|
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika institutiII. PEDAGOGIK AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VAA qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika institutiII. PEDAGOGIK AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA
O‘TKAZISH
1.
Talabalarni
4-kursdagi
pedagogik
amaliyoti
barcha
tipdagi
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-9 sinflarida, pedagogik kollejlarida, akademik
litsey va kasb hunar kollejlarida va talabaning yo‘nalishiga bog‘lik bo‘lgan boshqa
o‘quv-tarbiya muassasalarida o‘tkaziladi.
2. Amaliyot boshlanishidan oldin uning vazifalariga oid kollokvium va daslabki
tushuntirish anjumanlari o‘tkaziladi.
3. Amaliyotning birinchi haftasida talabalarni maktab, sinf va o‘quvchilar bilan
olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlari bilan tanishtirishga, darslarni tahlil qilishga
ajratiladi.
4. Amaliyotchi unga biriktirilgan sinfda barcha o‘qituvchilarning darslariga
kiradi, sinfdan tashqari bajariladigan ishlari bilan tanishadi va birinchi hafta ohirida
butun amaliyot davri uchun o‘z rejalarini tuzadi.
5. Keyingi xaftalarda talabalar maktabdagi pedagogik amaliyotning umumiy
rejasi hamda guruh rahbari tomonidan tasdiqlangan shaxsiy reja bo‘yicha ish olib
boradilar.
6. Amaliyot davri mobaynida amaliyotchi-talabalar kamida 10-15 ta o‘rganuvchi
(shundan 3-5 ta sinov) darsi o‘tishi zarur.
7. Tarbiyaviy ishlarni olib borish uchun, qoidaga muvofiq, talabalar har bir
sinfga bittadan biriktirib qo‘yiladi. Ular oldin sinf rahbariga yordamchi bo‘lib
ishlaydi, keyin esa sinf rahbarining barcha vazifalarini bajarishadi. Bundan tashqari
amaliyotchilar o‘z mutaxassislik fanlari bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar ham olib
borishadi.
8. Pedagogik amaliyotda talabalar maktab gigienasi bo‘yicha topshiriqni
bajarishadi. Amaliyotchilar ishiga shu fanlarni o‘tayotgan o‘qituvchilar rahbarlik
qilishadi.
9. Pedagogik amaliyot mobaynida talabalar psixologiya kafedrasidan biriktirilgan
o‘qituvchilardan psixologiya bo‘yicha maxsus topshiriqlarni bajaradi.
10. Pedagogika kafedrasi o‘qituvchilaridan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan
maxsus topshiriqlarni bajaradi.
|
|
|