O'zbekistonda sanatni yuqori bosqichga ko'tarilishi va ilk chiqishlari reja: 1



Yüklə 177,68 Kb.
səhifə7/7
tarix27.12.2023
ölçüsü177,68 Kb.
#163789
1   2   3   4   5   6   7
O\'ZBEKISTONDA SANATNI YUQORI BOSQICHGA KO\'TARILISHI VA ILK CHIQISHLARI

Amir Temur va temuriylar davri madaniyati va san’ati.
Temur va Temuriylar davrida Movaraunnahr va xurosonning shahar hamda qishloqlarida katta obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Sugorish tarmoklarini ta’mirlash va kengaytirish, ya’ni ariklar kazib obodonlashtirish ishlariga ma’lum darajada ahamiyat berildi. Dashtlarga suv chikarilib yangi yerlar uzlashtirildi. Yangi yerlarni uzlashtirishda xususiy soxibkorlik rivojlantirildi. Bunday soxibkorlar 1-2 yil solik va tulovlarlardan ozod etildilar. Temuriylar davrida Zarafshon daryosidan suv oluvchi qadimgi Angor kanali qayta tiklandi. Bu kanal orkali Kashkadaryoga xam suv olis borib, dehqonchilik yerlari suv bilan tula ta’minlandi.
Amir Temur davrida hunarmandchilik va savdo-sotik rivojlandi. Hunarmandchilikni barcha sohalari: tukimachilik, kulolchilik, chilangarlik, temirchilik, binokorlik asosiy rol uynagan. Temur tomonidan utkazilgan tantanalarda hunarmand va savdo axllari xam katnashgan. Duxobo tukish san’ati yuqori daraja bo‘lgan.
Yevrosiyo tarixida un beshinchi asr-ulkan yaratuvchilik ishlari amalga oshirilgan, buyuk geografik kashfiyotlar kilingan, ulug‘ shaxslar davri bo‘ldi. Amir Temur ana shunday ulug‘ shaxslardan biridir. Temurning bunyodkorlik faoliyatidagi bayuuk xizmatlari uning bizgacha yetib kelgan me’moriy yodgorliklaridir. Uning ona yurtini tarixiy nomi Kesh bo‘lib, atroflari dov-daraxt, tokzorlar bisyorligidan Shahrisabz deganlar. Temur shahrini markaziy qismi-Xisorni va shahar atrofini balandligi 11 m, eni 5 m bilan uragan.
Turtburchak shakldagi bog‘lar barpo etgan, darvozalar ukirlgan, darvozaga Xirotdan ulja sifatida olib kelingan yozuv bitilgan. Temur Shahrisabzda Oksaroy kurdiradi. Bu saroyga tamal toshi saodatli soatda ya’ni 1379 yil Xorazm yurishidan kaytishi bilan kuyilgan. Saroy peshtokida koshinkor usti Muhammad Yusuf Tabriziyning ismi 2 marta yozilgan. Saroy qurilish 1380 yil boshlanib, 1836 yil tugallangan, lekin pardoz ishlari 1404 yilgacha davom etgan. Saroy haqida Klavixo va Bobur ma’muriyatlarida kup yozilgan. Saroyning peshtok tokchalarida she’r va quyoshning kadama naksh iblan ishlangan bo‘rtma tasviri, Temurni 3 ta xalqa ko‘rinishidagi nishon tushurilgan. Kabulxonaning ichki devorlari Klavixo estaliklarida "Oltin va lojuvard" bilan bezatilgan. Temur Shahrisabzda Shayh Shamsiddin Kulolga maqbara kurdirdi, kukgumbaz, Gumbazi sayidon maqbarasi, Dor ut-tilovot madrasasi kurildi.
Temur davrida bunyodkorlik ishlari Samarqandda kuprok amalga oshirildi. Samarqand atrofidagi qishloqlarga Damashk, Koxira, Sheroz, Sultoniya, Bog‘dod kabi shaharlar nomi berilib, shark me’morlari kurgan binolarni mashhurligin ko‘rsatdi. Temur Afrosiyob o‘rnida Xisor tepaligida 1371-72 yillarda yangi qal’ani bunyod etdi. Kuk saroy kurdirdi. Qal’a ichida Buston saroy bo‘lgan. Shoxizinda (tirik shox) Temuriylarni ayolllar makbarsi bo‘lgan 14 asrni 70-80 yillarida yodgorligi tashqil etildi. 1371 yilda Shodimulk oka (Temurni jiyani) maqbarasi, 1385-86 yilda Temurning singlisi Shrinbika oka maqbarasi, shahar ichida Registon ansambli, Turi Amir Temuriylar davrining erkaklar maqbaralari barpo etildi.
Amir Temurning obodonchilik sohasidagi buyuk xizmatlari.
Ma’lumki, Amir Temur nafakat O‘zbekistonda balki, butun dunyoda obru e’tiborga ega bo‘lgan buyuk ma’naviyat yulduzimiz hisoblanadi. Bu tabarrruk insonni bizga kolbirgan moddiy va ma’naviy merosi bir jahon xazina hisoblanadi. Lekin uzok yillardan keyin mustaqilligimiz sharofati bilan qayta tiklandi.
Men fakat buyuk bobokolonimizni obodonchilik sohasidagi buyuk xizmatlariga kiskacha tuxtalmokchiman. Tarixchi ibn Arabshox barpo etgan bog‘lari tubandagicha deb ko‘rsatadi va 12 tadan ortik chorbog‘lar tashqil etganligini ko‘rsatdi.
Chorbog-turgi turtburchak shaklida kurilib, urtasida kushk yoki kasr solingan, turt tomonga arik kazilib, maramr xovuzlar qurilgan, xovuz urtasida favora o‘rnatilgan.
1) Bog‘i Nakshi jahon - 1370 yilda,
2) Bog‘i Bexsht - 1378 yilda,
3) Bog‘i buldu-olisdagi bog 1398-1400 yilda,
4) Bog‘i Dilkusho -1396-98 yilda,
5) Bog‘i shimol-shimoliy bog 1397 yilda Mironshoxni kizi bekasi Sulton nomiga qurilgan,
6) Bog‘i zogon-zogonlar bog‘i shahar sharkida qurilgan,
7) Bog‘i baland-Mironshoxni 2 chi kiziga atab qurilgan,
8) Bog‘i davlatobod- 1399 yilda,
9) Bog‘i chinor-shaharni janubiy garbida qurilgan,
10) Bog‘i nav-shahar garbida,
11) Bog‘i jahonnamo-katta bog (adashgan otni 6 oydan keyin topganlar) 1398 yilda,
12) Bog‘i maydon-Afrosiyobni shimolida qurilgan.
Ibn Arabshox Temur kurdirgan bog‘lari haqida "Temur Samarqandda kupdan-kup bustonlar barpo kilib, baland muxtasham kasrlar barpo etdi". Bog‘larda mevali kuchatlar bilan bezatilgan. Xalq tilida bu bog‘lar Eram bog‘i, Dunyo ziynati, firdavs ziynati, Shimol bog‘i, Oliy jannat bog‘lari deb nomlangan deb yozadi. Amir temur tomonidan yaratilgan bog‘lar o‘zining go‘zalligi, undagi turli tuman mevalar ta’riflarini, yer yuzidagi mavjud hayvonot dunyosi, parrandalar tavsilotlari bilan jahonga mashhur bo‘lgan. Bog‘lar ichida "Bog‘i Dilnusho" (dillarni xush kiluvchi bog) juda keng va go‘zal bo‘lgan. Bogni xar tomoni 1500 gaz (1600 m) keladigan maydonda gisht bilan urab olingan. Saroy gumbazlari nakshlangan, naksh bilan koplangan, bogni 4 burchagida bezatilgan shiyponlar, yullarda gullar. Bog Temurni mayliga javob berganligi uchun Bog‘i Dilnusho deb atalgan.
1404 yilda Samarqandda bo‘lgan Ispaniya elchisi Klavixo xam Temur tomonidan barpo etilgan obodonchilik ishlariga yuksak baho berib, Bog‘i Dilnushoda favoralardan suv otilib turganligi, davvozalari qimmatbaho va oltin toshlar bilan bezatilganligi yozadi. Bundan tashqari, Samarqand Temur davrida dunyoda eng kurkam va go‘zal shaharlaridan biri bo‘lgan va yer-yuzining saykaliga aylangan. Temur nazarida, Samarqand oldida dunyoning boshqa shaharlari bamisoli bir kichik-kichik kishlogiga uxshab koladi degan maqsadda Samarqand atrofiga jahondagi yirik davlatlarni poytaxtlari nomlari bilan qishloqlar barpo ettiradi. Bog‘dod, Damashk, Koxira, Sheroz, Sultoniya, Parij (forish) qishloqlari ana shu tarika Samarqandning dovrugi boston bo‘lib ketadi. Shaharning obodonchiligi va tozaligi haqida: Shaharda okava suvlar okib turadi, gullar ochilib, yurgan doamni kungli xushnud bo‘lishin yozadilar. Samarqandni o‘zida 80 ga yaqin xammom, 5 ta bozor bo‘lganligi xam kayd kilingan. Shu bilan birga Samarqandda eng xashamatli go‘zal obidalar xam qurilgan: Shoxizinda ansambli qurilgan. Ansambl tarkibida 20 dan ortik maqbaralar kad ko‘targan. Turkon oga maqbarasi (onasiga), Tarixiy obidalardan yana biri Guramir maqbarasi bu maqbara Temurni Muhammad Sulton nomli nabirasi (jahongirni ugli) ga qurilgan. U 1403 y 19 yoshida turklar bilan bo‘lgan jangda vafot etgan bo‘ladi. Temur farmoni bilan 10 kun ichida qurilgan.
Demak, shundan ham ko‘rinib turibdiki Amir Temur kuch qudrati katta bo‘lganligi. Bundan tashqari Amir Temur Keshda Oq saroy va Turkistonda yassaviy maqbaralarini ham bunyod qildirib o‘zidan avlodlariga boy va tuganmas meros qoldirgan. Amir Temur ushning uchun xam ulmagan ruhi barhayot, ruhi bizni doimo qo‘llab kuvvatlaydi.
Prezidentimiz farmoni bilan ma’naviy va milliy kadriyatlarimizni qayta tiklash maqsadida 1996 yilni Amir Temur yili deb e’lon qildi. "Amir Temur" ordeni ta’sis etildi, Samarqand va Kesh shaharlari ushbu orden bilan takdirlandi va bundan keyin xam Amir Temurga bo‘lgan munosabatlarimiz rivojlanib boraveradi. Amir Temur davrida tarix fani rivojlandi. Nizomiddin Shomiy Temurni Bog‘dodga yurishi vaktida 1393 yilda kutib oladi va uning xizmatiga utadi. 1404 yilgacha Temur bilan birga bo‘lib butun vokelik tasilotlarini yozadi. 1401 yilda Temur o‘zini tarixini aniq va sodda kilib yozishni buyurgan. Shomiy Temurni hokimiyat tepasiga kelishidan to 1404 yilgacha bo‘lgan tarixini yozadi. Shomiy 1404 y mayida Temur Samarqandga ketayotganida uz asarini "Zafarnomani" unga takdim etadiva yurti Tabrizga ketishga ruhsat suraydi. Shomiy 1409 yilda vafot etadi. Bu asarni 1412 yilda Xofizi Abru poyoniga yetiradi.
Mu’iniddin Natanziy isfanxonlik bo‘lib, Temur xizmatida bo‘lgan. Shoxruh saroyida yashaydi va "Muntaxabut tovarixi mu’iniy" asarin yozadi va unda turk mugul kabilalari va ularni kelib chiqishi, Chingizxon va uni avlodi, Chigatoy ulusi, Ok urda xonlari va Movaraunnahramirlar tarixini yozadi.
Sharafuddin Ali Yazdiy ga Amir Temur tarixini o‘zining "Zafarnomasi"da yozgan. Ali Yazdiy bu asarni Temurning nabirasi Ibroxim Sulton buyrugi bilan yozadi. Bundan tashqari, Amir Temur davri tarixi Navoiyning tashabbusi bilan Mirxond va Xondamirlar, Abdurazzok Samarqandiylar tomonidan yozilgan.
Movaraunnahr, xususan Samarqandda ilm-fan va san’atning taraqqiyotida zamonasining madaniy muhitda tarbiyalanib, yoshligidayok mashhur olim sifatida shuxrat kozongan Ulug‘bekning roli va xissasi buyuk bo‘ldi.
Ulug‘bek mamlakatning siyosiy va iktisodiy hayotini boshqarish bilan birga, ilmiy ishlar bilan xam shugullanadi, olimlarning munozaralarida faol katnashadi. Al-Fargoniy, Farobiy, Muso Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino asarlarini urganadi. U Movaraunnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilmu ma’rifat dargoxiga aylantirishga intiladi.
Ulug‘bek Samarqandda butun bir astranomiya maktabini yaratdi. Ulug‘bek maktabining erishgan eng muhim va ajoyib muvaffakiyatlaridan biri matematika va astranomiya sohasida bo‘ldi. Astranomyai sohasida Giyosudddin Jamshid "Ziji Xokoniy", "Bog‘lar sayri", "Osmon narvoni", matematikaga oid "Xorda va sinuslar haqida risola", "Hisob kaliti", "Doira haqida risola" kabi asarlar yozdi. Qozizoda Rumiy esa "Arifmetikaga doir risola", "Astranomiyaga moxiyatiga izoxlar", "Shakllar asosiga sharx", "Sinus haqida risola" kabi asarlar yozadi. Ulug‘bekning shogirdi Ali Kushchi (uz davrining Ptolomey nomi bilan mashhur bo‘lgan) astranomiya, arifmetika va algebraga oid 6 ta risola yozdi.
Yüklə 177,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə