Xalq banki tizimida shartnomalarni tuzish bo‘yicha Tavsiyalar



Yüklə 212,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix28.11.2023
ölçüsü212,06 Kb.
#133383
1   2   3   4   5   6   7
dYzu qgQdtY6lgPdsDJgGhDqyDsM2kVjBja2-o7onWnGgjvtRftjaCr5efxQkM H

3.3. Bankning huquqlari: 
3.3.1. Qarz oluvchi to‘lovga layoqatsiz deb topilganda, kreditni qaytarish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini 
bajarmaganda, kreditdan maqsadsiz foydalanganda 
(kredit hisobiga sotib olingan avtotransport vositasini garovga 
qo‘ymasdan begonalashtirish kabi holatlar
), shartnoma imzolangandan keyin taqdim etilgan kreditni qaytarilishiga 
ta’sir ko‘rsatuvchi ma’lumotlarning haqqoniy emasligi aniqlanganda hamda Bankning ushbu shartnoma bo‘yicha
majburiyatlari kuchga kirganidan so‘ng Qarz oluvchi tomonidan kreditdan bir oydan ko‘p muddat davomida 
foydalanilmaganda, (to‘lov hujjatlarini taqdim etmaslik) ushbu shartnomada nazarda tutilgan kreditni berishdan 
butunlay yoki qisman bosh tortish. 
3.3.2. Kreditlash jarayonida ajratilgan kreditga tegishli bo‘lgan holatlarni (kreditdan maqsadli foydalanish, 
kreditning ta’minlanganligi, kreditga layoqatliligi va boshqalar) tahlil qilish. 
3.3.3. Qarz oluvchini xabardor qilib, boshlang‘ich foiz stavkasini Markaziy bankning qayta moliyalashtirish 
stavkasidan kelib chiqqan holda o‘zgartirish. Boshlang‘ich foiz stavkasini o‘zgartirish Bankning mutlaq huquqi bo‘lib, 
Qarz oluvchi foiz stavkasinining Bank tomonidan bir tomonlama o‘zgartirilishiga o‘z roziligini bildiradi. 
3.3.4. Bevosita Qarz oluvchi joylashgan yerda maqsadli tekshirishlarni amalga oshirish. 
3.3.5. Quyidagi hollarda Qarz oluvchini bundan buyon kreditlashni to‘xtatish va foizlarni hamda kredit 
bo‘yicha asosiy qarzni muddatidan oldin, jumladan, undiruvni kredit ta’minotiga qaratish orqali undirish: 
- kreditdan maqsadsiz foydalanilganda, (
kredit hisobiga sotib olingan avtotransport vositasini sotish yoki 
boshqa yo‘llar bilan begonalashtirish, begona shaxslarga berish, ijaraga berish, garovga qo‘yish va uchinchi
shaxslar foydasiga o‘z mulkiga nisbatan boshqa imtiyozli huquqlarni vujudga keltirish
); 
- ___ kundan ortiq muddatda kredit bo‘yicha asosiy qarz va foizlar to‘lanmaganda; 
-mazkur shartnomaga asosan Bank tomonidan monitoring o‘tkazilishidan bo‘yin tovlaganda (bosh 
tortganda); 
- Qarz oluvchi tomonidan Bankka kredit hujjatlari rasmiylashtirilayotganda taqdim etilgan ma’lumotlar 
haqqoniy emasligi aniqlanganda; 
- ajratilgan kreditning qaytarilishi turli sabablarga ko‘ra ta’minlanmagan bo‘lib qolgan hollarda, shuningdek
kredit qaytarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mazkur shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlar 
bajarilmaganda; 
Bunday hollarda Bank oldindan 15 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida Qarz oluvchini ogohlantiradi, 
ammo Qarz oluvchining Bank tomonidan ogohlantirilmaganligi Bankning bundan buyon kreditlashni to‘xtatish va 
foizlarni hamda kredit bo‘yicha asosiy qarzni muddatidan oldin undirishga bo‘lgan huquqiga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatmaydi. 
3.3.6. Qarz oluvchining kredit tarixini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni Banklararo kredit 
byurosiga taqdim etish. 
3.3.7. Mazkur shartnoma bo‘yicha Qarz oluvchining muddati o‘tgan qarzdorligi yuzaga kelgan hollarda
Bank o‘zining talablarini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan tegishli pul mablag‘larini (asosiy kredit, foiz, penya) 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 783-moddasiga muvofiq Qarz oluvchi va Birgalikda qarz 
oluvchilarning barcha hisobvaraqlari (plastik karta, omonat va b.)dan akseptsiz tartibda ko‘chirib (undirib) olish 
huquqiga ega; 
3.3.8. Xalq bankining “Contact center” operatorlari orqali Qarz oluvchining mobil telefoniga to‘lov jadvaliga 
muvofiq to‘lovlar yaqinlashayotganligi haqida 10 kun oldin SMS xabarlar yuborish; 
3.3.9. Qarz oluvchi tomonidan kredit va unga hisoblangan foizlar mazkur shartnomada belgilangan 
muddatlarda to‘lanmagan hollarda, Xalq bankining “Contact center” operatorlari orqali Qarz oluvchining mobil 
telefoniga SMS eslatmalar yuborish. Shuningdek, Qarz oluvchi bilan shaxsan muloqot olib borgan holda to‘lovlar 
belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi lozimligi haqida hamda aks holda Qarz oluvchiga nisbatan qonuniy 
choralar ko‘rilishi mumkinligi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, shu mazmunda SMS 
xabarlar yuborish; 
3.3.10. Qarz oluvchining muddati o‘tgan qarzdorliklarini majburiy ravishda undirish maqsadida, sudga da’vo 
arizasi kiritilganligi to‘g‘risida Qarz oluvchining mobil telefoniga SMS xabornomalar yuborish.

Yüklə 212,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə