Xalq banki tizimida shartnomalarni tuzish bo‘yicha Tavsiyalar


 Kredit qaytarilishining ta’minlanishi



Yüklə 212,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü212,06 Kb.
#133383
1   2   3   4   5   6   7
dYzu qgQdtY6lgPdsDJgGhDqyDsM2kVjBja2-o7onWnGgjvtRftjaCr5efxQkM H

5. Kredit qaytarilishining ta’minlanishi 
5.1. Mazkur shartnoma asosida ajratiladigan kreditning ta’minoti sifatida, kredit mablag‘lari hisobiga sotib 
olinayotgan _________________________rusumli avtomashina narxini o‘zaro kelishuv dalolatnomasiga asosan 
________________ (________________________________________) so‘mga garovga olish to‘g‘risidagi garov 
shartnomasi bilan ta’minlanadi. 
5.2. Bankning ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyati (kredit ajratish) kredit qaytarilishining ta’minlanishini 
belgilovchi hujjatlar belgilangan tartibda to‘liq rasmiylashtirilgandan va u Bank tomonidan olingandan so‘ng kuchga 
kiradi. 
6. Tomonlarning javobgarligi 
6.1. Asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilganda (muddati o‘tgan kredit), Qarz oluvchi Bankka butun 
kechiktirilgan davr uchun shartnomada belgilangan foiz stavkasining 1,2 baravar oshirilgan miqdorida yuqori foiz 
to‘laydi. 
Foizlarni belgilangan muddatlarda to‘lamaganligi va ular bo‘yicha muddati o‘tgan summalar vujudga kelgani 
uchun Qarz oluvchi Bankka kechiktirilgan to‘lovning har bir kuni uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4% 
miqdorida, ammo kechiktirilgan to‘lov summasining 50%dan oshmagan miqdorda penya to‘laydi. 
6.2. Mazkur shartnomada ko‘rsatilgan muddatda kredit ajratilmaganda, Bank Qarz oluvchiga kechiktirilgan 
to‘lovning har bir kuni uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,1% miqdorida, ammo kechiktirilgan to‘lov 
summasining 10%dan oshmagan miqdorda penya to‘laydi. 
7. Nizolarni hal etish tartibi 
7.1. Tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha yuzaga kelgan nizo va kelishmovchiliklarni muzokaralar o‘tkazish 
orqali hal qilishga harakat qiladilar. 
7.2. O‘zaro kelishuvga erishilmagan nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga 
asosan tegishlilik bo‘yicha sud tartibida hal etiladi. 
8. Boshqa shartlar 
8.1. Ushbu shartnomaning shartlarini o‘zgartirish yoki uni bekor qilish qo‘shimcha kelishuv tuzish orqali 
amalga oshiriladi. Mazkur shartnomaga kiritiladigan har bir o‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma ravishda tuzilib, 
tomonlar imzolaganidan so‘ng haqiqiy hisoblanadi. Barcha o‘zgartirish, qo‘shimchalar va ilovalar mazkur 
shartnomaning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
8.2. Ushbu shartnoma bekor qilinishida Qarz oluvchi kredit bo‘yicha asosiy qarz va
hisoblangan foizlarni to‘liq qaytarishi shart. 
8.3. Qarz oluvchini kredit tarixini o‘rganish maqsadida, uning kredit tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlari 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit axboroti milliy institutining (keyingi o‘rinlarda – KAMI)
ma’lumotlar bazasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit berilishidan oldin olinadi. 
8.4. Ushbu shartnomada ko‘zda tutilmagan, u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha munosabatlar
O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
8.5. Tomonlarning manzillari o‘zgargan hollarda 5 (besh) ish kuni ichida bir-birlarini yozma ravishda 
xabardor qilishlari shart. 
8.6. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan to‘rt nusxada tuzilgan bo‘lib, taraflarda bir 
nusxadan saqlanadi. 

Yüklə 212,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə