|
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika institutiI. PEDAGOGIK AMALIYOTNING VAZIFALARIA qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika institutiI. PEDAGOGIK AMALIYOTNING VAZIFALARI
1. Talabalarning institutda olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish,
mustahkamlash va bu bilimlarni o‘quvchilar bilan olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy
ishlar amaliyotida tadbiq etishni o‘rgatish.
2. Talabalarni bolalar va o‘smirlar bilan olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy
ishlarni kuzatish va tahlil qilishni o‘rganish bilan qurollantirish.
3. Psixologiya, pedagogika hamda bolalar va o‘smirlar fiziologiyasi bo‘yicha
olgan bilimlariga tayangan holda talabalarni bolalarning yoshiga qarab va individual
xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv-tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yishga o‘rgatish.
4. O‘quvchilarni bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beruvchi metodlardan
foydalangan holda talabalarni turli dars mashg‘ulotlarni o‘tishga tayyorlash.
5. Talabalarni sinf rahbarlari vazifasini bajarishga, o‘quvchilar jamoasi, bolalar
oromgohida va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati bilan ishlashga hamda o‘quvchilar
bilan individual tarbiyaviy ishlarni olib borishga o‘rgatish.
6. Talabalarni o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mustahkamlash,
ta’lim va tarbiya masalalarini ijobiy hal qilishga o‘rgatish hamda pedagogik fanlarga
bo‘lgan intilishlarini shakllantirish.
7. O‘quvchilar sog‘ligini muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma
va malakalarini hosil qilish.
8. SHaxsiy, kalendar mavzuli va tarbiyaviy ishlar rejalarini tuzish va reja-
konspekt hamda tarbiyaviy tadbir konspektlarni yozishni o‘rgatish.
9. O‘quvchilarning o‘zlashtirish va qabul qilish qobiliyatlarini faollashtiradigan
usullarni qo‘llagan holda mustaqil darslar o‘tkazishga tayyorlash.
10. Maktab direktori, o‘rinbosarlari, jamoat tashkilotlari, axborot resurs markazi,
fan o‘qituvchisi, sinf rahbari va boshqa pedagog xodimlar ishlarini o‘rganish va tahlil
qilish.
11. Tanlab olib ishlayotgan bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo‘yicha ilmiy rahbari
hamkorligida ilmiy uslubiy ishlar (materiallar to‘plash, tajriba ishlarini yo‘lga qo‘yish,
tajribali o‘qituvchilardan maslaxatlar olish) olib borish.
12. O‘z ixtisosligi, redagogikaga oid bilimlarini mustahkamlash va pedagoglik
kompetentligini takomillashtirish.
13. Fan kabinetlarini zamonaviy talablar asosida jihozlashga, ko‘rgazmali
qurollar, tarqatma materiallar, dars ishlanmalari, uslubiy tavsiyanomalar va boshqa
kerakli materiallar bilan boyitishga yordam berish va ularni o‘rganish.
|
|
|