3
KIRISH
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari (1997 yil 29
avgust Oliy Majlisning I chaqiriq IX sessiyasida tasdiqlangan) va shu qanunlar asosida
qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar (Prezident Farmoni, qarori,
farmoyishlari,
Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyishlari hamda Oliy va o‘rta maxsus hamda xalq
ta’limi vazirliklarining tegishli buyruqlari) asosida yo‘lga qo‘yilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi zamonaviy
pedagog javob berishi kerak
bo‘lgan talablar kompleksini belgilaydi.
Insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib,
ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish,
ularni komillikka etaklash yo‘llarni, qonun-qoidalarni izlaganlar.
Darhaqiqat,
insonni
ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining
etakchiligida amalga
oshiriladi.
Insonlarning ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarini o‘zgarib
borishi natijasida pedagogika (Bolani to‘g‘ri hayotga boshlash san’ati) fani xalq orasida
o‘z mavqeiga ega bo‘ldi.
Pedagogik vazifalar:
Ta’limiy:
Pedagogikaning
nazariy-metodologik
asoslari
va
milliy
pedagogikaning mohiyati haqidagi ma’lumotlarni bilish.
Tarbiyaviy:
Pedagogikaning bosh masalasi tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma’no
ta’lim, rivojlanish, ma’lumot bilan bog‘langan holda barkamol insonni voyaga etkazish.
Dostları ilə paylaş: