Xonliklarning rossiya imperiyasi tomonidan bosib


 Turkiston xalqlarining Rossiya imperiyasi mustamlakachilik



Yüklə 285,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix21.04.2023
ölçüsü285,81 Kb.
#106599
1   2   3   4   5   6   7
9-MAVZU NAZARIY-HSM O\'zbTarix

9.5. Turkiston xalqlarining Rossiya imperiyasi mustamlakachilik 
siyosatiga qarshi milliy-ozodlik harakati 
Turkistonni Rossiya Imperiyasi tomonidan bosib olingach, uning siyosiy, 
iqtisodiy, ma’naviy-madaniy hayotida ma’lum o`zgarishlar amalga oshirildi. 
Rossiya Imperiyasining mustamlakachilik siyosati unga qarshi xalqning 
noroziligi oshib borishiga, isyon va qozgʻolonlar koʻ
tarilis
higa sabab boʻldi. 
1880-1883- 
yillarda Xoʻjand, Oʻratepa, Namangan, Oʻsh va Chustda koʻtarilgan 
qozgʻolonlar bunga misol bola oladi. Manbalarda 1885
-1892- 
yillarda Fargʻona 
viloyatida mahalliy xalqning 205 marta norozilik chiqishlari qayd etilgan. 
Qozgʻolo
nlarning harakatlantiruvchi ijtimoiy asosini dehqonlar, shahar 
hunarmand-
kosiblari, kambagʻallar tashkil etdi. Bu harakatlarda mahalliy 


HISOB
O‘ZBEKISTON 
TARIXI
HSM 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI 
12 
ruhoniylar, ziyolilar va ba’zi boy zamindorlar ham ishtirok etdilar. 
1892- yilning yozida Turkiston markazi Toshkentda tarixga “Vabo isyoni” 
yoki “Toshotar voqeasi” sifatida kirgan qozgʻolon boʻldi. 1892
- yilning iyun oyida 
Toshkentda vabo tarqaldi. Shahar ma’muriyati shoshilinch choralar koʻrdi. 
Mustamlaka ma’muriyati tibbiyot nuqtai nazaridan togʻri boʻlgan tadbirlar 
haqi
da aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib bormadi, musulmonchilik odatlari, 
marosim, qonun-qoidalarini hisobga olmadi. Va’da qilingan 4 ta yangi qabriston 
oʻrniga faqat bittasi ochildi. Shaharning taniqli kishilaridan hisoblanmish 
Aziziyor Eshon, Abdulq
osim xoʻja, bozor oqsoqoli Ziyomuhammad 
boshchiligidagi mingga yaqin kishi shahar boshligʻi polkovnik S.R.
Putinsev va 
eski shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub oldiga adolat talab qilib bordilar. 
Ammo ushbu amaldorlarning xalq talablarini mensimasligi, keskin norozilikka 
sabab boʻldi.
Mashhur “Toshotar” voqeasi boshlanib ketdi. Oqsoqol otdan tushib 
hokimning idorasiga qochib yashirindi. Polkovnik Putinsev esa oʻzining xalqni 
tinchitishga urindi. Xalq undan oqsoqolni berishni talab qildi. Putinsev ham 
muzokara oʻrniga kuch ishlatishni afzal koʻrib, toʻpponchasini gʻilofdan chiqarib 
dagʻdagʻaga oʻtdi. Sabr kosasi toʻlgan olomon, uzoq oylab oʻtirmay, hokimga 
hujum boshladi. Qurollangan soldatlar etib kelgach, isyonni bostirdilar. Natijada 
koʻp kishilar halok boʻldi yoki yaralandilar. Qoʻlga olingan 60 kishi turli 
muddatlarga qamoq jazosi va surgunga hukm qilindi. 
Turkistonda koʻtarilgan ozodlik harakatining yana biri 1898
- yilgi Andijon 
qozgʻolonidir. Qozgʻolonga Andijon yaqinidagi Mingtepa qishlogʻida yashovchi 
Muha
mmad Ali Eshon boshchilik qildi. Qozgʻolonchilar Andijondagi 
mustamlakachilarning harbiy gornizoniga bostirib kiradi va bu yerdagi qurol-
yarogʻlarni egallashadi. Yordamga yetib kelgan qoʻshinlar shaharni oʻrab olib, 
qoʻzgʻolonni harbiy kuch bilan shafqatsi
zlarcha bostiradi. 
Jazo qoʻshinlari Muhammad Ali Eshonni tutish uchun Mingtepaga bostirib 


HISOB
O‘ZBEKISTON 
TARIXI
HSM 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI 
13 
kirdilar, uch soatcha otishma va tintuv oʻtkazdilar. Nihoyat, Eshon Arslonbob 
yaqinidagi Toshkoʻprikda qoʻlga tushirildi. Eshon va uning muridlari, tanish
-
bilishlari, maslakdoshlariga nisbatan dahshatli qatagʻon uyushtirildi. Dukchi 
Eshon osib oʻldirildi, 
uning 45 nafar yordamchilari qatl etildi, 208 kishi Sibirga 
surgun qilindi. Dukchi Eshon qozgʻoloni izsiz ketmadi. Butun Fargʻona 
vodiysida mustamlakachilarga qarshi harakat davom etdi. Yakkatut, 
Namangan, Beshariq, Margʻilon va boshqa tuman, qishloqlarda 
mustamlakachilarga qarshi harakatlar boʻldi. 
Rossiya imperatori Nikolay II 1916- yil 25- iyunda Turkiston, Sibir va 
Kavkazdagi 19 yoshdan 43 yoshgacha boʻlgan erkaklarni front orqasidagi 
xizmatlar uchun safarbar qilish togʻrisida farmon chiqardi. Turkisto
n general-
gubernatoriga zudlik bilan farmonni amalga oshirish buyurilib, Sirdaryo viloyati 
zimmasiga 87 ming, Samarqandga 38 ming, Fargʻona zimmasiga 50 ming kishi 
yuborish majburiyati yuklandi. 
Oʻlkada safarbar qilinuvchilarning roʻyxatlari tuzila boshlan
di. Xalq bu 
tadbirga “mardikorlikka olish” deb nom berdi. Mahalliy ma’muriyat 
mardikorlikka chaqirishni boylik orttirish vositasiga aylantirdi. Boylarning 
oʻgʻillari pul bilan qutulib qolar, hambagʻal oilalar esa yolgʻiz ogʻildan, 
boquvchisidan ayrilar edi. Bu hol xalqning kuchli noroziligiga olib keldi. Iyul 
oyida Xojand shahrida norozilik namoyishi boshlanib ketdi. Unga dehqonlar, 
mardikorlar, chorakorlar, ayollar-jami 3000 dan ortiq kishi qatnashib, namoyish 
“Mardikor bermaymiz!” shiori ostida oʻtdi. Pol
itsiya namoyishni bostirishga 
kirishdi, ular ustiga tosh yogʻildi. Harbiy qismdan soldatlar etib kelib 
politsiyachilar bilan birgalikda namoyishni bostirdi. Samarqand uezdining Urgut 
qishlogʻida gʻazabga kelgan 2000 kishilik dehqonlar olomoni volost 
boshqa
ruvining mahkamasi oldiga toʻplandi. Mahkama xodimlari kaltaklandi. 
Oʻsha kuni Samarqand uezdining Siyob, Mahalla, Xoʻja Ahror va Angor 
volostlarida ham namoyishlar boʻlib oʻtdi.


HISOB
O‘ZBEKISTON 
TARIXI
HSM 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI 
14 
11- 
iyulda Toshkentda hunarmandlar, ishchilar, shahar hambagʻallari va 
shahar 
atrofidagi dehqonlar Beshyogʻochdagi politsiya boshqarmasi tomon yoʻl 
oldilar. Namoyishchilar «bolalarimizni bergandan kora ozimiz olganimiz 
yaxshiroq, podshoh oʻ lib ketsin» deya maydonni larzaga keltirib qichqirdilar. 
Mahalliy aholi faollaridan Yolchi I
brohimov (konchi), Gʻulom Kamolov (gʻisht 
teruvchi), ishchi ayol Zuhrabibi Musaeva va boshqalar xalqni podshoh 
hukumatiga qarshi qat'iy kurash boshlashga da’vat etdilar. 
Tez orada jazo qoshini etib keldi. Natijada ular 5 kishini otib oldirishdi, 15 
kishi y
arador boʻldi. Noroziliklar Fargʻona vodiysida tobora kuchaya boshladi. 
Gʻalayonlar Qoʻqon shahri, Kattaqorgʻon, Rishton qishloqlarida ham boʻlib otdi. 
Ularning barchasi ayovsiz bostirildi. 9 iyul kuni Andijon jome masjidida podshoh 
farmoni oqib eshittirildi. Aholi yashin tezligida maydonni toldirdi. Xalq 
safarbarlikni bekor qilishni talab etdi. Politsiya va kazaklarga hujum boshlandi. 
Jazolovchilar qozgʻolonchilarga oʻt ochib 3 kishini oldirib, 12 kishini yarador 
qildilar. 
1916- 
yildagi qozgʻolonning eng kuchli nuqtasi Jizzaxda boʻldi. Shahar 
aholisi 13- iyul kuni safarbarlikka chaqirilganlar royxatini talab qilib oqsoqol va 
mingboshi mahkamasiga toplandilar. Oqsoqolni oʻldirib, mingboshi 
mahkamasini vayron qildilar, royxatni topib olib yondirib tashladilar. Iyul oyiga 
kelib butun Turkiston oʻlkasida harbiy holat e'lon qilindi. Jazo otryadlari va 
mustamlakachi ma’murlarga juda katta huquq berildi. Qozgʻolonchilar safi 
kengayib bordi. 18 iyul kuni Nazirxoʻja Eshon boshchiligida yangi shahar tomon 
yurdilar. Ja
zo otryadi bilan qozgʻolonchilar oʻrtasida boʻlgan toqnashuvda ikkala 
tomondan ham qurbonlar boʻldi.
Turkiston general-
gubernatori Jizzax qozgʻolonini bostirish uchun 
polkovnik Ivanov boshchiligida oltita top va 13 ta rota askar, 300 kishilik kazak 
otryadi 
va 3 rota sapyorlarni safarbar etdi. Jazo I otryadi qozgʻolonni 
shafqatsizlarcha bostirdi. Omon qolgan Jizzax aholisi jazirama choʻlga 


HISOB
O‘ZBEKISTON 
TARIXI
HSM 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI 
15 
haydaldi. Jizzax ishi boʻyicha 1000 dan ortiq kishi hibsga olindi, 151 kishi sud 
qilinib, turli muddatlarga qamaldi. 1916- 
yilgi qozgʻolon butun Turkistonga 
yoyildi, dehqonlar va kambagʻallar qozgʻolonni harakatga keltiruvchi asosiy 
kuch boʻldi. Qozgʻolon bostirilgan boʻlsa
-da, mustamlakachilar ham anchagina 
kuchlaridan ajraldilar. Shuning uchun ham, A. F. Kerenskiy “Urush frontlariga 
yangi bir front-
Turkiston fronti qoʻshildi”,
- deb vaziyatga jiddiy baho bergan edi. 
1916- 
yil qozgʻoloni oʻlkadagi Rossiya Imperiyasi mustamlakachilik tizimining 
yemirilayotganidan darak berardi.

Yüklə 285,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə