Xalq banki tizimida shartnomalarni tuzish bo‘yicha Tavsiyalar


 Qarz oluvchining huquqlari



Yüklə 212,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü212,06 Kb.
#133383
1   2   3   4   5   6   7
dYzu qgQdtY6lgPdsDJgGhDqyDsM2kVjBja2-o7onWnGgjvtRftjaCr5efxQkM H

3.4. Qarz oluvchining huquqlari: 


3.4.1. Oldindan (5 bank ish kuni davomida) Bankni xabardor qilib, kredit olishdan to‘liq yoki qisman voz 
kechish; 
3.4.2. Kredit qarzdorligini hech qanday jarimalarsiz muddatidan oldin qaytarish; 
3.4.3. Kreditlash va hisob-kitoblar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy hujjatlari va 
Bankning ichki me’yoriy hujjatlaridagi o‘zgarishlar haqida Bankdan ma’lumot olish. Shuningdek, Xalq bankining 
“Contact centr”i orqali bankdan olingan kredit yuzasidan tegishli ma’lumotlarni olish. 
4. Hisob-kitoblar tartibi va shartnoma bahosi 
4.1. Mazkur shartnomada ko‘rsatilgan shartlar asosida Bank kredit summasini Qarz oluvchining ssuda hisob 
raqamidan pul o‘tkazish yo‘li bilan iste’mol tovari sotib olish uchun to‘laydi. 
4.2. Qarz oluvchi berilgan kredit uchun foizlarni Bankka mazkur shartnomada belgilangan muddatda va 
miqdorda Bank amalga oshirgan hisob-kitob asosida to‘laydi. 
4.3. Kreditdan foydalanganlik uchun foizlar har kuni Bank tomonidan hisoblab boriladi. 
4.4. Qarz oluvchi shartnoma shartlariga asosan ajratilgan kreditni hamda u bo‘yicha hisoblangan foizlarni 
naqd pulda yoki bank plastik kartasi orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi. Avval foizlar bo‘yicha 
hisoblangan qarzdorlik, keyin kredit bo‘yicha asosiy qarz qaytariladi (qoplanadi). 
4.5. Mazkur shartnoma bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar yuzaga kelgan hollarda, Bank o‘zining 
talablarini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan tegishli pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 783-moddasiga muvofiq Qarz oluvchining hisobvarag‘i (plastik karta, omonat va b.)dan akseptsiz 
tartibda (roziligisiz) ko‘chirib (undirib) oladi, shuningdek, qarzdorliklar Notariusning ijro xati asosida qoplanishi 
mumkin. Bank bu haqda Xalq bankining “Contact center” operatorlari orqali Qarz oluvchining mobil telefoniga SMS 
xabarnoma yuboradi. 

Yüklə 212,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə