Va natijadorligini oshirish


yil va 2023-2025 yillar uchun maqsadlar tо‘g‘risida



Yüklə 172,26 Kb.
səhifə3/9
tarix27.12.2023
ölçüsü172,26 Kb.
#162083
1   2   3   4   5   6   7   8   9
budjet ijrosi

2022 yil va 2023-2025 yillar uchun maqsadlar tо‘g‘risida:
Dasturiy byudjetlashtirish tizimini samarali va sifatli joriy etish
maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshirish zaruriyati tug‘ilmoqda.
Jumladan:
2022 yil mobaynida:
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “О‘zbekiston
Respublikasida dasturiy byudjetlashtirish tizimini joriy etishda
rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, ijrosini ta’minlash va
ularning samaradorligini baholash tartibi tо‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash
haqida”gi qarorini qabul qilish;
vazirlik va idoralar xodimlarining bilim salohiyatlarini oshirish
maqsadida Dasturiy byudjetlashtirish tizimi bо‘yicha о‘quv kurslari va
treninglar о‘tkazish;
“Ochiq byudjet” axborot portalida vazirlik va idoralarning byudjet
mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatida maqsadli indikatorlar
ijrosini monitoring qilish va hisobotini tuzish hamda uni keng
jamoatchilikka ochiqligini ta’minlash uchun elektron tizimini ishga
tushirish;
2023 yil uchun О‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti
tо‘g‘risidagi qonun loyihasida nazarda tutiladigan vazirlak va idoralarning
byudjet mablag‘lari bilan bog‘liq faoliyatining maqsadli indikatorlarini
ishlab chiqish.


2023-2025 yillar istiqbollari:
1. Dasturiy byudjetlashtirish tizimini samarali joriy etish
maqsadida, О‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga xorijiy tajriba
asosida Byudjet dasturi tо‘g‘risida tegishli moddalar kiritish;
2. Maqsadli indikatorlari tasdiqlanadigan vazirlik va idoralar
sonini oshirish, bu orqali ularning joriy xarajatlariga maqsadli
indikatorlarni qо‘llash;
3. Sinov tariqasida 2 ta vazirlik va idoraning jami byudjet
xarajatlarini xorijiy tajribadan kelib chiqib, byudjet dasturlari
asosida ishlab chiqish va tasdiqlash.
4. 2023 yil uchun vazirlik va idoralarning byudjet xarajatlari va
rivojlantirish dasturlarining maqsadli indikatorlarining ijrosi
tо‘g‘risidagi hisobotlari vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatining
baholash xulosasi ularning rasmiy veb-saytlarida joylashtirib borish
amaliyoti joriy etiladi.
5. 2023-yilda xalqaro ekspertlar yordamida byudjet xarajatlarining
maqsadli indikatorlarining ijrosi tо‘g‘risidagi hisobotlarni quyidan
(quyi tashkilotlardan) yuqoriga tо‘g‘ri shakllanishini avtomatlashtirish
orqali tartibga solish uchun bir vazirlik misolida sinovini о‘tkazish, bunda
axborot tizimini yaratish yoki UzASBO dasturini takomillashtirish
choralarini kо‘rish.
Ushbu islohat natijasida kutilayotgan asosiy maqsad vazirlik va
idoralarning markaziy apparatlari о‘zlarining tasarrufida bо‘lgan quyi
tashkilotlarining byudjet xarajatlari va maqsadli indikatorlarining
rejalari va ijrosi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni “real vaqt” rejimida olish
va vazirliklarning ichki audit xizmatlari tomonidan baholash hamda
masofaviy monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.

Yüklə 172,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə