Xonliklarning rossiya imperiyasi tomonidan bosib


 Rossiya imperiyasining Turkistondagi iqtisodiy siyosati



Yüklə 285,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix21.04.2023
ölçüsü285,81 Kb.
#106599
1   2   3   4   5   6   7
9-MAVZU NAZARIY-HSM O\'zbTarix

9.4. Rossiya imperiyasining Turkistondagi iqtisodiy siyosati 
Rossiya Imperiyasi Turkistonni bosib olishda albatta, iqtisodiy maqsadga 
ega edilar. Yuqorida ta’kidlanganidek, Rossiya to‘qimachilik sanoati AQSh 
paxtasiga bo‘g‘liq edi. Rossiya to‘qimachilik sanoati uchun keltirilayotgan 
Amerika paxtasi uchun yiliga 30-40 million rubl to‘lab kelardi. Shu boisdan, 
Turkistonni paxta xomashyosi yetishtiradigan bazaga aylantirish Rossiya agrar 
siyosatining bosh maqsadi deb belgilandi. 
1886-yil Nizomga ko‘ra xonliklar davrida davlat mulki hisoblangan yer 
maydonlari Rossiya davlati xazinasiga tegishli, deb e’lon qilindi. Vaqf mulklari 
ham asta-sekin davlat ixtiyoriga olindi. Xususiy mulk hisoblangan yerlar ilgarigi 
egalariga merosiy ravishda foydalanishga berildi va soliq solindi. Ijaraga yer 
olib, undan amalda foydalanib kelayotgan xonadonlarga o‘sha yerlar meros 
qilib biriktirildi va ularga soliq solindi. Shu tariqa, o‘lkaning barcha hosildor 
yerlari Rossiyaning daromad manbaiga aylantirildi. XIX asr oxirida yer solig‘i 4 
million rublni tashkil etgan bo‘lsa, 1916-
yilda 38 million rubldan oshib ketdi. 
Shuning uchun Turkistonda paxta plantasiyalarini kengaytirishga jiddiy 
e’tibor berildi. Paxta plantatsiyalari asosan Farg‘ona viloyatida tashkil etildi. 
Xususan, Turkistonda 1885-1916- yillarda paxta ekiladigan yer maydoni 40 
ming tanobdan 550 ming tanobga ko‘paydi. 1884-yilda hosildorlikni oshirish 


HISOB
O‘ZBEKISTON 
TARIXI
HSM 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI 
10 
maqsadida tajriba- urug‘chilik stansiyasi ochildi. Shu yildan paxtachilikda pishiq 
tolali va hosildor “Amerika” navini ekish keng tarqala boshlandi. 
Shuningdek, Turkistonda yangi ekinlar paydo bo‘lib, Rossiya 
iqtisodiyotiga foyda keltiradigan mahsulotlar yetishtirish oshirildi. Qishloq 
xo‘jaligida pilla yetishtirish ko'paytirildi, o‘lkada qand lavlagi, kartoshka, karam 
ekinlarini ekish o'zlashtirildi. Vinochilik, asalarichilik paydo bo'ldi.
Turkistonni Rossiya bilan bog‘lash uchun qurilgan temir yo‘l tizimi avvalo 
harbiy maqsadlarda qurilgan bo‘lsa-da, uning qurilishi ma’lum darajada o‘lka 
boyliklarini tashib ketishda ham foydalanildi. 1880-1889-
yillar oralig‘ida 
Krasnovodsk, Ashxabod, Marv, Chorjo‘y, Kushka, Buxoro, Samarqand, 
Toshkent, Qo‘qon, Andijon shaharlarini bog‘lovchi O‘rta Osiyo temir yo‘li qurildi. 
1890-1905-yillarda Toshkent–Orenburg temir yo‘Ii qurilib, Turkiston 
Rossiyaning markazi bilan bevosita bog‘landi. 1915-
yilda Buxoro-Qarshi va 
Termiz-Qarshi-Shahrisabz-Kitob temir yo‘li qurildi. 
Turkiston Rossiyaning markazi bilan temir yo‘l orqali bog‘langach, rus 
kapitali (sarmoyalari) o‘lkaga kirib kelishi jadallashfi. Turkistonda Rus-Osiyo 
banki, Moskva savdogarlar banki, Rossiya davlat bankining filiallari tashkil 
etildi. O‘lkada bir qator zavodlar, savdo shahobchalari, oziq-ovqat ishlab 
chiqaruvchi korxonalar qurildi. Paxta va uni xarid qilish bilan shug‘ullanuvchi 
30
ga yaqin savdo shahobchasi vujudga keldi. Turkiston iqtisodiyotiga yirik 
sarmoyadorlar ta’siri kuchaydi. Masalan, yirik sarmoyador Vodyaevlar 
Turkistonda “Vodyayevlar savdo uyi”ni tashkil etib, 30 ta paxta zavodi qurdi. 
Farg‘ona vodiysidagi keng paxta dalalari, temir yo‘llar, paxta tozalash zavodlari 
va Ivanovo to‘qimachilik korxonalari ham ushbu shirkatga tegishli edi. 
Turkistonda sanoat tarmoqlarining rivojlanishi ta’sirida milliy 
sarmoyadorlar va ishchilarning shakllanish jarayoni boshladi. 1914-
yilgi 
ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lkada 49,5 ming ishchi bo'lib, ulardan 25,5 mingi 
sanoatda, 24 mingi temir yo‘l va unga xizmat qiluvchi ustaxonalarda ishlagan. 


HISOB
O‘ZBEKISTON 
TARIXI
HSM 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI 
11 
Turkistonda paxta tozalash zavodlari, do‘konlar, tegirmonlar, yirik bog' va 
uzumzorlarga ega bo'lgan mahalliy mulkdorlar ham faoliyat yuritdi. 
Turkiston iqtisodiyotining mustamlakachilik xususiyatidan yana biri, o‘lka 
Rossiya tovarlari sotiladigan bozorga aylantirildi. 1895-
yilda Turkistonda 
Rossiya korxonalarida tayyorlangan taxminan 6 million rubl miqdorida temir, 
mis, chinni buyumlar, gazlama, yog‘och, choy, oziq-ovqat va boshqa buyumlar 
sotilgan bo‘lsa, 1914-
yilda sotilgan buyumlar salmog‘i 243 million rubldan 
oshib ketdi. Sotilgan mahsulotlarning 40 foizini o‘lkadan tashib ketilgan 
paxtadan Rossiya to‘qimachilik korxonalarida to‘qilgan gazlamalar tashkil 
etardi. 
Rossiya savdogarlari va sanoatchilari Turkistonda sanoat mahsulotlari 
sotishdan ham, bu yerdan xomashyo sotib olishdan ham katta daromad 
olardilar. Shunday qilib, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston Rossiya 
Imperiyasining nafaqat siyosiy, shuningdek, iqtisodiy mustamlakasiga 
aylantirildi. O‘lkada tramvay, telegraf, elektr, telefon, temir yo‘l kabi fan-texnika 
yutuqlarining paydo bo‘lishi shu davrga to‘g‘ri kelishini ta’kidlash zarur. 

Yüklə 285,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə