Vol. 37 (2023): Miasto Przyszłości +62 811 2928008



Yüklə 252,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü252,54 Kb.
#140592
  1   2   3
36-38 Musiqa Darsning Pedagogik Jihatdan Ko`Zatilishi Va Bilimlarning Baholanish Metodi



Vol. 37 (2023): 
Miasto Przyszłości +62 811 2928008 .
 
36 
Miasto Przyszłości 
Kielce 2023 
Impact Factor: 9.2
ISSN-L: 2544-980X
 
Musiqa Darsning Pedagogik Jihatdan Ko`Zatilishi Va Bilimlarning 
Baholanish Metodi 
 
Qulametova Janil 
1
 
 
Annotatsiya:
Hayot va san`at urtasidagi uzviy bog`liklikni musiqa madaniyatining mazmuni 
va ma`nosini ifodalash tushuntirish maqsadida aniq hodisalar va misollardan foydalanish. Ushbu
voqealarni amalga oshirishda o`qituvchi jiddiy tayyorgarlik kurishi, o`z o`stida tinmay ishlashi,
ya`ni bilim saviyasini, madaniyatini, ilmiy adabiyotlar, yangi dasturlar, badiiy adabiyotlar, teatr,
muzeylarga borib (tinmay) ongini oshirish yullarini takomillashtirib borishi lozim. 
Kalit so`zlar: 
Musiqa, madaniyat, muzey, adabiyotlar, teatr, metodik ko`rsatmalar.
 
Hayot va san`at urtasidagi o`zviy bog`liklikni musiqa madaniyatining mazmuni va ma`nosini ifodalash 
tushuntirish maqsadida aniq hodisalar va misollardan foydalanish. Ushbu voqealarni amalga oshirishda 
o`qituvchi jiddiy tayyorgarlik ko`rishi, o`z o`stida tinmay ishlashi, ya`ni bilim saviyasini, 
madaniyatini, ilmiy adabiyotlar, yangi dasturlar, badiiy adabiyotlar, teatr, muzeylarga borib (tinmay) 
ongini oshirish yullarini takomillashtirib borishi lozim. Musiqa darslari olib boriladigan sinf xonasini 
did bilan namunali jihozlangan bo`lishi muhim rol` uynaydi.
YAngi dastur mazmunida dars o`tish uchun musiqa o`qituvchisi o`zining musiqiy va nazariy bilimlarni 
takomillashtirish lozim. Bugungi kunda musiqa insonni shakllanishida muhim rol` uynaydi, uning 
hissiyoti va fiziologiyasiga aktiv ta`sir ko`rsatadi. Umumta`lim maktablarining asosiy vazifalaridan 
biri, o`quvchilarni fikrlash va uylashga urgatishdir. Bu vazifani amalga oshirishda musiqa darsi muhim 
ahamiyatga ega. 
Dars musiqa tarbiyasi tizimida etakchi omil hisoblanadi. CHunki, bolalar yalpi tarzda qamrab olinadi. 
Musiqa bolalarni aqliy hamda ahloqiy rivojlanishida katta ijobiy ta`sir ko`rsatadi. SHuning uchun 
musiqa darslari eng avvalo, tarbiya darsi deyiladi. Fanning nomi faqatgina musiqa o`qitish metodikasi 
emas, balki musiqa tarbiyasi metodikasi deyiladi.
Bunda o`qituvchi bolalarni ma`lum bir musiqa asari bilan tanishtirib uni ifodali, «jonli» qilib ijro etib, 
o`quvchilar diqqat e`tiborini asarga jalb etadi, ularning nutqini ustirish, fikrlash qobiliyatini
dunyoqarashini kengaytiradi, emotsional his-tuyg`ulariga xam aktiv ta`sir etadi. Musiqa darslarining 
mazmunida fakatgina o`zlashtirish emas, balki o`quvchilar ongini vokalikka munosabatini 
rivojlantirish, estetik madaniyatini tarqib toptirish va boshqa ichki his-tuyg`ularini shakllantirish 
nazarda tutiladi.[1,78] 
O`quvchilarning darsga ijodiy tarzda yondoshishi muhim ahamiyat kasb etadi va bir qancha vazifalarni 
o`z oldiga maqsad qilib quyadi. Musiqa tarbiyasida yangi metod va vositalar izlash;
Texnika vositalari, metodik ko`rgazmali qurollar, pianino cholg`u asbobi va o`zbek halq cholg`u 
asboblari bilan jihozlangan bo`lishi, yangi dasturdan foydalanib, dars reja konspektlarini to`zib yangi 
texnologiyani ko`llab olib borilishi kerak. SHunday qilib, musiqa darslarining barcha faoliyatlarini 
maqsadi va mazmuni darsni mavzularini yoritib, hayot bilan bog`lab, darsning hamma qismlarini bir-
biri bilan uzviy olib borishni talab etiladi.[2,30-31] 
Musiqa darsi boshqa darslardan o`zining badiiyligi, qiziqarliligi va
bolalarga ko`proq ijodiy zavq, emotsional tuyg`ular va obrazli kechinmalar uyg`otishi bilan ajralib 
turadi. SHuning uchun musiqa darsi eng avvalo, tarbiya darsidir. Musiqa darslari kuyidagi spetsifik 
hususiyatlari bilan boshqa darslardan farq qiladi: 
1
O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti Nukus filiali o’qituvchsi 



Yüklə 252,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə