Xiv -mavzu. Raqobat va yakka hokimlik


Raqobat muhitiga ko`ra bozorlarning xususiyatlari



Yüklə 374,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix31.12.2021
ölçüsü374,42 Kb.
#82218
1   2   3   4   5   6
14 МИКРОИҚТИСОДИЁТ УМК-243-262

Raqobat muhitiga ko`ra bozorlarning xususiyatlari 

 

Mezonlar 

Sof 

Raqobatli 

bozor 

Nomukammal raqobatli bozor 

turlari 

Monopo- 

listik 

raqobatli 

Oligopo- 

liya 

Sof mono- 

poliya 

Bozordagi firmalar soni 

juda ko`p 

ko`p 


kam 

yagona 


Raqobat turi 

narx orqali 

narxsiz 

kelishuv 

yo`q 

Tarmoqqa kirish yoki 



chiqishga to`siqlar 

yo`q 


kuchsiz 

odatda 


bor 

bor 


Mahsulotni tabaqalanishi 

yo`q, bir 

xil 

bor 


mumkin 

yo`q (bitta 

mahsulot) 

Mahsulotga talab elastikligi  eng yuqori 

o`rtacha 

kichik 


eng kichik 

Iqtisodiy foyda olish 

imkoniyati 

uzoq muddatli oraliqda 

iqtisodiy foyda yo`q 

firmalar doimo 

iqtisodiy foyda oladi 

Narx va chekli xarajat 

nisbati 

narx chekli 

xarajatga 

teng 


(

P

=

MC

narx chekli xarajatdan katta 



(



MC




240 

 

Misol 



qishloq 

xo`jaligi 

bozori 

restoranlar, 

dorixonalar 

mineral 


o`g`itlar 

bozori 


O`zbekiston 

temir 


y o`llari 

 

Oligopoliya 

- bu bozor tizimida biror bir tovarni sotishda cheklangan 

firmalar hukmronlik qiladi. 

Monopol  raqobat  bozori 

to`liq  raqobatlashmagan  bo`lib,  unda 

qatnashadigan firmalar soni ko`p bo`lib, ularning har biri o`z tovarlari 

narxini  ma`lum  chegarada  nazorat  qiladi,  ya`ni  ular  kichik  bo`lsa  ham 

monopol hokimiyatga ega. 

Monopsoniya 

- xaridor bitta bo`lib, sotuvchilar ko`p bo`lgan bozor. 

Agar  bozorda  monopolist-  sotuvchi  bilan  monopolist  xaridor 

uchrashsa,  bunday  holda  ikki  tomonlama  monopoliya  bo`ladi.  Agar 

tarmoqda  faqat  ikkita  firma  faoliyat  ko`rsatsa,  bunday  oligopolik  xususiy 

holga  duopoliya  deyiladi.  Agar  biz  bozor  taklifi  va  talabining  har  xil 

shakldagi variantlar kombinatsiyasini qarasak, bozor tizimlari soni yanada 

ko`payadi. 

 

14.2.

 

Sof monopoliya va bozor hokimiyati 

Raqobatlashgan  bozorda  juda  ko`p  sotuvchilar  va  xaridorlar 

qatnashadi,  shu  sababli  ulardan  birortasi  ham  tovar  narxiga  ta`sir 

qilaolmaydi,  narxni  bozorning  o`zi  talab  va  taklifga  ko`ra  shakllantiradi. 

Sotuvchilar  va  xaridorlar  bu  narxni  qabul  qiladilar  va  shu  narxga  ko`ra 

qancha  mahsulot  sotish  kerak  yoki  qancha  mahsulot  sotib  olish  kerakligi 

bo`yicha  qaror  qabul  qiladilar.  Sof  monopoliya  raqobatlashgan  bozorning 

aksi  bo`lib,  bu  yerda  bitta  sotuvchi  va  ko`plab  xaridorlar  qatnashadi.  Sof 

monopolistning raqobatchisi yo`q. 

Sof  monopoliya  mahsulot  o`rnini  bosadigan  boshqa  mahsulot 

bo`lmagan  hududlarda  vujudga  keladi.  Umuman  olganda  jahon  va  milliy 

bozorlarda bitta mahsulotni bitta sotuvchi tomonidan sotilishi kamdan-kam 

uchraydi.  Sof  monopoliya  ko`proq  mahalliy  bozorlarga  xos  bo`ladi. 

Masalan,  tumandagi  yagona  kitob  magazini,  yagona  telefon  stantsiyasi, 

yagona  tish  doktori,  yagona  jarrox  yoki  bo`lmasa  mahalliy  kommunal 

xo`jaligi  xizmati.  Yuqorida  keltirilgan  sub`ektlar  bozor  sharoitida  narxga 




241 

 

ta`sir qilish uchun real hokimiyatga ega. 



Sof  monopoliyaning  vujudga  kelishiga  ta`sir  qiluvchi  yana  bir  omil 

bu  -  tarmoqqa  kirish  to`siqlarining  kuchliligidir.  Biror  mahsulotni 

sotishdan  tushadigan  iqtisodiy  foyda  yuqori  bo`lsa,  bu  raqobatlashgan 

bozor  sharoitida  boshqa  firmalarni  ham  shu  bozorga  kirib  kelishi  uchun 

signal  bo`lar  edi.  Agar  monopol  firma  iqtisodiy  foyda  ola  boshlasa,  bu 

boshqa  firmalarni  ham  ushbu  mahsulotlarni  ishlab  chiqarishga  undaydi. 

Demak sof  monopoliyani saqlab qolish uchun, boshqa raqobatlashmoqchi 

bo`lgan  firmalar  uchun  maxsus  to`siqlar  bo`lishini  taqazo  qiladi.  

Tarmoqqa  kirish  to`siqlari  -  bu  monopol  firma  bozoriga  boshqa 

sotuvchilarni kirib kelishini to`xtatuvchi cheklanishlar. 

Tarmoqqa kirish to`siqlaridan quyidagilarni ko`rsatish mumkin. 

1.

 



Davlat  tomonidan  berilgan  maxsus  huquq.  Masalan  mahalliy 

hokimiyatlarda  aholiga  transport  xizmati  ko`rsatish,  pochta  xizmati 

ko`rsatish,  kommunal  xizmati  ko`rsatish  va  aloqa  xizmati  ko`rsatish 

bo`yicha monopol huquqlar berib, rasmiy to`siqlar yaratadi. 

2.

 

Patentlar  va  mualliflik  huquqi,  yangi  texnologiya  yaratganlar 



uchun  patent  va  mualliflik  huquqi  berilishi,  ularga  ushbu  yangilikni 

sotishda,  undan  foydalanish  uchun  litsenziya  berishda  monopol  huquq 

beriladi.  Lekin  bunday  huquq  ma`lum  muddatgacha  kuchga  ega  bo`ladi. 

AQSH  da  patent  qonuniga  ko`ra  ixtirochi  o`z  ixtirosiga  17  yil    egalik 

qiladi. 

3.

 



Biror  bir  ishlab  chiqarish  resursi  taklifiga  egalik  qilish.  Masalan, 

Amerikaning  «De  Birs»  kompaniyasi  jahonda  sotiladigan,  qayta 

ishlanmagan  olmosning  85  foizini  nazorat  qilgani  uchun,  olmos  bozorida 

monopol  hokimiyatga  ega.  Yuqoridagilardan  tashqari  insonning  noyob 

qobiliyati va bilimi ham manopoliyani vujudga keltiradi. 

Ishlab  chiqarish  masshtabi  kengayishining  musbat  samarasi  ham 

tarmoqqa kirish uchun to`siq bo`lishi mumkin. Masalan, avtomobil` zavodi 

ma`lum  miqdorda  avtomobil  ishlab  chiqarishga  erishgandagina,  uning 

umumiy xarajatlari minimal bo`ladi. 


Yüklə 374,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə