buzib tashlar, kitob dokonlari, qiroatxonalarni yopib tashlar edi. 
Mustamlakachilarning 
jadidlarga nisbatan qoʻllagan zoravonlik choralari ularni 
ma’naviy-ma’rifiy islohotdan siyosiy qarshilik korsatish darajasiga kotarilishga 
olib keldi. Jadidlar boy tarixiy merosida milliy gʻoya va milliy mafkura alohida 
orin tutadi. Jadidchilik faqat mada
niy hodisa boʻlib qolmasdan, u, avvalo, 
siyosiy hodisa ham edi. Milliy taraqqiyparvarlar oʻz faoliyatida davlat va uning 
qurilishidan tortib, jamiyat va uning ma’naviy hayotigacha boʻlgan barcha 
masalalarni qamrab olishgandi. 
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan 
Jadidchilik madaniy-ma’rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U osib 
mustamlakachilarga qarshi kotarilgan milliy-ozodlik harakatining mafkurasiga 
aylandi. Xulosa qilib aytganda, XIX asrdagi parokandalik, uch xonlikdagi ozaro 
notinchlik va mahalliychilik yurtimizni jahongir davlatlar iskanjasiga soldi. 
Bosqinchilar uchun qulay zamin yaratdi. Natijada, XIX asrning ikkinchi yarmida 
Rossiya imperiyasi Turkiston xalqlarini asoratga soldi. U oʻlkani siyosiy
-hududiy 
jihatdan zabt etibgina qolmay, balki erksevar, zahmatkash xalqni ma’naviy-
ruhiy boysundirishga erishdi.


HISOB
O‘ZBEKISTON 
TARIXI
HSM 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI 
18 
Rossiya imperiyasi oʻlkani Turkiston general
-gubernatorligi, Buxoro 
amirligi va Xiva xonligidan iborat uch qismga boʻlib, tub aholi birligi va siyosiy 
qudratini sindirish yolida barcha vositalardan foydalandi. Mustamlakachilar 
Turkiston xalqlari turmushida nimaiki ularning istiqboliga toʻgʻanoq boʻlsa, ularni 
ozodlik uchun kurashdan chalgʻitsa, hammasini qoʻllab
-quvvatlagan holda, 
istiqlolga xizmat qiluvchi barcha intilishlarning payini qirqdilar. Rossiya 
mustamlakachilarining ogʻir asorati sharoitida ham xalqimiz oʻzligini, milliy 
qadriyatlarini, ma’naviyatini, madaniyatini, urf-odatlari va turmush tarzini saqlab 
qola oldi. 

Yüklə 285,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə