242
tovarning mavjudligi va tovarning bozordagi ulushi bilan belgilanadi.
Monopol hokimiyatga ega bo`lish uchun firmaning sof monopolist bo`lishi
shart emas. Firma mahsulotiga bo`lgan talab chizig`i raqobatlashgan
bozordagiday garizontal bo`lmasdan, pastga yotiq bo`lishi kifoyadir. Agar
talab chizig`i pastga yotiq bo`lsa, firma taklif hajmini oshirib yoki
kamaytirib, mahsulot narxini o`zgartirishi mumkin.
Umumun olganda monopolist narxni nazorat qilishidan yutuqqa ega
bo`ladi. Monopolistning taklifi raqobatlashgan bozor taklifiga ko`ra kam
bo`ladi, tovar narxi esa, raqobatlashgan narxga nisbatan yuqori bo`ladi
(monopol narx chekli xarajatdan yuqori).
Tovarlarni monopol narxda sotilishi jamiyat xarajatini ko`paytiradi,
aholining turmush darajasiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Nima uchun deganda,
ushbu tovarni sotib oluvchilar ko`proq pul sarflaydi, shu tovarni sotib
oluvchilar soni ham kamayadi. Shuning uchun ham monopoliyaga qarshi
qonun, bozorlarni monopoliyaga aylantirishga yo`l qo`ymaydi.
Dostları ilə paylaş: