|
Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaevaDildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiyTurkiy xalqlar adabiyoti
7
Kitob turkiy xalqlar adabiyoti kursi uchun tuzilgan bo’lib, bu kurs respublikamizning
pedagogika institutlari va universitetlarida filologiya mutaxassisligi bo’yicha bakalavr
darajasini oluvchi talabalarga o’qitiladi. Kursni o’qitishdan maqsad turkiy xalqlar adabiyoti
tarixining eng qadimgi davr yodgorliklari, xalq og’zaki poetik ijodidan to bugungi kunga
qadar bo’lgan davrdagi adabiy jarayon, madaniy muhit hamda yozuvchi, shoir va
dramaturglar hayoti va ijodi, ularning asarlarida olg’a surilgan g’oyalar bilan
tanishtirishdir. Oliy ta’lim muassasalari uchun tuzilgan dasturda ko’rsatilganidek, turkiy
xalqlar adabiyoti fanining maqsadi “badiiy adabiyot tarixi va adabiy-nazariy tafakkur
tadrijining shaxs va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish, talabalarning
adabiy-estetik tafakkurini, yuksaltirish, ilmiy mushohadaning vujudga kelishi
ko‘nikmalarini hosil qilish, faol ijodkorlik ruhi va mas’uliyatini shakllantirishdan iborat.
Shu ma’noda quyidagi vazifalar muhimdir: badiiyat namunalarini individual, milliy va
umuminsoniy jihatlarini ilmiy tahlil qilish; turkiy xalqlar adabiyotining millat va jamiyat
ravnaqidagi o‘rnini va ahamiyatini talabalarga tushuntirish; talabalarda badiiy adabiyotni
tushunish ko‘nikmalarini shakllantirish; badiiy asarni idrok qilish hamda uni filologik
nuqtai nazaridan tahlil va tadqiq etish malakasini hosil qilish; adabiyot va inson o‘rtasidagi
munosabatni badiiylik qonuniyatlari asosida rivojlantirishni; turkiy xalqlar adabiyotda
yangi shakllanayotgan va ommalashayotgan adabiy hamda ilmiy metod va yo‘nalishlarni
jamoatchilik fikriga tayangan holda taraqqiy ettirish; milliy va umuminsoniy adabiy-
nazariy an’analarni xalqning adabiy-estetik didini yuksaltirishdan iborat”.
Kitobda turkiy xalqlar adabiyoti dastlab xalq og’zaki ijodi shaklida paydo bo’lib,
taraqqiy etgani bois har bir xalqning folklori, so’ng yozma adabiyotining tarixiy
bosqichlari, adabiy tur va janrlar taraqqiyoti hamda ayrim yirik namoyandalarning hayoti
va ijodi tahlil etildi, mashhur adiblar ijodidan namunalar berildi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|