Turkiy xalqlar adabiyoti
4
SO’ZBOSHI
Insoniyat tarixi taraqqiyotida qadimgi turkiylarning muhim o’rin tutganliklari,
jahon
tsivilizatsiyasiga munosib hissa qo’shganliklari tarixshunoslar tomonidan e’tirof etilgan.
Eramizdan avvalgi asrlarda sak, massaget qabilalari Turon zaminda yashagan bo’lsalar, VI
asr oxirlarida turk hoqonligi chegaralari Vizantiya, Eron, Hindiston
va Xitoygacha borib
yetgan
1
. Bu hududlarda yashagan turkiy xalqlar qadimdan o’zining tarixi,
madaniyati, tili,
yozuvi, san’ati va adabiyotiga ega bo’lganlar. Turkiy qavmga mansub xalqlarning tarixiy
ildizlari bir, tili, dini, urf-odat va an’analari, qadriyatlari mushtarak bo’lib, davrlar o’tishi
bilan ayrim o’ziga xosliklar paydo bo’lgan. Qadimdan
yonma-yon yashagan turkiy
xalqlarning adabiyoti ham o’zaro ta’sir va adabiy aloqalar natijasida taraqqiy etgan. Turkiy
qavmga mansub ayrim xalqlar milliy o’ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanishi asnosida
boshqa turkiy xalqlar bilan ham o’zaro aloqa va munosabatda bo’lgan
hamda
adabiyotlarining rivojida bir-birini boyitgan. Bu xalqlar adabiyotini alohida va
qiyosiytipologik o’rganish umumturkiy adabiyot masalalarini
hal etishda ahamiyat kasb
etadi.
Dunyodagi har bir xalqning o’ziga xos betakror tarixi, madaniyati, adabiyoti bor.
Muayyan xalqning tarixi shunchaki kechmish, voqea-hodisalardangina iborat bo’lmaydi,
balki shu voqea-hodisalar ro’y bergan vaqtda
bunyod etilgan madaniyat, san’at va
adabiyotdan ham tarkib topadi. Har bir xalq, millat yaratgan madaniyat, san’at va adabiyot
shu xalqning milliy merosi va boyligi sanaladi hamda shu xalqning nomi bilan ataladi, biror
turkiy xalq tomonidan yaratilgan meros o’z navbatida
barcha turkiy xalqlarning
umummadaniy merosi hisoblanadi.
Sharq xalqlariga,
shuningdek, yurtimizning tarixiy-ijtimoiy zaminiga alohida e’tibor
qaratar ekan, Prezidentimiz I.A.Karimov, O’rta Osiyo hududidagi aholi azaldan vodiylarda,
1
Гумилев Л.Н. Қадимги турклар. –Тошкент: “Фан”, 2007.- 9-бет.