Xonliklarning rossiya imperiyasi tomonidan bosib


 Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy tuzilishi



Yüklə 285,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix21.04.2023
ölçüsü285,81 Kb.
#106599
1   2   3   4   5   6   7
9-MAVZU NAZARIY-HSM O\'zbTarix

9.3. Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy tuzilishi 
1867-yilda Rossiya Imperiyasi harbiy vaziri D.Milyutin, Imperator 
maslahatchisi V.Girs tomonidan “Turkiston o‘lkasini boshqarish tartibi haqida 
Nizom” loyihasini tuzildi va amalda kuchga kirdi. Unga ko‘ra o‘lkada mutlaq 
hokimiyat general-gubernator qo‘lida to‘plandi. Turkiston general-gubernatori 
etib fon Kaufman (1967-1881) tayinlandi. Turkiston general-gubernatorligi 
dastlab tashkil etilganda uning tarkibiga ikkita viloyat Sirdaryo (markazi – 
Toshkent) va Yettisuv (markazi – Verniy (hozirgi Olma-Ota)) kirgan. Turkiston 
general-gubernatorligining viloyatlarga bo‘linishi tabiiy-geografik va aholining 
iqtisodiy shart-sharoitlarini o‘rganish asosida emas, balki o‘lkani bosib olish 
jarayoni bilan bog‘liq holda amalga oshirildi.O‘rta Osiyoning hududlari kengroq 
bosib olinishi natijasida Turkiston general-gubernatorligi tarkibida XIX asr 
oxirlariga kelib besh viloyat tashkil etildi. Sirdaryo (1867), Fargʻona (1876), 
Samarqand (1868), Ettisuv (1867), Kaspiyorti (1881) viloyatlarini shaxsan 
imperatorning ozi tayinlagan harbiy gubernatorlar boshqarardi. 
Turkiston general-gubernatori o‘lkani boshqarishda keng vakolatlarga 
ega edi, harbiy okrug qoshinlari qomondoni, bosh mirshab, bosh prokuror 
boʻlgan . U Buxoro amiri faoliy
atini Rossiya Imperator agentligi orqali, Xiva 
xonini esa Amudaryo bolimi boshligʻi orqali nazorat qilib turgan. Rossiya 
Imperiyasi Turkistondagi mustamlakachilik siyosatini takomillashtirib bordi. 
Ushbu maqsadda 1886-yil 12-iyunda “Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risida 
Nizom” qabul qilindi. 
Ushbu Nizomga muvofiq Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy 
boshqaruvi yangi idora – Turkiston general-gubernatori Kengashi bilan 
to‘ldirildi. Viloyat harbiy gubernatorlari, general-gubernator devoni 


HISOB
O‘ZBEKISTON 
TARIXI
HSM 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI 

boshqaruvchisi, Turkiston harbiy okrugi shtabi boshlig‘I bu Kengashning doimiy 
a’zolari hisoblanishgan. General-gubematorlik Kengashi va to'rt bo'limdan 
iborat mahkama tuzildi. Birinchi bo'lim ma’muriy va nazorat, ikkinchisi 
moliyaviy-xo'jalik, uchinchisi soliq va shaharlar mablag'lari ishlarini 
boshqargan. To'rtinchisi maxsus bo'lim deb atalgan. 
Turkiston general-gubernatorligi viloyatlarga, viloyatlar uezdlarga, 
uezdlar esa volostlarga, volostlar uchastkalarga, uchastkalar esa oqsoqollar 
boshqaradigan hududlarga bolingan. Uyezd boshlig'i ma’muriy, politsiya, 
harbiy hokimiyatlarni o‘zida birlashtirgan, odamlarga jarima solishi, 7 kungacha 
hibsda saqlashi mumkin bo'lgan. Uchastka boshliqlari ham odamlarga jarima 
solishi, 3 kungacha hibsda saqlab turishi mumkin bo'lgan. 
Mustamlakachilar Toshkent shahrini Turkiston general-
gubernatorligining ma’muriy markazi etib tanlashdi. Ma’muriyat Toshkentning 
sharqiy qismidan joy tanlab, tanlangan joydagi mahalliy aholini koʻchirib, 
Rossiyadan kelganlar yashaydigan uylar, kochalar, oromgohlar qurdilar. 
Shaharning bu qismi yangi shahar deb ataldi (shaharni hokim boshqargan). 
Eski shaharning, ya’ni mahalliy aholi yashaydigan qism aholisining rus aholisi 
yashaydigan shahar qismiga otishi ta’qiqlangan edi. 
1877-yilda Toshkentda “Shahar Nizomi” joriy etilgan bo‘lib, unga ko‘ra 
shahar boshqaruvi Dumaga o‘tgan edi. Toshkent shahar Dumasi farmoyish 
beruvchi organ bo'lib, uni shahar hokimi – oqsoqol boshqarardi. Turkiston 
general-gubernatori tomonidan Duma oqsoqoli (golova) etib shahar hokimi 
polkovnik E.P.Pukalov tayinlandi. Noiblar orasidan ijro etuvchi hokimiyat – 
shahar boshqarmasi (mahkamasi) tuziladi. 
Rossiya Imperiyasining Turkistondagi asosiy tayanch ma’muriy va 
majbur qiluvchi tashkiloti politsiya idorasi boʻlib, u katta vako
latlarga ega edi. 
Mustamlakachilik ma’muriyatining muhim huquqiy bogʻini sud organlari 
hisoblangan. Sudlar ikki xil koʻrinishga ega boʻlib, ular sudlar va xalq sudlari 


HISOB
O‘ZBEKISTON 
TARIXI
HSM 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI 

deb atalgan. Ularning birinchisi mustamlakachilik shaklida bolsa, xalq sudlari 
shariat asosida ish yurituvchi qozilik idorasi edi. 
Rossiya imperiyasining 1886-
yilgi “Nizom”i oʻlkaga rus aholisini koʻ
chirib 
keltirish yo
ʻli bilan oʻlkani ruslashtirish harakatini qonunan mustahkamlab, unga 
siyosiy tus berdi. Ko
ʻ
chib keluvchi har bir oilaga 10 t
anobdan ham boʻlmagan 
yer ajratish belgilandi. 15 yil davomida (1875-1890) Turkistonga 1300 oila 
kochib kelib joylashdi. 

Yüklə 285,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə