Xalq banki tizimida shartnomalarni tuzish bo‘yicha Tavsiyalar


 Tomonlarning huquq va majburiyatlari



Yüklə 212,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix28.11.2023
ölçüsü212,06 Kb.
#133383
1   2   3   4   5   6   7
dYzu qgQdtY6lgPdsDJgGhDqyDsM2kVjBja2-o7onWnGgjvtRftjaCr5efxQkM H

3. Tomonlarning huquq va majburiyatlari 
3.1. Bankning majburiyatlari: 
3.1.1. Qarz oluvchiga mazkur shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda va shartlarda ushbu shartnoma kuchga 
kirgandan so‘ng, besh bank ish kuni ichida kredit ajratish. 
3.1.2. Olingan kreditni hisoblash uchun Qarz oluvchiga ssuda hisob raqamini ochish. 
3.1.3. Qarz oluvchini Bank tomonidan kreditni muddatidan oldin undirish faktlari va sabablari haqida 
xabardor qilish. 
3.2. Qarz oluvchining majburiyatlari: 
3.2.1. Kredit va unga hisoblangan foizlarni mazkur shartnomada belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida va 
to‘liq qaytarilishi hamda to‘lanishini ta’minlash. 
3.2.2. Kreditdan faqat mazkur shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarda foydalanish. 
3.2.3. Kreditdan foydalanish jarayonida kreditlashning asosiy tamoyillari: 
muddatlilik, qaytarishlilik, maqsadlilik, to‘lovlilik, kredit qaytarilishining ishonchliligi va ta’minlanganlik talablariga 
rioya qilish. 
3.2.4. Bank xodimlariga maqsadli tekshirishlar (kreditdan maqsadli foydalanish va tovarning butligi 
masalalari bo‘yicha) o‘tkazishlari uchun ruxsat berish.
Maqsadli tekshirishlar muddati Qarz oluvchining roziligisiz Bank tomonidan belgilanadi. 
3.2.5. Mazkur shartnoma kuchda bo‘lgan davrda va Qarz oluvchining mazkur shartnoma bo‘yicha 
majburiyatlarini bajarish imkoniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlar bo‘lsa, Bankning oldindan roziligini 
olmasdan, Qarz oluvchi quyidagi harakatlardan birortasini amalga oshirmasligi zarur: 
- boshqa banklardan kredit va qarz olish, uchinchi shaxslarning kreditorlari oldida kafil (yoki garant) bo‘lish; 


- kredit hisobiga sotib olingan avtotransport vositasini sotish yoki boshqa yo‘llar bilan begonalashtirish
begona shaxslarga berish, ijaraga berish, garovga qo‘yish va uchinchi shaxslar foydasiga o‘z mulkiga nisbatan boshqa 
imtiyozli huquqlarni vujudga keltirish; 
3.2.6. Mazkur shartnoma bo‘yicha bir yilda bir marta hisobot yilining 10-yanvariga qadar Bankka o‘rtacha 
oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnomani taqdim etish; 
3.2.7. Qarz oluvchining ish joyi, yashash manzili, familiyasi, ismi o‘zgarganda 5 kun muddat ichida Bankni 
xabardor qilish; 
3.2.8. Qarz oluvchi o‘zining va Birgalikda qarz oluvchilarning bankdagi barcha bank hisobvaraqlari (plastik 
karta, omonat va boshqa) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bankka taqdim etish; 
3.2.9. Xalq bankining “Contact center” operatorlari qo‘ng‘iroqlariga xushmuomalalik bilan javob berish va 
muloqotda bo‘lish hamda SMS xabarlarini ijobiy qabul qilish; 
3.2.10. Telefon raqami o‘zgargan hollarda, zudlik bilan Bankni xabardor qilish. Bunda, telefon raqami 
o‘zgargan kundan boshlab ikki ish kunida Xalq bankining “Contact center” operatorlari orqali Bankni xabardor qilishi 
majburiyatini oladi. 

Yüklə 212,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə