O'zbekistonda sanatni yuqori bosqichga ko'tarilishi va ilk chiqishlari reja: 1


Buyuk ipak yo‘li va uni o‘lkamiz xalqlari madaniyati va



Yüklə 177,68 Kb.
səhifə3/7
tarix27.12.2023
ölçüsü177,68 Kb.
#163789
1   2   3   4   5   6   7
O\'ZBEKISTONDA SANATNI YUQORI BOSQICHGA KO\'TARILISHI VA ILK CHIQISHLARI

Buyuk ipak yo‘li va uni o‘lkamiz xalqlari madaniyati va san’atiga ta’siri.
Ma’lumki, "Buyuk Ipak yo‘li" shakllangunga kadar "Lojuvard" ya’ni "La’l yuli" va "Shox yullari" bo‘lgan.
"Lojuvard" yo‘li Baqtriya davlati hududidagi Badaxshon toglaridan olingan qimmatbaho toshlari orkali savdo-sotik kilingan va tovar ayirbosh qilingan. Chunki, bu davrda xali pul (kog‘oz pul) muomalada bo‘lmagan davr bo‘lgan. Erondan tortib Urta yer dengizigacha va Baqtriya orkali Xitoy va Hindiston davlatlari bilan aloqa qilgan. mil avv 4-3000 yillarda "Shox yuli" Axamoniylar imperiyasining savdo yuli bo‘lib mil avv VI-IV- asrlarda O‘rta Osiyo mamalakatlari va Erondan Misr, urta yer dengizigacha bo‘lgan yerlar bilan savdo kilingan natijada o‘zi bosib olgan va o‘z imperiyasi tarkibiga kiritgan hududlar orkali savdo kilingan.
Buyuk ipak yo‘li -qadimiy madaniyatlar erishgan eng ajoyib yutuqlardan biri bo‘lib, insoniyat tarixida birinchi marta G‘arb va Sharkni, O‘rta yer dengizi mamalakatlari bilan uzok Sharkni, antik madaniyat bilan Xitoy madanityaini uzaro boglovchi xalqaro yul xizmatini utagan.Mil avv 3 ming yillikning 2-yarmi va mil avv 2 ming yillikning birinchi yarmida xarappo xalqi Inda vodiysidan shimolga, Amudaryo vodiylariga Xayber (pereval) orkali mashakkatli mehnat evaziga yulini uzlashtirganlar.
Shu vaktlarda Inda vodiysini Mesopatamiya bilan birlashtiruvchi dengiz savdo yuli xam uzlashtirib olingan edi. Shimoliy Afgonistonda Fulol maxallasida qimmatbaho buyumlar xazinasi topilgan, ular orasida Messopotamiya badiiiy an’analariga doir ishlangan olin va kumush idishlar bor. Sharkda qadimdan yuqori baholanadigan qimmatbaho toshlardan biri lazuritlardir. Asosiy lazurit konlari Badaxshonda kuyi Amudaryo xavzalarida joylashgan. Shunday kilib, mil avv 3-2 ming yilliklarda bir-biridan yiroq bo‘lgan madaniyat va sivimuatsiyani boglovchi kuruklikdagi va dengiz yullar sistemasi tashqil topgan. Ular O‘rta Sharq rayonlarida, G‘arbdan, Sharqqa, Messopotamiya tekisliklaridan Araviy dengizigacha chuzilgan. Keyingi vaktlarda aynan yuqoridagi yullar Buyuk ipak yo‘lining asosiy trassalari hisoblanadi.
O‘sha davrlarda migratsiya oqimlari ham kuchayib ketdi. Bunda asosiy urinni indoevropaliklar migratsiyasi egallab oldi. Buyuk ipak yo‘li vujudga kelishi mil avv II-asr urtalarida Xitoy diplomati va sayoxatchisi Chjan Szyan nomi bilan mashhur. Chjan Szyan Xitoy imperatori buyrugi bilan O‘rta Osiyo, sharkiy Turkiston hududlaridagi davlat va shaharlarini aylanib chiqadi. Xitoy davlatiga ittifokchi topish maqsadida lekin tinchliksevar davlatlarni xech biri urush davrida ittifokchi bo‘lishni istamasdan, savdo-sotik munosabatlarida Aloqa kilish istagini bildiradilar. Xususan Dovon (Fargona) davlati elchi bilan birga Nasldor samoviy ot, beda urugi va meva uruglarini berib yuboradi. Birinchi marta fanga Buyuk ipak yo‘li deb kiritgan nemis olimi 1877 yilda Rixtgofen bo‘ladi va boshqa bir nemis olimi Albert Xermanning izoxlashigcha aynan ipak yo‘li mil avv 2-chi asrning oxirlarida 2 ta turli dunyo Garb va Sharkni birlashtirgan asosiy maxsulot bo‘lib xizmat qilgan.
Shimoliy Afg‘onistonda Amudaryo buylarida 70 yillarda unga Ko‘kcha daryosining quyilishi natijasida Xarappa madaniyatiga oid bo‘lgan materiallar saqlanib kolgan, 6 ta maxalla topilgan. Ulardan biri tula kazib bulingan. Shur tugay. Bu shuni bildiradiki mil avv I- ming yillikdan birinchi yarm oxirlarida odamzod tarixida birinchi jahon imperiyasi ya’ni Axemenib imperiyasi vujudga keldi. Bu imperiya Shrakda Hindistondan shimoliy sharkdan Gretsiyagacha va garbda (Egipet) Misrgacha chuzilgan. Bu imperiya 3 qit’ada: Osiyo, Afrika va Yevropada joylashgan territoriyalarni bogladi. Bu boglanish savdo ishlarini madaniy va etnik Aloqalarni o‘rnatishga va ellinlarning Hindiston bilan tanishishga yul ochib berdi. Mil avv I ming yil oxirlariga va eramizdan oldingi I-ming yillar boshlarida Tinch okeandan Atlantik okeangachabo‘lgan geografik kenglik yagona madaniy sivilizatsiyaga kuyildi va xan imperiyasi Kushon podsholigi, Qang‘yuy, Parfiya davlati, Rim imperiyasi davlatlari chegaralari bir-biriga tegib turadi. Aynana usha vaktda dunyoni bo‘lishi vujudga keldi. Shuning uchun, usha vaktda Buyuk ipak yo‘lining vujudga kelishi zarur bo‘ldi. Birinchi trans kontinental yulning zarurligi Yevrosiyo xalqlarining madaniyat yutuqlari, iktisodiy, siyosiy va etnik Aloqalarini rivodlantirishga karatilgan edi. Uning "Buyuk ipak yo‘li" atalishiga sabab Xitoydan asosan shoyi matolar, ipak maxsulotlari keltirilib turli davlatlar bilan savdo kilingan. Ilk o‘rta asrlarga kelib, eftamiylar davrida "Buyuk ipak yo‘li"ning mavkei yana xam yuksaldi. Tashqi savdoning rivojlanishida Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya davlatlari faol katnashdilar. Xitoy bilan Vizantiya asosan ipak, shoyi, shisha, qimmatbaho toshlar va xar xir ziravorlar bilan savo qildi. O‘rta Osiyodan Xitoyga oltin, kumush, Badaxshon la’lisi, Samarqand kogozi, shisha, korakul teri va tulpor otlar junatildi. Ipak yo‘li savdosida asosan So‘g‘diylar vositachilik kilishdi. Asrning 70-80 yillariga kelib Buyuk Turk xokonligi tashqil topdi. Bu ulkan davlat xam Ipak yo‘lida joylashgan bo‘lib, Xitoy, Eron va Vizantiya kabi yirik davlatlar bilan iktisodiy va siyosiy munosabatlarni rivojlantirdi.

Yüklə 177,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə