Ichki audit tushunchasi, mohiyati va zarurati Ichki audit xizmatining vazifalari va funksiyalari



Yüklə 83,57 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü83,57 Kb.
#136073
  1   2   3
Ichki audit tushunchasi Yakubov Bekzod


Toshkent Davlat Iqtisodiyot Unversiteti Moliya va Buxgalteriya hisobi fakulteti
MBR_86 guruh talabasi
Yakubov Bekzodning Audit
fanidan mustaqil ishi.
MAVZU: Ichki audit tushunchasi
REJA:
  • Ichki audit tushunchasi, mohiyati va zarurati 2. Ichki audit xizmatining vazifalari va funksiyalari

  • 3. Ichki audit xizmati faoliyatining tamoyillari

Auditorlik tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1970-yillarning boshida auditning xalqaro andozalari yaratila boshlandi. Dastlab, quyidagi sohalarida faoliyat ko‘rsatishgan: - buxgalteriya hisobini yurituvchi, hisobotlarni tuzuvchi va shu sohada maslahat xizmatini ko‘rsatuvchi faoliyat; - moliyaviy hisobotlar ishonchliligini, nazoratini ta’minlovchi, hisobvaraqalar bo‘yicha komissarlar. Auditor xizmatiga bo‘lgan ehtiyoj o‘sha davrda quyidagi: - ma’muriyat tomonidan ob’ektiv bo‘lmagan axborotlarni berilishi mumkinligi (korxona egalariga, investorlarga, kreditorlarga); - qabul qilinadigan qarorlarning natijasi axborotning sifatiga bog‘liqligi; - axborotni tekshirish uchun maxsus bilimlarning zarurligi kabi shart-sharoitlar sababli paydo bo‘ldi.
Bu shart-sharoitlar mustaqil ekspertlar xizmatiga bo‘lgan jamoa ehtiyojining paydo bo‘lishiga olib keldi. SHu mustaqil ekspertlardan maxsus tayyorgarlikka, malakasiga, tajribaga va shu turdagi xizmatni amalga oshirish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lishi talab qilinar edi. Auditorlik xizmati bu vositachilik xizmati bo‘lib, u moliyaviy axborotni haqiqiyligini tasdiqlashdir. Haqiqiy axborotning mavjudligi moliyaviy hisobning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi hamda turli tuman iqtisodiy qarorlarning natijalarini baholash imkoniyatini beradi. Auditorlik faoliyati asosan–buxgalteriya (moliyaviy) hisobotini mustaqil eskpertiza qilish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati bo‘lib, u qonunchilik va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq holda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati ishonchliligi to‘g‘risida auditorlik xulosasi berish, shuningdek, uning moliyaviy barqarorligi to‘g‘risidagi fikrni ifodalash maqsadida yuritiladi.
Audit ikki turga ya’ni, ichki va tashqi auditga bo‘linadi. Ichki audit ham o‘z o‘rnida ikki turga: boshqaruv auditi va ishlab chiqarish auditiga bo‘linadi. Ushbu bosqichlarning asosiy negizi tashqi auditning rivojlanish tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ichki audit tizimini tashkil etish jarayonning yakuniy bo‘g‘ini deb aytishimiz mumkin. Ichki audit tushunchasi haqida bir qancha olimlar o‘z fikr va mulohazalarini keltirib o‘tganlar.
“Ichki audit – korxona tomonidan uning o‘z faoliyatini tekshirish va baholash maqsadida tashkil etilgan xizmatidir”1-deb, ta’rif beradi Xalqaro Ichki Auditorlar instituti. V.V.Bursevning ta’rificha: “ichki audit - bu ichki hujjatlar asosida boshqaruv tizimidagi va tashkilot faoliyatidagi turli bo‘g‘inlar nazoratini olib boruvchi maxsus tizim bo‘lib, uning maqsadi boshqaruv tizimiga yordam berishdan iboratdir” 2deb ta’kidlaydi. A.M.Bogomolov va N.A.Goloshapovlar esa: “ichki audit umumiy auditning negizidan iborat bo‘lib, mulkdorlar huquqini himoya qiluvchi tizim sifatida tashkil etilgan hamda uning faoliyati buxgalteriya hisobi mulkning saqlanishi va ichki nazoratning ishonchliligi hujjatlarga asosan degan g‘oyani ilgari surdilar”
E’tibor qilib qaralsa, yuqorida iqtisodchi olimlar tomonidan ichki audit tushunchasiga berilgan ta’riflar ularning hozirgi kundagi mohiyatini to‘liq ifoda etmaydi. Fikrimizcha, ichki auditga quyidagicha ta’rif berilishini o‘rinli deb hisoblaymiz: “Ichki audit – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning o‘zida mukammal bilimga ega bo‘lgan xodimlari tomonidan tashkil qilingan maxsus faoliyat turi bo‘lib, mulkdorlar huquqini himoya qiluvchi tizim sifatida tashkil etilgan, boshqaruv tizimidagi bo‘g‘inlar nazoratini olib boruvchi hamda boshqaruv tizimiga yordam beruvchi tizimdir.”. Bu faoliyat turining xususiyati shundaki, ichki auditorlar korxona rahbariga bo‘ysunadilar va uning shtatida turadilar.
Ichki auditorlar avvalambor, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshi bilishlari, bundan tashqari buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, huquqshunoslik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mukammal bilim egasi bo‘lishlari lozim. Ular xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati yo‘nalishining barcha bo‘g‘inlarini tekshirish bilan shug‘ullanib, joylarda me’yoriy ko‘rsatkichlar va harakatdagi qonun talablaridan chetga chiqishlarning yuzaga kelish sabablarini, bo‘g‘inlardagi zaif joylarni aniqlaydilar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini yaxshilash imkonini beruvchi imkoniyatlarni qidirib topadilar. Ichki auditning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun ahamiyatli tomonlaridan biri u rahbariyatni boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlab turadi.

Yüklə 83,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə