O'zbekistonda sanatni yuqori bosqichga ko'tarilishi va ilk chiqishlari reja: 1


IX-XII asrlar Movaraunnahr xalqlari madaniyati va



Yüklə 177,68 Kb.
səhifə5/7
tarix27.12.2023
ölçüsü177,68 Kb.
#163789
1   2   3   4   5   6   7
O\'ZBEKISTONDA SANATNI YUQORI BOSQICHGA KO\'TARILISHI VA ILK CHIQISHLARI

IX-XII asrlar Movaraunnahr xalqlari madaniyati va san’ati tarixi.
O‘tmish kadriyatlarimizni har tomonlama o‘rganish qurilayotgan huquqiy-demokratik davlatimizni to‘g‘ri rivodlanishiga, kelajakni okilona belgilashga xizmat kiladi. O‘rta asr musulmon mamalakatlaridagi ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy tafakkur taraqqiyotida chukur iz koldirgan markazlar mavjud.
Bog‘dodda Yahyo ibn Mansur, Muhammad Muso al-Xorazmiy raxbarligidagi "Donishmandlar uyi" yoki Birinchi Ma’mun Akademiyasi, Xorazmda Abu Rayxon Beruniy raxbarligidagi Ikkinchi Ma’mun Akademiyasi, Marog‘ada Nasriddin Tusiy raxbarligidagi astranomiya maktabi, keyinchalik Samarqandda Ulug‘bek akademiyasi va boshqa kuplab ilmiy maktablar mavjud bo‘lgan.
Bog‘dod akademiyasi qoshida 828 yilda Bog‘dodning ali-Shammasiya maxallasida birinchi rasadxona, 831 yilda esa Damashk yaqinidagi Kosion togida ali-Shammasiya rasadxonasining bulimi hisoblangan ikkinchi rasadxona qurilgan. Dastlab, Bog‘dod akademiyasini tashqil kilib, boshqaruv ishlariga marvlik yax’yo bin Mansur (830 yilda vafot etgan), keyinchalik esa al-Xorazmiy raxbarlik qilgan. Rasadxonada tekshirish va kuzatish ishlarini olish borish uchun yangi astranomik asboblar-usturlab, Oy tutilishi diski kabilar yaratilgan.
Al-Xorazmiy (783-850) boshchiligida bu asboblar yordamida yer meridiani bir darajasi uzunligini, fazoviy yoritkichlarda bo‘ladigan turli xodisalarni (quyosh va oy tutilishin) va ularning harakatlarini aniqlaganlar. Anashu limiy izlanishlar natijasida al-Xorazmiyning falakiyot va triganometriya jadvallariga doir "Xorazmiy Ziji" va "Astranomiya bilan ishlash haqida kitob" risolalari bitilgan. Bu Quyosh, Oy va Sayyoralar harakatini kuzatishda, daryo va kul suvlarini harakatini yulga solishda, olis joylarda dengiz orkali va kuruklikda safarga chikkan vaktda astranomik chamalashda, suvsiz yerlarga suv chikarishda va suv inshootlarini bunyod kilishda, kalendarlarni tuzishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Al-Xorazmiy raxbarligida 830 yilda ilmiy ekspeditsiyalar tashqiol eitlgan. Ya’ni garbiy Hindiston (hozirgi sharkiy Afgoniston) ga, Vzintiyaga va Volganing kuyi okimiga uyushtirilgan. Al-Xorazmiy birinchi ensiklopediyasidayok butun dunyoda "arab raqamlari" deb atalgan Hind raqami va hisoblashning unlik 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 sanoq tizimi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishgan va o‘zining arifmetikaga oid "Hind arifmetikasi hisobi buyicha kushuv va ayiruv kitobi" asarida aks ettirgan.
Al-Xorazmiy 830 yilda xalifa Ma’munni topshirigi bilan "Tuldirish va karama-karshi kushish hisobiga oid kiskacha kitob" asarini yozdi. Al-Xorazmiy ijodiy labaratoriyasida riyoziyot fanlari bilan birga falakyot, jugrafiya, tarix ilmlari aloxida urin tutadi. Ayniksa, "Er surati", "Kitob at tarix" kabi asarlari fan vama’naviy-ma’rifiy tafakkur tarixida o‘rni kattadir. Bog‘dod akademiyasida al-Xorazmiy bilan birga al-Fargoniy xam faolyat ko‘rsatgan.
Al-Fargoniy (797-865) astranom, matematik olimdir. Uning hayoti bilan bog‘liq asosiy ma’lumot 861 yilgi voqea bilan bog‘liqdir. Ya’ni shu yili koxira yaqinidagi Ravzo orolida Nieometrni ya’ni Nil daryosi satxini belgilovchi uskunani yasagan. Al-Fargoniyni dunyoga mashhur qilgan asosiy asari "samoviy harakatlar va umumiy ilmiy nujum kitobidir". Uning bizga 8 ta asasri ma’lum. Al-Fargoniy Yevropada "Alfraganus" nomi bilan mashhur bo‘lgan. Fargoniyning nomi xam al-Xorazmiy nomidek Shark va Garbda mashhurdir.
Gurganchdagi "Majlisi Ulamo" yoki ikkinchi ma’mun akademiyasi nomi bilan mashhur bo‘lgan ilmiy markaz Abu Ali Abbos Ma’mun (1010-1017) hukmronlik qilgan davrda Xorazmda tashqil etildi. Bu paytda Xorazmshoxning Saximiy degan vaziri ma’rifiy ishlarga katta e’tibor bergan va ilm axliga mexr-muruvatta bo‘lgan. Shu bilan birga akakdemiyaga Abu Rayxon Beruniy, al-jurjoniy,
Abu Ali Ibn Sino, Ibn Iroq kabi bir qancha fozil kishilar faoliyat ko‘rsatganlar. Ma’mun akademiyasida Beruniy boshlik olimlarga barcha imkoniyatlar yaratildi. Abu Rayxon Beruniy (973-1084) ma’mun akdemiyasida olib borgan ilmiy faoliyat jarayonida fanning barcha yunalishlarida 150 dan ortik asrlar yaratgan komusiy olimdir. Beruniy ma’mun akademiyasiing faol a’zosi bo‘lgan, Buxoroliy alloma Ibn Sinoning pedagogik ta’limoti va sulubiy ijodiy boyitadi va Sharq pedagogikasida birinchi bo‘lib kiyosiy tarbiya, ta’lim va tarbiyaning birligi, uzviyligi to‘g‘risidagi goyalarni rivojlantiradi va "Minerologiya", "Qadimgi xalqlardan kolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Geodeziya", "Maqollar", "E’tiqodlar va dinlar haqida" kabi asarlarni yozdi.
Ma’mun akademiyasi olimlaridan Abu Ali Ibn sino (980-1037) Majlisi Ulamo anjumanida yirik olimlar bilan bo‘lib, usha zamonning mashhur tabib-olimlari bilan xamkorlikda ish olib borgan va o‘zini 5 ta kitobdan iborat "Tib konunlari kitobi" asarini yaratdi. Bu kitob hozirga kadar dunyodani deyarli barcha xalqlarning tillariga tarjima kilingan. Ibn Sino nafakat komusiy olim va mutafakkir, ayni zamonda iste’dodli shoir, adib, tarbiyashunos bo‘lgan. Uning "Ahloqqa oid risola", "Burch haqida risola", "Nafsni pokiza tutish haqida risola", "Badanni boshqarish", "Adolat haqida", "Xikmat buloklari" da uning ma’rifiy-pedagogik karashlari uz ifodasini topgan.
"Burch haqida risola" sida kishi o‘zini qanday tutishi, odamlar bilan muomala kilish madaniyati haqida fikr yuritadi.
Ibn Sinoning "Hikmat buloq"lari asarida o‘zidan oldingi va va o‘zi davridagi tabiiy fanlar va falsafaning yutuqlaridan foydalangan holda shunday bir pedagogik ta’limot yaratganki, bu ta’limot O‘rta asr Sharkidagi bilimlarni eng yuqori chukkisiga ko‘tarilgan. Ibn Sino pedagogika fanining maqsad va vazifalarini quyidagicha ta’riflaydi; "Bu fan shunday odamlarni tayyorlab berishi kerakki, ular fakat uzi uchun yashamasdan, balki boshqalarva jamoat hamda uning manfaati uchun yashashga intilish kerak". Insonda mehnatga mexr muxabbat, yaxshi axlokiy sifatlar va xalollik doimo ustun turishi kerak deb ko‘rsatadi.
Demak, hozirgi O‘zbekiston davlatimiz yuqoridagidek buyuk allomalarni yetkazib, jahon fani va madaniyatiga katta xissa qo‘shgan maskandir. Utmish kadriyatlarimizni hozirgi kunda va kelajagimizni buyukligida katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun Prezidentimiz 1997 yil 11 noyabrda Xorazm ma’mun akademiyasini qayta tashqil etish to‘g‘risida farmon chikarib, Xivada qayta tashqil etildi va u akademik Azimboy Sadullaev raxbarligida faoliyat ko‘rsatmokda.
IX-XII asrlarda o‘rta asr adabiyoti xam rivojlandi. Abu Nasr Farobiy (873-950) filologiya fanini rivojlantirdi va ilm fanni 2 ga nazariy va amaliy fanlarga ajratdi.
Nazariy fanlarda tabiatshunoslik va matematika. Amaliy fanlarda odob, axlok va siyosat fanlarini kritadi. Farobiy hudona borlikni birinchi a’zosi deb kurschatadi va o‘zini "Ajoyib shahar aholisini fikr-qarashlari" nomli asarida jonni tanaga bog‘liqligi to‘g‘risida fikr yuritadi. Farobiy "Falsafaning asosiy g‘oyalari haqida" degan asarida "Insondagi eng asosiy narsa so‘zlovchi vujuddir" deb ko‘rsatadi. Mahmud Qoshg‘ariy tilshunos olim 1069 yilda "Devonu lug‘atit turk" (turkiy tillar devoni), Yusuf Xos Xojib 1069-1070 yillarda "Qutatg‘u bilik" (saodatga boshlovchi bilim), Ahmad Yugnakiy "Xibatul haqoyiq" (haqiqatlar sovgasi) kabi asarlar yaratadilar.
Maxmud Kashgariy "Turkiy suzlar devoni" da turkiy tilga oid so‘zlar, tarixi, turmush tarzi, badiiy ijodi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Asarda inson samimiyligi va sevgi iztiroblarini kuylaydi.

Yüklə 177,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə