Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
16
asir olmay, uni kechiradi. Bir qancha vaqt o’tib Parfiya shohi shaklarga hujum qilib, 
Zarinaga zo’rlik bilan uylanadi va qabilani o’ziga qaram qiladi. Parfiya va Midiya o’rtasida 
bo’lib o’tgan janglarda shahzoda Striangiya ham asir qilib olinadi. O’z qabilasining 
mustaqilligi uchun kurash g’oyasidan to’xtamagan Zarina asirlar bilan birga Parfiya 
shohiga qarshi to’satdan hujum qiladi va uni yengadi. Midiya shahzodasi Zarinaning 
mardligi, shijoatini ko’rib sevib qoladi. Ayol Striangiyaning oilasi borligi uchun uning 
uylanish taklifini rad qiladi. Striangiya bundan qayg’urib, o’zini o’ldiradi.
“Zariadr va Odatida” sevgi va qahramonlik mavzusida bo’lib, Xaris Mitilenskiyning 
asari orqali yetib kelgan. Midiya hukmdori Gushtasbning ukasi Zariadr Kaspiy dengizidan 
Tanais (Sirdaryo)gacha cho’zilgan o’lkada hukmronlik qiladi. Daryoning narigi qirg’og’ida 
yashagan skif shohi Omargning qizi Odatida bilan Zariadr bir-birini tushida ko’rib sevib 
qolishadi. Yigit qizga sovchi yuborganda Omarg qizini uzoqqa berishni istamaydi. Zariadr 
daryoni kechib o’tib bu yurtga keladi. Omarg bu vaqtda qiziga, senga qaysi yigit yoqsa 
o’shanga oltin qadahda may tutasan, deb ziyofat uyushtirgan edi. Zariadr skif kiyimida 
ziyofatda qatnashadi. Qiz unga oltin qadah tutadi. Zariadr Odatidani olib yurtiga ketadi.
Mazkur qissada er va ayolning erki, huquqi masalasi qahramonlik motivlari bilan 
bog’lanib ketadi. Keyingi davrlardagi katta epik asarlar “O’g’uznoma” va “Alpomish” uchun 
ushbu mavzu yetakchilik qildi.
Rustam obrazi qahramonlik eposlarining asosiy personajlaridan biridir. U dastlab 
og’zaki, so’ng yozma adabiyotda ishlandi. So’g’d eposida Rustamning devlarga qarshi 
kurashgani bayon qilinadi. Rustam devlarni ularning shahar darvozasigacha quvib boradi. 
Ko’p devlar halok bo’lib, qolganlari shahar darvozasini berkitib oladi. Rustamning oti 
Raxsh yaylovda o’tlab yurganda, devlar qo’qqisdan hujum qiladi. Rustam bu paytda 
g’alabadan keyin uxlar edi. Uni oti Raxsh uyg’otadi. Rustam orqaga qarab ot surib ketib
devlar uni quvganda shiddat bilan devlarning ustiga ot soladi.
Yozma adabiyotda Rustam obrazi hayotiy tasvirlanib, zolim shohlarga, yovuzlik va 
adolatsizlikka qarshi kurashuvchi qahramon sifatida yaratildi.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə